Olga Bell (Balashova[1], 1983-yil 3-oktyabr Moskva, SSSR) – amerikalik musiqachi (pianinochi), bastakor va qoʻshiq muallifi. Dirty Projectors guruhining sobiq aʼzosi[2].

Olga Bell
Tavalludi 9-oktyabr 1983-yil
Kasbi qoʻshiqchi, bastakor, pianinochi
Faoliyat yillari 2007-yildan
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR - AQSH bayrogʻi AQSh
Veb-sayt http://bellinspace.com/

Tarjimai hol

tahrir

Moskvada tugʻilgan. Yetti yoshida onasi bilan birga Alyaskaning Ankorij shahriga koʻchib ketgan.

Alyaskada rus pianinochisi Svetlana Velichkodan pianino chalishni oʻrgangan[3]. 2005-yilda Nyu-Angliya Konservatoriyasini (Boston) tugatgach, Nyu-Yorkka koʻchib borib, ommabop (shu jumladan elektron) musiqada oʻzini sinay boshlagan. Shu bilan birga, besh yil davomida pianino darslari berish va teatrda joʻrnavozlik qilish orqali kun koʻrgan[4].

2007-yilda u tuzgan guruh Bell nomli mini-albomni chiqargan. 2011-yilda Gunnar Olsen va Jeyson Neyzeri bilan birgalikda Diamonite[5] nomli elektron-pop albomini yaratgan. Qisqa muddat Chairlift pop-rok guruhida ishtirok etgan, soʻngra Dirty Projectors guruhiga klavishchi va vokalchi sifatida qoʻshilgan[6]. Shuningdek, koʻp cholgʻuli musiqachi Tom Vek bilan hamkorlik qilgan (Nothankyou dueti).

2014-yilda Olga „Kray“ nomli etno-albomini chiqardi. Uning soʻzlariga koʻra, bu „aslida 12 kishilik ansambl uchun yaratilgan akademik asar (garchi ular orasida barabanchi, baschi va gitarachi ham bor)“ edi. Albomning har bir asari oʻsha paytda mavjud boʻlgan Rossiya Federatsiyasining hududlaridan biriga bagʻishlangan edi. Bir nechta kompozitsiyaning matni xalq ogʻzaki ijodi namunalari boʻlsa, boshqalari mualliflik asarlaridir (Olga ularni yaratishda unga onasi Marina koʻmaklashgani haqida aytadi)[7].

2016-yilda elektron musiqaga qaytib, uchinchi Tempo[8][9] studiyaviy albomini chiqardi.

Manbalar

tahrir
  1. Dinitz, Ken „PIANIST TAKES CIVIC ORCHESTRA TO NEW HEIGHTS“. Alaska Dispatch News (1999-yil 15-noyabr). 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  2. „Vampire Weekend Close Out Pitchfork Festival With New Material // Joe Pinsker, Rolling Stone“. 2018-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-may.
  3. „«Россия — это про тяжесть бытия»: Ольга Белл о двойной творческой идентичности // А. Горбачёв, Афиша Волна“. 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-fevral.
  4. „The Muse of Ice: Olga Bell“. Paganwood (2014-yil 24-aprel). 2018-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
  5. „Bell Diamonite // Frank Mojica, Consequence of Sound“. 2018-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-may.
  6. Anderson, Stacey „Breaking From Her Norm to Connect With Her Tradition“. The New York Times (2014-yil 30-aprel). 2018-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
  7. „Ольга Белл «В русской музыке всегда присутствует подтекст неизбывной тоски» // Д. Курикин, Звуки.ру“. 2018-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-may.
  8. Williams, Hannah „Review: Olga Bell“. The Quietus (2016-yil 14-iyun). Qaraldi: 2016-yil 16-iyul.
  9. „Olga Bell Tempo // Katie Beswick, Loud and Quiet, Issue 76“. 2020-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-may.