Olimjon Haydarovning qamoqqa olinishi
2023-yilning 29-iyul sanasida farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi „b“ bandiga asosan Fargʻona viloyati IIB tomonidan qamoqqa olindi[1][2]. Asosiy sabab oʻlaroq shu yilning 12-iyun kuni „Qoʻqon Istiqlol“ savdo kompleksida norasmiy savdo faoliyati bilan shugʻullangan tadbirkorlardan[3] savdo komplekslaridagi rekonstruksiya ishlari boʻyicha[4] „Qoʻqonda huquqiy demokratik boshqaruvmi yoki shar’iy boshqaruvmi?“[5] nomli salbiy mazmundagi maqolani ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tarqatmaslik evaziga 10 ming AQSh dollari[5] talab qilganligi keltirilmoqda[6]. Haydarov 10 ming AQSh dollaridan 7,5 mingini qoʻlga kiritib, qoʻshimcha 2,5 ming dollarni olayotgan vaqtida qoʻlgan olingan[7].
Olimjon Haydarov 1989-yilda RSFSRda tugʻilgan, hozirda O‘zbekiston fuqarosi[6].
Munosabatlar
tahrirHaydarovning hibsga olinishi ortidan bir qancha ijtimoiy tarmoq faollari oʻz munosabatlarini bildirib oʻtishgan. Jumladan jurnalist Ilyos Safarov Haydarovning hibsga olinishi hamda Oʻzbekistondagi jurnalistlik tabular haqida quyidagicha fikr bildirgan[8]:
Kecha yonimizda yurgan hamkasbimizni bugun panjara ortida koʻryapmiz. Ertaga kim, buni hech kim bilmaydi. Hamma havotirda. Tovlamachi yo firibgar ekanidan emas, vaziyat tumanli, oʻta tushunarsiz. Oʻzbekiston rasmiylari va eng kamida axborot siyosatiga javobgar shaxslar chiqib mamlakatdagi bu muhit boʻyicha izoh berishlari kerak. Iltimos, aytinglar, nima boʻlyapti oʻzi? Bugun tarmoqlarning oʻzbek segmenti Olimjon Haydarov haqidagi postlarga toʻlgan. Yana koʻpchilik bloger bilan birga ekanini bildirish maqsadida tarmoqdagi suratini Haydarov suratiga almashtirmoqda
— Ilyos Safarov
Blogerning ukasi Salimjon Haydarov 29-iyul kuni taxminan soat 17:00 larda IIV xodimlari blogerning uyida tintuv oʻtkazishganligi va akasining hibsga olinishi haqida Gazeta.uz nashriga intervyu beradi[9]:
Akamni hibsga olingani haqidagi xabarni ijtimoiy tarmoqlar orqali bildik. Keyin oʻzi Qoʻqon shahar IIBdan imkon topib, qoʻngʻiroq qildi. Uning aytishicha, Bogʻdod tumanida koʻchada tanishi bilan gaplashib turganida ichki ishlar xodimlari kelib, qoʻlini orqasiga qayirib, akamning mashinasiga pul tashlab, majburlab qoʻlini [kimyoviy ishlov berilgan pulga] tekkizdirishgan. Bundan biz yaqinlari juda qattiq xavotirdamiz. Bu holat uyushtirilgan, degan fikrdamiz.
— Salimjon Haydarov, blogerning ukasi
2022-yilda
tahrirDiniy mojaro
tahrir2022-yilning iyul oyida blogerlar Olimjon Haydarov va Komil Ahmedovlar ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida „Qoʻqon shahrida noqonuniy Cherkov faoliyat olib bormoqda“ sarlavhali xabar yuzasidan diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallar tarqatishda ayblanib, 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosiga tortilgan[10]. Faoliyati noqonuniy deya gumonlangan „Vozrojdeniye“ nomli „Yevangel“ xristianlari cherkovi pastori Qoʻqon shahar, Chust koʻchasi 51-uyda joylashganligi, 2019-yildan boshlab rasmiy faoliyat yuritib kelayotganligi[11], shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining guvohnomasiga ega ekanligi, Yevangel-xristian diniga eʼtiqod qiluvchi fuqarolarga xizmat koʻrsatayotganligi aniqlangan[12].
Ikkala blogerga ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184-prim 3-moddasi — Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish ayblovi bilan 15-sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan[12]. Olimjon Haydarov 2022-yil 24-iyul kuni soat 19:30 da qamoqdan ozod qilinadi. Ikki sutka maʼmuriy qamoqda saqlangan kuni uchun 90 ming soʻm qamoq xarajatlari undiriladi[13].
