Olga Kaidantzi (grekcha: Όλγα Καϊδαντζή; 1979-yil 17-iyulda tugʻilgan) — 200 metrga yugurishga ixtisoslashgan yunon ayol sprinter. U Gretsiya terma jamoasi safida jamoaviy estafeta oʻyinlarida ishtirok etgan va barcha musobaqalarda Gretsiya shaʼnini himoya qilgan.

Olga Kaidantzi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud paytidagi ismi Όλγα Καϊδαντζή
Fuqaroligi yunon
Tavallud sanasi 17-iyul 1979-yil
Yunoniston bayrogʻi Gretsiya
Sport
Qaysi sport Sprinter
Medallar
3Bronza medali sohibi — Oʻrtayer dengizi oʻyinlari 2001-yil

Biografiya

tahrir

Olga Kaidantzi 1979-yil 17-iyulda Gretsiyada tugʻilgan. Olga Kaidantzi vatani Gretsiyada oʻtkazilgan 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Ayollar oʻrtasida 200 metrga yugurish boʻyicha musobaqalarda yarim finalga qadar chiqqan va 23.30 soniya natijasiga erishgan. 2001-yilgi yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida Georgia Kokloni, Frosso Patsou va Ekaterini Thanou bilan birgalikda jamoaviy oltinchi oʻrinni egallagan, 4 × 100 metrga estafeta uslubidagi musobaqalarda ishtirok etgan Gretsiya jamoasi aʼzosi edi[1][2][3]. Olga Kaidantzi 2002-yilgi Yevropa yengil atletika chempionatida ishtirok etib, yarim final bahslariga qadar yetib bordi, ammo yakunda gʻoliblikni boy berdi.

Turli jiddiy jarohatlar tufayli uzoq tanaffusdan soʻng (2005-2008), Olga Kaidantzi 2009-yilda 200 metrga yugurish boʻyicha eng yaxshi yunon sprinteriga aylandi va 23,93 soniya natija bilan Gretsiyaning ochiq havodagi bahslari chempioni unvonini qoʻlga kiritdi[4]. Olga Kaidantzi 200 metrga yugurish boʻyicha besh karra Gretsiya chempioni (2001, 2002, 2003, 2004 va 2009) unvoniga sazovor boʻlgan.

2004-yil 12-iyundan beri Olga Kaidantzining shaxsiy eng yaxshi natijasi 200 metrga yugurish boʻyicha 22,88 soniyani tashkil etadi. Olga Kaidantzi yunon atletlari roʻyxatida Ekaterini Koffadan keyingi ikkinchi oʻrinni egallaydi.

Mukofotlar

tahrir
Vakillik   Gretsiya
1998 Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati Annecy, Fransiya 16-oʻrin (sf) 200m[5] 24.63 (wind: −0.7 m/s)
2001 U23 Yevropa chempionati Amsterdam, Niderlandiya 5-oʻrin 200m[6] 23.79 (wind: −0.3 m/s)
5th 4x100 m relay 45.11
Oʻrtayer dengizi oʻyinlari Rodos, Tunis 4-oʻrin 200 m[6] 23.71 w
3-oʻrin 4 x 100 m relay 44.97
Jahon chempionati Edmonton, Kanada 6-oʻrin 4 x 100 m relay 43.25 SB
2002 Yengil atletika boʻyicha Yevropa chempionati Myunxen, Germaniya 11-oʻrin (sf) 200 m[5] 23.39
2004 Yevropa kubogi Bydgoszcz, Polsha 6-oʻrin 200 m[6]
Olimpiada oʻyinlari Afina, Gretsiya 15-oʻrin (sf) 200 m[5] 23.30

Shaxsiy eng yaxshi natijalar

tahrir
60 metr 100 metr 200 metr
7,43 sek 11,56 sek 22,88 sek

Manbalar

tahrir
  1. „Pathfinder.gr - Καθημερινή ενημέρωση με ειδήσεις και θέματα από την Ελλάδα και τον κόσμο“. news.pathfinder.gr. 2012-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  2. „Edmonton '01 Results“. 2002-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  3. „Edmonton '01 Results“. 2001-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  4. „Sports.ana-mpa.gr“. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Ólga Kaidantzi | Profile | iaaf.org“. iaaf.org. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Archived copy“. 2010-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-fevral.

Havolalar

tahrir
  • Edmonton 2001 4x100 yakuniy estafetasining boshlangʻich roʻyxati
  • Sport maʼlumotnomasida profil [1]
  • Segasdagi profil [2]
  • Iaaf profili [3]