Oleksandra Shevchenko
Oleksandra Shevchenko (ukraincha: Олександра Шевченко)[1][2][3] — ukrainalik feminist, faol. Femen xalqaro ayollar harakatining asoschilaridan biri. Patriarxat, diktatura, din va jinsiy industriyaga qarshi norozilik namoyishlarida yarim yalangʻoch kiyimlari bilan eʼtiborni tortib keladi[4].
Oleksandra Shevchenko | |
---|---|
ukraincha: Олександра Шевченко | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-aprel 1988-yil Xmelnitskiy, Xmelnitskiy viloyati, Ukraina SSR, SSSR |
Taʼlim | Kiyev universiteti |
Kasbi | inson huquqlari faoli, ayollar huquqlari faoli |
2013-yilda Oleksandra Shevchenko Fransiyadan siyosiy boshpana olgan. Hozirda Parijdagi Femen Francening faol aʼzosi.
Hayoti
tahrirOleksandra Shevchenko 1988-yil 24-aprelda Ukraina SSRning Xmelnitskiy shahrida tugʻilgan.
2008-yil 10-aprelda Anna Gutsol xmelnitskiylik ikki dugonasi Oleksandra Shevchenko va Oksana Shachko bilan Kiyevda roʻyxatdan oʻtmagan „Femen“ ukrainalik ayollar harakatiga asos solgan. Harakatni tashkil etishda ularning dastlabki maqsadi talaba qizlarga nisbatan kamsitishlarga norozilik bildirish boʻlgan. Biroq ular asta-sekin ukrainalik ayollarning jinsiy ekspluatatsiyasiga qarshi kurasha boshlaganlar. Asosan tinch aksiyalarni oʻtkazishga qaror qilingan. Guruh norozilik namoyishlariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish yoʻllarini izlay boshlagan. Harakat 2009-yil 23-mayda Kiyevda fohishalikka qarshi oʻtkazilgan mitingda „Ukraina fohishaxona emas“ [5] shiori bilan eʼtiborni tortgan. 2009-yil avgust oyi oxirida Femen asoschilaridan biri Oksana Shachko koʻkragini yalangʻochlagan ilk guruh aʼzosi boʻlgan. Femendagi norozilik etikasi haqidagi munozaralarda koʻplab aʼzolar dastlab bunday taktikaga qarshi chiqqanlar, ammo keyinchalik uning samaradorligiga ishonch hosil qilishgan. 2010-yildan beri yarim yalangʻoch namoyishlar ayollar namoyishlarida odatiy taktikaga aylangan.
2011-yil oxirida Oleksandra Shevchenko Inna Shevchenko va Yevgeniya Krayzman bilan birgalikda xalqaro miqyosda aksiya oʻtkazishga qaror qilishgan.
2011-yil 31-oktabrda ular Xalqaro valyuta jamgʻarmasi raisi Dominic Strauss-Kann, 2011-yil 5-noyabrda Rimda Silvio Berlusconi, ertasi kuni Vatikanda Rim papasi, oldida va 2011-yil 10-noyabrda Syurixda norozilik namoyishi oʻtkazganlar. Oleksandra Shevchenko 2011-yil 9-dekabr kuni Moskvadagi Najotkor Masih soborida Vladimir Putinga qarshi norozilik namoyishida qatnashgan.
2013-yilda Oleksandra Shevchenko Berlinda Femen oʻquv markazini ochgan. 2013-yilning 9-fevralida Berlin kinofestivalida yalangʻoch koʻkragiga „Stop Cutting Cutting My Pussy“ degan yozuv bilan ayollarning xatna qilinishiga qarshi chiqqan. 2013-yil 6-mart kuni Femen faollari fransuz yozuvchisi Galia Ackerman bilan hamkorlikda fransuz tilida „Femen“ deb nomlangan birinchi kitobini nashr etishgan.
Oleksandra Shevchenko Ukrainadagi bosimlar tufayli vatanini tark etishga majbur boʻlgan. 2013-yil avgustida Fransiyadan siyosiy boshpana olgan[6][7][8].
Filmografiyasi
tahrir„Nos seins, nos armes!“ Nilaya Productions tomonidan ishlab chiqarilgan Karolin Fourest ssenariysini yozgan va Nadiya El Fani rejissyorlik qilgan hujjatli film (1 soat 10 daqiqa), 2013-yil 5-martda France 2 telekanalida namoyish etilgan.
Aka-uka Riahilar Arash T. Riahi va Arman T. Riahi tomonidan ssenariysi yozilgan va rejissyorlik qilingan „Everyday Rebellion“, hujjatli filmi (1 soat 58 daqiqa), Avstriya/Shveysariya/Germaniya hamkorligida 2013-yili tayyorlangan. Hujjatli filmning jahon premyerasi 2013-yil 13-noyabrda „Copenhagen International Documentary“ festivalida boʻlib oʻtgan.
Kitoblari
tahrir1. Ackerman, Galia, with Anna Hutsol, Oksana Shachko, Alexandra 'Sashaʼ Shevchenko, & Inna Shevchenko, Femen, Published by Calmann-Lévy (Paris 2013), 280 pages. ISBN 978-2702144589. (fransuzcha nashr)
Shaxsiy hayoti
tahrir2014-yilda sevastopollik fotojurnalist Dmitriy Kostyukovga turmushga chiqqan. Juftlik 2013-yilda The New York Times gazetasi uchun Femen haqidagi maqola ustida ishlayotgan vaqtda uchrashishgan. Ushbu nikohdan Oleksandra Shevchenkoning Tim ismli oʻgʻli bor[9]. Ayni paytda Oleksandra Shevchenko oilasi bilan Parijda istiqomat qiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „The Femen Phenomenon“, Gleb Garanich, Photographer’s Blog, 1 March 2012, „Olexandra“ is used here, in its original Ukrainian version and not translated into Russian. [Accessed 4 January 2020].
- ↑ „Ukraineʼs Femen: Topless protests 'help feminist causeʼ“, Sam Wilson, BBC News, 24 October 2012. [Accessed 4 January 2020].
- ↑ „UKRAINE: Ukrainian Femen activist Oleksandra Shevchenko, who was recently deported from Tunisia, is arrested with two fellow protesters after staging an anti-Lukashenko topless protest in Kiev“, REUTERS, 18 June 2013, reprinted on screenocean website.[Accessed 4 January 2020].
- ↑ Jeffrey Tayler. „The Woman Behind Femen's Topless Protest Movement - Jeffrey Tayler“. The Atlantic (2013-yil 13-mart). Qaraldi: 2013-yil 6-sentyabr.
- ↑ Page 96 Femen Ackerman, Galia et al. 2013.
- ↑ U kolishnomu ofіsі Femen vіdkrili knijkovu kramnitsyu In the former office Femen opened a bookstore, uk:Ukrayinska Pravda (23 October 2013)
- ↑ Aktivіstki Femen vtekli z Ukraїni Femen activists fled from Ukraine, uk:Ukrayinska Pravda (31 August 2013)
- ↑ Femen zakriє ofіs v Ukraїnі, ale dіyalnіst ne pripinit Femen closes office in Ukraine, however, the activities do not stop, uk:Ukrayinska Pravda (27 August 2013)
- ↑ Sasha Shevchenko on Instagram: „Ya ustala. Fizicheski. Moralno. Bit mamoy ochen tyajelo. Segodnya Timulyon ploxo spal nochyu. Peremeщalsya vo sne po krovati, budto ya k sebe ne…“