Oleg Shamayev (1982-yil 2-avgust, Chirchiq, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchi. 2010-yilda Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.

Oleg Shamayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 2-avgust 1982-yil (1982-08-02) (41 yosh)
Chirchiq, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport togʻ changʻi sporti

Tarjimai hol tahrir

Oleg Shamayev 1982-yil 2-avgustda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tugʻilgan.

U 1998-yildan togʻ changʻi sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. 1998-yil aprel oyida Turkiyada boʻlib oʻtgan Changʻi sporti Xalqaro federasiyasi musobaqasi egidi ostida birinchi marotaba ishtirok etadi[1].

Oleg Shamayev 2009-yil mart oyida Turkiyadagi xalqaro musobaqada bronza, Qozogʻiston ochiq chempionatida kumush sovrindorligini qoʻlga kiritadi[1].

U 2010-yili Vankuverdagi qishki Olim oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Oleg Shamayev slalom boʻyicha gʻolib italiyalik Juliano Rassoliga imkoniyatni boy berib, ikkala urinish koʻrsatkichida 1 daqiqa-yu 58,05 soniyada 42-oʻrinni egallaydi[2]. Ammo ulkan slalom boʻyicha (ikkala urinish koʻrsatkich natijasi 3.09,18) u shvesariyalik oltin medal sohibi Karlo Yankega 31,35 soniyani boy berib, 77-oʻrinni egalladi[3]. Oleg Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimida Oʻzbekiston terma jamoasi bayroqdori boʻldi[4].

U joriy yilda sportdagi oʻz faoliyatini nihoyasiga yetkazadi[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „SHAMAEV Oleg - Athlete Information“. www.fis-ski.com. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
  2. „Olympedia – Slalom, Men“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
  3. „Olympedia – Giant Slalom, Men“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
  4. „Olympedia – Oleg Shamayev“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.