Oleg Leonidovich Mochulyak ( ukraincha: Олег Леонідович Мочуляк; 1974-yil 27-sentyabr, Odessa, Ukraina SSR, SSSR ) - sovet, ukrainalik futbolchi, SSSR yoshlar terma jamoalari va Ukraina yoshlar terma jamoasi hujumchisi.

Oleg Mochulyak
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 27-sentabr, 1974-yil
Tavallud joyi Odessa, Ukraina SSR, SSSR
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Hujumchi, Yarim himoyachi

Tarjimai holi tahrir

U Odessadagi „Chernomorets“ sport maktabida murabbiy O.V. Galitskiy qo'l ostida shg'ullana boshladi. U bolalar jamoasida o'zini yaxshi ko'rsatdi, ko'p gol urdi va tez orada SSSR yoshlar terma jamoasidan taklif oldi. SSSR yoshlar terma jamoasi tarkibida Mochulyak jahon chempionatiga chiqish uchun kurashgan. Shveysariyada bo'lib o'tgan 17 yoshlilar o'rtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan[1]. Tez orada u shaharning asosiy jamoasi — „Chernomorets“ ga taklif qilindi. Chernomorets jamoasi hujumida tajribali Ivan Getsko va Sergey Gusev harakat qilyotgan edi. O'n yetti yoshli yigit uchun ular bilan raqobatlashish qiyin kechdi. So'nggi SSSR chempionatida Mochulyak asosiy tarkibda atigi uchta o'yin o'tkazdi.

Hujumchi mustaqil Ukrainada birinchi mavsumni Chernomorets-2da o'tkazdi. Navbatdagi chempionatni yuqori ligadagi Ternopil Nivada boshladi. Uni klub prezidenti Vladimir Grigoryevich Aksyonov taklif qildi. Aksyonov ilgari Ukraina yoshlar terma jamoasini boshqargan va Mochulyakning imkoniyatlarini yaxshi bilar edi. Jamoani boshqa hujumchi, taniqli sobiq futbolchi Leonid Buryak boshqargan. V.Ternavskiy, D.Tyapushkin, S.Lejentsev[1] yetakchi bo‘lgan jamoada Mochulyak ikkinchi davrada 7ta gol urib, asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi. 1993-1994 yilgi mavsumda esa u 14 ta gol urib, chempionat to'purarlari ro'yxatida to'rtinchi bo'ldi.

Ternopil jamoasidagi ikki muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng Mochulyak chet eldan ko'plab yaxshi takliflar oldi. Ammo o'zi tarbiyalangan klubda o'ynash orzusi va o'sha paytda Chernomoretsni boshqargan Leonid Buryakning o'z klubida futbolchini ko'rish istagi hujumchini Odessa jamoasini tanlashiga sabab bo'ldi. Avvaliga hammasi yaxshi bo'ldi, Mochulyak muntazam ravishda tarkibda paydo bo'la boshladi, ikkita gol urdi. Ammo keyin u pnevmoniyaga chalindi. Uzoq davom etgan muolajalardan so'ng tuzalib ketdi. Lekin asosiy tarkibga kira olmadi.

1995-yilda u Belgiyaning „Anderlext“ klubida ko'rikda bo'lib, u yerda ijobiy taassurot qoldirdi. Ammo transfer amalga oshmadi. Chunki klublar futbolchining narxi bo'yicha kelisha olmadi. Belgiyadan qaytgach, Isroildagi klublardan biridan taklif tushdi. Ammo viza muammolari tufayli mamlakatga kirishga ruxsat berilmadi[1].

1996-yilni Mochulyak Rossiya chempionatining oliy ligasida ishtirok etgan Yekaterinburgning Uralmash jamoasida o'tkazdi. Jamoa uchun birinchi rasmiy o'yinda (chempionatning 1-turi - Moskva Torpedo bilan mehmon o'yini, 1:1) Mochulyak gol urdi[2]. Intertoto kubogida „Uralmash“da o'ynagan. Ammo klubda moliyaviy muammolar paydo bo'la boshladi. Ko'plab futbolchilar jamoani tark eta boshladi. Jumladan Mochulyak ham. Odessaga qaytib, u Rossiyaning „Gazovik-Gazprom“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Elista klubining birinchi ligadagi g'alabasiga hissa qo'shganiga qaramay Mochulyak jamoani tark etib, Odessaga qaytib keldi va u yerda „Ribak-Dorojnik“ havaskorlar jamoasiga o'tdi. Shu vaqt ichida faoliyatini davom ettirish uchun bir qancha takliflar oldi. Mochulyak SC Odessa variantni tanladi. Odessaning ikkinchi klubida bir yarim mavsum o'ynaganidan so'ng Chernomoretsga qaytib keldi. U muntazam ravishda asosiy tarkibda o'ynadi. Ammo 1999—2000-yilgi mavsum oxirida klub yana quyi divizionga tushib ketdi. 2001-yilga kelib, klub bilan tuzilgan shartnoma muddati tugadi va Mochulyak uni uzaytirmaslikka qaror qildi.

