Olena Bilosiuk
Olena Bilosiuk[1], qizlik familiyasi: Olena Pidhrushna (ukraincha: Олена Михайлівна Підгрушна , Olena Myxajlivna Pidhrushna; 1987-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — ukrainalik biatlonchi. Olimpiada va jahon chempioni, turli yuqori saviyali musobaqalarning koʻp karra sovrindori hisoblanadi. Pidhrushna Ukrainadagi eng muvaffaqiyatli qishki sportchilardan biri hisoblanadi. U Ternopilda istiqomad qiladi.
Olena Bilosiuk | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Ukraina |
Tavallud sanasi |
9-yanvar 1987-yil Legnica, Polsha |
Sport | |
Qaysi sport | (Biatlon) |
Klubi | Kolos |
Faoliyati
tahrirUning birinchi xalqaro musobaqasi 2005-yilda Shveysariyaning Montey shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa yoshlar qishki Olimpiya festivali boʻlib, u yerda Olena ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan va 2005-yilda Finlandiyaning Kontiolahti shahrida biatlon boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashgan. Keyingi mavsumda u xalqaro musobaqani oʻtkazib yuborgan, ammo 2007-yil 2-martda Finlandiyaning Lahti shahrida sprintda 44-oʻrinni egallab, biatlon boʻyicha Jahon kubogida debyut qilgan. Oʻsha mavsumda Jahon chempionatining soʻnggi uchta bosqichida ham terma jamoa safiga kiritilgan, ammo u hech qanday ochko ololmagan. 2007—2008-yilgi mavsumda terma jamoaga kvota ololmagan. Oʻsha paytda sportchi biatlon boʻyicha Yevropa chempionati va oʻsmirlar musobaqalarida qatnashgan.
2008—2009-yilgi mavsumda muntazam ravishda estafeta jamoasida ishtirok etgan va 2009-yil 7-yanvarda Germaniyaning Oberhof estafeta jamoasida gʻolib boʻlgan.
Olena 2018-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Ukrainani himoya qilish huquqini qoʻlga kiritgan[2]. 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida Pidhrushna Ukraina bayrogʻini koʻtarib yurish sahrafiga muyassar boʻlgan. Jismoniy holati yomon boʻlgani uchun u hech qanday musobaqada qatnasha olmagan[3].
Biatlon natijalari
tahrirOlimpiya oʻyinlari
tahrir1 ta medal (1 ta oltin)
Tadbir | Shaxsiy | Sprint | Taʼqib qilish | Ommaviy start | Estafeta | Aralash estafeta |
---|---|---|---|---|---|---|
2010-yil Vankuver | 32 | 18 | 21 | 12 | 6 | - |
2014-yil Sochi | 8 | 26 | 22 | 7 | Oltin | - |
2018-yil Pxyonchxan | Raqobat qilmagan |
Shaxsiy hayoti
tahrirOlena Polshaning Legnitsa shahrida tugʻilgan, lekin u bolaligini Ukrainaning Ternopil shahri yaqinidagi Velyka Berezovitsia shahrida oʻtkazgan. Otasi harbiy xizmatchi boʻlgani uchun uning oilasi koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan[4].
Olena Ternopil Vladimir Xnatyuk nomidagi Milliy pedagogika universitetini jismoniy tarbiya va sport fakultetini tamomlagan. Hozirda u Lvov davlat jismoniy tarbiya universitetining PhD talabasi boʻlgan[5].
Pidhrushna 2013-yil 26-mayda Oleksiy Kaydaga turmushga chiqqan. Kayda „Svoboda“ partiyasidan Oliy Rada (Ukraina parlamenti) deputati boʻlgan[6]. Pidhrushnaning soʻzlariga koʻra, uning turmush oʻrtogʻi 2013-yil dekabrida Yevromaydon namoyishlari chogʻida „provokatorlar“ tomonidan hujumga uchragan. 2016-yil oktyabr oyida ular ajrashganliklarini eʼlon qilgan[7].
2013-yil 8-dekabr kuni Xochfilzenda ayollar estafetasida gʻalaba qozonganidan soʻng taqdirlash marosimida u va boshqa ukrainalik biatlonchilar „Maydan uchun“ deb baqirishgan. Pidhrushna 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi gʻalabadan soʻng matbuot anjumanida 2014-yil fevralida Yevromaydondagi tartibsizliklarda Kiyevda halok boʻlganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlagan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ „Тепер Білосюк: Підгрушна вийшла заміж і змінила прізвище“. sport.ua.
- ↑ „Ukrainian squad for the 2018 Winter Olympics“. Ukrainian Biathlon Federation. Qaraldi: 20-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Retiring from Biathlon; Part 2, the Women“. International Biathlon Union (29-aprel 2014-yil). 2014-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2014-yil.
- ↑ (ukraincha) 5 facts about Olena Pidhrushna (9 January 2017)
- ↑ biathlon.com.ua. „Olena Pidhrushna. Our sportsmen showed their character“ (30-noyabr 2014-yil).
- ↑ Kayda, Oleksіy Petrovich (Wayback Machine saytida 2014-02-01 sanasida arxivlangan), Civil movement "Chesno"
- ↑ (ukraincha) Biathlete Olena Pidhrushna confirmed that she is divorced, (30 October 2016)
- ↑ Minuteʼs silence respected at Ukraine news conference (Wayback Machine saytida 2019-12-14 sanasida arxivlangan), Reuters (21 February 2014)