Oleksandr Abramenko

Ukrainalik sportchi

Oleksandr Volodimirovich Abramenko (ukraincha: Олександр Володимирович Абраменко; 4-may 1988-yil) — ukrainalik sportchi, changʻi sportining fristayl yoʻnalishi boʻyicha olimpiya chempioni[2]. U 2015—2016-yilgi mavsumda jahon chempioni boʻldi. Oleksandr 2006-, 2010-, 2014- va 2018-yillarda Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtrok etgan, Pyeongchangda boʻlib oʻtgan erkaklar oʻrtasidagi changʻi sportining fristayl yoʻnalishi boʻyicha musobaqa chempioni[3]. Shuningdek, Abramenko 2019-yilgi jahon chempionati va 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari kumush medal sohibidir[4].

Oleksandr Abramenko
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud sanasi 4-may 1988-yil (1988-05-04) (36 yosh)
Pervomaiskyi, Kharkiv Oblast[1]
Boʻyi 1.80 m
Sport
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Qaysi sport Fristayl

Faoliyati

tahrir

Abramenko 2005-yilda Finlandiyaning Ruka shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 25-oʻrinni egallagan. 2006-yil 8-yanvar kuni Kanadaning Mont Gabriel shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida debyut qilgan. Oleksandr jahon chempionati debyutida oʻn sakkizinchi oʻrinni egalladi. U yosh va tajribasiz boʻlsada, Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan 2006-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan. Lekin muvaffaqiyatga erisha olmagan. 2006-yil 6-mart kuni Rossiyaning Krasnoe Ozero shahrida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi 2006-yilgi jahon chempionatda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Abramenko 2008-yil 19-yanvar kuni AQShning Lake Placid shahrida oʻtgan jahon chempionatida oʻninchi oʻrinni egallagan. Aynan oʻsha mavsumda yetti musobaqaning toʻrttasida eng yaxshilardan biri edi.

Abramenko 2010-yil Kanadaning Vankuver shahrida oʻtkazilgan qishki olimpiya oʻyinlarida Ukraina sharafini himoya qilgan. Changʻi sportining fristayl yoʻnalishi boʻyicha mazkur musobaqaning saralash bosqichida 24-oʻrinni egallab, yana final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan[5].

Uning jahon chempionatlaridagi birinchi medali 2012-yilning 25-fevral kuni Belarusiyaning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada qoʻlga kiritilgan. Mazkur jahon chempionatida Abramenko yurtdoshi Stanislav Kravchukdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. Oʻsha yili u Norvegiyaning Voss shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada uchinchi oʻrinni egallagan.

Abramenko 2014-yilgi qishki olimpiya oʻyinlarida final bosqichigacha yetib borgan. Finalda 6-oʻrinni egallagan.

U birinchi chempionligini 2015-yil 1-mart kuni Belarusiyaning Minsk shahrida nishonlagan. Oleksandr 2015—2016-yilgi mavsumda changʻi sportining fristayl yoʻnalishi boʻyicha Jahon chempionati gʻolibiga aylangan birinchi ukrainalik sportchi boʻlgan[2][6][7][8]. Abramenko uchun yuqorida taʼkidlangan mavsum eng muvaffaqiyatlisi boʻlgan, chunki mavsum davomida bitta kumush va ikkita bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

Manbalar

tahrir