Oli Imron surasi
Oli Imron surasi (arabcha: سورة آل عمران, nomining maʼnosi — Imron oilasi[8][9]) — Qurʼonning 3-surasi. Madaniy suralardan biri, 200 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 50–76[10]-sahifasida va 3-4-juzida joylashgan. 89-boʻlib nozil boʻlgan.
Oli Imron surasi — سورة آل عمران | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Imron oilasi[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Madaniy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 50–76[4] | ||||||||||||
Juz | 3-4 | ||||||||||||
Sura raqami | 3 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 200 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 20[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | Alif, lom, mim.[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 3 530 | ||||||||||||
Harflar soni | 14 605 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 89[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
tahrirUshbu surada Madina shahridagi musulmon jamoatning hijratning ikkinchi yilida boʻlib oʻtgan Badr jangi bilan uchinchi yilidagi Uhud jangi mobaynidagi va undan keyingi davrdagi hayotidan jonli lavhalar tasvirlanadi hamda bu voqealarga munosabat bildirilib, hukmlar bayon qilinadi.
„Oli Imron“da dinning asoslaridan boʻlgan ikki narsa batafsil yoritiladi: birinchisi — aqida va Allohning birligiga aloqador dalilu hujjatlar; ikkinchisi — shariat qonunlari va xususan, Alloh yoʻlidagi kurash — jihodga taalluqli amru farmonlar.
Agar Baqara surasida ahli kitoblarning yahudiy qavmi va ularning kirdikorlari haqida soʻz ketgan boʻlsa, „Oli Imron“da ahli kitoblardan boʻlgan nasroniylar toʻgʻrisida soʻz boradi va ularning Iyso alayhis-salomni xudo deb eʼtiqod qilishlari xato ekanligi ochiq-ravshan dalillar orqali batafsil yoritiladi. Shuningdek, ularning ichida Qurʼon va Muhammad alayhis-salomning paygʻambarliklarini inkor qiluvchilar ham borligi aytilib, bunday munkirlarga aniq xujjatlar bilan javob qilinadi.
Bulardan tashqari, ushbu surada shariatning yana boshqa koʻpdan-koʻp ahkomlariga asos boʻlgan oyatlar ham bor. Bu surada Maryamning otasi boʻlmish Imron va uning ahli oilasi haqidagi qissa zikr qilingani uchun „Oli imron“ — „Imronning xonadoni“ deb nomlangan.
Islomdan boshqa dinlar haqida
tahrirKimda-kim Islomdan oʻzga din istasa, bas (uning „dini“ Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon koʻrguvchilardandir. (85)[11]
Adabiyotlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Oli Imron surasi, 2012-06-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-06-01
Keyingisi: Niso surasi | 3-sura — arabcha matni | Oldingisi: Baqara surasi |