Olimjonboy madrasasi
Olimjonboy madrasasi Chor xaros guzarida joylashgan bo‘lib, 17 hujrali bo‘lgan.
Olimjonboy madrasasi | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | madrasa |
Xarita |
Tarixi
tahrirLoydan qurilgan bir qavatli kichik madrasa. Amir Nasrullaxon davrida bino qilingan. Abdurauf Fitrat uni o‘rta toifaga mansub deb taʼkidlaydi. Yillik vaqfi 20 ming tangani tashkil etgan. Biroq XIX asr boshlarida ham bu yerda mufti dars o‘tgani hisobga olinganda, uni to‘rtinchi darajali oliy toifa madrasalar qatoriga qo‘shish to‘g‘riroqdir. Madrasa sohibi nomi bir vaqf hujjatida mulla Olimjon ibn Muhammad Sodiq shaklida keltirilgan. U Xutfar tumanidagi Halvogaron mavzesida 6 hovli, Mirzo Haydar ko‘chasidagi bitta karvonsaroy kabi yana bir qancha narsalarni vaqf qilgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 392.