2001-yilda „Tavria“ bilan shartnoma imzoladi. Yil boshi Mochulyak uchun unchalik omadli kelmadi: to‘pig‘idagi jarohat futbolchini ikki oyga safdan chiqishiga sabab bo'ldi. Ammo jarohati jiddiy emasligi uchun yana safga qaytdi. Tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qilayotganiga qaramay yangi klubidagi faoliyati yaxshi ketayotgandi[3]. Biroq bir yildan so'ng futbolchi transferga qo'yildi.

Garchi u Kishinyov klubida o'ynashni maqsad qilmagan bo'lsa ham hujumchining faoliyatidagi keyingi klub Moldaviyaning „Zimbru“ klubi bo'ldi. O'zi bilan 12 nafar hamyurtini olib kelgan ruminiyalik murabbiy Gabi Stan kelishi bilan asosiy tarkibda Mochulyakga o'rin qolmagan. Boshqa klubga o'tish uchun esa Zimbru rahbariyati katta summa so'ragan. Majburiy tanaffus davrida u Odessaning „Ivan“ va „Signal“ havaskor klublarida o'ynab, o'z formasini saqlab qoldi. Faqatgina Ukraina futbolchilari ittifoqi yordamida erkin agent maqomiga erishishni uddalagan[1].

2005-yildan boshlab futbolchining Osiyodagi faoliyati boshlandi. Osiyodagi faoliyati deyarli 5 yil davom etdi. „Taraz“ klubi bilan ilk mavsumda Qozog'iston kubogini qo'lga kiritdi[4]. Ikki marta — 2004 va 2006-yillarda klubning mavsumdagi eng yaxshi to'purariga aylandi. 2005-yilda u yarim mavsum „Atirau“da o'ynadi, u yerdan „Jenis“ (Astana) klubiga o'tdi va ikkinchi marta Qozog'iston kubogini qo'lga kiritdi. 2006-yilda yana Tarazga qaytdi. Legioner hisoblanmaslik uchun u Qozog'iston fuqaroligini qabul qildi. 2008-yilda „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolab, O'zbekistonga jo'nab ketdi. Bu yerda futbolchi uch oy davomida chempionat yakuniga qadar oʻynamadi. Kelgan o'zbek klubining yangi rahbariyati legionerlar ko'p maosh olmoqda, degan qarorga kelib, futbolchi oldidagi shartnoma majburiyatlarini bajarishdan bosh tortdi. Shundan so'ng futbolchi tomonidan kelishuv bir tomonlama bekor qilindi va bu ish bo'yicha hujjatlar FIFAning tegishli komissiyasiga yuborildi. Ko‘p o‘tmay „Mash’al“ ustozi Vladimir Bondarenkodan ushbu klubda o‘ynash taklifini oldi. Ammo mahalliy federatsiya bu transferga to‘sqinlik qildi. Ushbu voqealar natijasida futbolchi olti oyga futboldan chetda qoldi[1].

2009-yilda O'zbekistondan qaytgach, futbolchi faoliyatini yakunlash haqida o'ylayotgan edi. Biroq birinchi ligadagi „Dnestr“ (Ovidiopol) klubidan yana bir taklif tushdi va Oleg yana professional futbolga qaytdi. Chempionatning kuzgi qismida 8 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ovidiopol jamoasi safida eng yaxshilardan biri bo'ldi. 2010-yilning yozida Mochulyak faoliyatini yakunladi[5].

Shaxsiy hayoti tahrir

Xotini — Yekaterina, o'g'li — Renat (1998 yilda tug'ilgan) - "Chernigov Desna" klubi futbolchisi, qizlari Lolita (1996 yilda tug'ilgan)[1] va Malika (2014 yilda tug'ilgan)[manba kerak].

Yutuqlari tahrir

  • Ukraina kubogi sohibi (1992-yil)
  • Qozog'iston kubogi sohibi (2004 va 2006-yil)
  • Moldaviya kubogi sohibi (2002-yil)
  • Ukraina chempionatining kumush medali sohibi (1994—95, 1995—96)
  • Moldova chempionatining kumush medali sohibi (2002-yil)
  • Rossiya birinchi divizioni g'olibi (1997-yil)

Manbalar tahrir