Fargʻonadagi ish tashlash
tahrirBloger Olimjon Haydarov 2022-yil dekabr oyida mitinglar tashkil etish va oʻtkazish tartibini buzganlik, yolgʻon axborot tarqatganlikda ayblanib, Farg‘onadagi zavod ishchilarining norozilik namoyishi aks etgan videoni eʼlon qilgani, shundan soʻng 7 ishchi hibsga olingani ortidan 21 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgan[14], mazkur kodeksning 34-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari (21 mln soʻm) miqdorida jarima toʻlagandi[15]. U Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 201-moddasi 1-qismi va 202−2-moddasi 2-qismida boʻyicha aybdor deb topilgan[16].
Haydarov Oʻzbekiston tumanidagi korxonalar gazdan uzilishi oqibatida „10 minglab aholi“ ishsiz qolayotgani, ular qatorida boʻlgan „Albus“ gips zavodi ishchilari gaz ulab berilishini soʻrab, koʻchaga chiqishayotgani haqida 6-dekabr kuni video tarqatgan[17].
Jarimaga tortilishi haqida bloger shunday deydi[18]:
Bu — Oʻzbekiston tumanida aynan jurnalistik faoliyat olib borayotganimda menga qilingan harakat — bu toʻgʻridan toʻgʻri soʻz erkinlini toʻliq boʻgʻishga boʻlgan harakatdir. Meni hech qanday asos, sabablarsiz jurnalistik faoliyat — jurnalistik surishtiruvi oʻtkazayotgan joyimdan kuch bilan olib ketilishim, avvaldan menga nisbatan tuhmat va boʻhtonlar bilan arizalar tayyorlab qoʻyilgani, hech qanday qonuniy asos boʻlmasada men va operatorimni 7 soat IIB binosida ushlab turilganimiz — bu soʻz erkinligini boʻgʻishdan boshqa narsa emas[19]
— Olimjon Haydarov
Manbalar
tahrir- ↑ „Жорий йилнинг 29 июль куни Фарғона вилояти хуқуқ тартибот органлари томонидан ўтказилган тезкор тадбир жараёнида, ўзини мустақил блогер деб таништирган фуқаро О.Х. товламачилик устида қўлга олинди“. Fargʻona IIB. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „Bloger Olimjon Haydarov jinoyatda gumonlanib, hibsga olindi“. gazeta.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „Bloger Olimjon Haydarov qamoqqa olindi“. aniq.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „Bloger Olimjon Haydarov qamoqqa olinib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi“. daryo.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ 5,0 5,1 „Bloger Olimjon Haydarov qo‘lga olindi. U tovlamachilik qilgani aytilmoqda“. daryo.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ 6,0 6,1 „Bloger Olimjon Haydarov qamoqqa olindi“. qalampir.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „Блогер Олимжон Ҳайдаров қўлга олинди“. zamon.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ Safarov, Ilyos „O'zbekistonda bloger va jurnalistlarning "firibgarlik", "tovlamachilik" kabi moddalar bilan qamalishi to'xtamayapti.“. Telegram.org. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „«Ҳолат уюштирилган, акамдан хавотирдамиз», — блогер Олимжон Ҳайдаровнинг укаси“. gazeta.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „15 sutkaga qamalgan bloger Olimjon Haydarov 2 kundan so‘ng ozod qilindi. Uning sherigiga chiqarilgan qaror o‘zgarishsiz qoldi“. kun.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „Blogerlar Olimjon Haydarov va Komil Ahmedov 15 sutkaga qamalishdi“. xabar.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ 12,0 12,1 „Blogerlar Olimjon Haydarov va Komil Ahmedov 15 sutkaga qamaldi“. uzreport.news. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „O‘n besh sutkaga qamalgan farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov ikki kundan so‘ng jazodan ozod qilingani ma’lum bo‘ldi“. daryo.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „Газ-свет муаммоларини ёритаётган блогер Олимжон Ҳайдаров 21 млн сўмлик жаримага тортилди“. ozodlik.org. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „Bloger Olimjon Haydarov 21 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi“. gazeta.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „Farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov mitinglar o‘tkazish tartibini buzish va yolg‘on axborot tarqatishda ayblanib, BHMning 70 baravari miqdorida jarimaga tortildi.“. kun.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „Bloger Olimjon Haydarov 21 mln so'm jarimaga tortildi“. repost.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „Блогер Олимжон Ҳайдаров 21 млн сўм жаримага тортилганидан норозилигини билдирди“. bugun.uz. 2023-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
- ↑ „Bloger Olimjon Xaydarov sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berdi“. gazeta.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.