Omar Gaber (talaffuzi: Umar Gaber; 1992-yil 30-yanvarda Misrning Qohira shahrida tugʻilgan) — misrlik futbolchi, „Pyramids“ futbol klubi va Misr terma jamoasi himoyachisi. 2012-yilgi London yozgi Olimpiya oʻyinlari va 2018-yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi.

Omar Gaber
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Omar Mahmoud El Sayed Gaber
Tavallud sanasi 30-yanvar 1992-yil (1992-01-30) (32 yosh)
Tavallud joyi Qohira, Misr
Boʻyi 1.74 m
Ampluasi himoyachi, yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Zamalek
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—2010 Zamalek
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2016 Zamalek 114 (10)
2016—2018 Basel 13 (0)
2018—2018 Los Angeles 7 (0)
2018—2022 Pyramids 103 (2)
2022— Zamalek 0 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Misr U20 6 (1)
2011—2014 Misr U23 20 (2)
2011— Misr 26 (1)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 8-mart uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

2016-yilning yozida Omar Shveysariyaning „Bazeli“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va toʻrt yillik shartnoma imzolagan[1]. Transfer summasi 1,65 million yevroni tashkil qilgan. 24 iyul kuni „Sion“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Shveysariya Superligasida debyut qilgan[2].

2017-yil noyabr oyida Gaber 2018-yil 1-yanvardan boshlangan bir yillik ijara evaziga Amerikaning Los-Angeles shahriga koʻchib oʻtishga rozi boʻlgan[3]. Uni Amerika klubiga oʻtishga avvalroq Omar bilan Misr terma jamoasida ishlagan murabbiy Bob Bradley koʻndirgan[4]. 14-aprel kuni Kanadaning „Vancouver Whitecaps“ jamoasiga qarshi oʻyinda u MLSda debyut qilgan[5].

2018-yil 12-iyulda „Los Angeles“ futbol klubi ijara shartnomasi asosida, Gaberni sotib olgan, lekin uni darhol Misrning „Pyramids“ futbol klubiga qayta sotgan[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

2011-yilda Misr yoshlar terma jamoasi tarkibida Gaber Kolumbiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Braziliya, Panama va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7][8][9]. Braziliyaliklarga qarshi kechgan duelda Umar gol urgan.

2011-yil 3-sentabrda Gaber Misr terma jamoasida debyut qilgan va 2012-yil Afrika Millatlar Kubogi saralashida Syerra-Leonega qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan.

2012-yilda Gaber terma jamoaning London Olimpiadasiga borishi uchun tarkibga kiritilgan. Turnirda u Yaponiya va Belarus terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[10][11].

2017-yilda terma jamoa tarkibida Gaber Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogining kumush medali sohibiga aylangan. Turnirda u faqat Burkina-Fasoga qarshi yarim final uchrashuvida maydonga tushgan[12].

2018-yilda Omar Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnir davomida biror marta futbolchi maydonga kiritilmagan.

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma
Zamalek  Misr 2009—2010 6 0 0 0 0 0 0 0 0 6 0 0
2010—2011 19 0 1 4 0 0 2 0 0 25 0 1
2011—2012 10 0 0 0 0 0 5 0 0 15 0 0
2012—2013 11 2 1 3 0 0 7 1 3 21 3 4
2013—2014 21 3 0 3 0 0 9 1 2 33 4 2
2014—2015 27 4 4 4 0 0 0 0 0 31 4 4
2015—2016 23 1 3 1 1 1 3 0 0 27 2 4
Jami 117 10 9 15 1 1 26 2 5 158 13 15
Basel  Shveysariya 2016—2017 12 0 2 3 0 0 1 0 0 16 0 2
2017—2018 1 0 0 3 0 0 0 0 0 4 0 0
Jami 13 0 2 6 0 0 1 0 0 20 0 2
Los Angeles  AQSh 2018 - - - - - - - - - - - -
Jami - - - - - - - - - - - -
Umumiy faoliyatida 130 10 11 21 1 1 27 2 5 178 13 17

Manbalar tahrir

  1. „Полузащитник сборной Египта Габер перешел в «Базель»“. sports.ru (2016-yil 11-may). 2016-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.
  2. „Базель VS. Сьон 3:0“. soccerway.com (2016-yil 26-iyul). 2016-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-avgust.
  3. „Egyptian International Omar Gaber joins LAFC from FC Basel“ (en). FOX Sports (2017-yil 21-noyabr). 2018-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
  4. Tarek Talaat and Oluwashina Okeleji. „Bob Bradley persuades Egypt's Omar Gaber to join Los Angeles FC“ (en). BBC (2017-yil 22-noyabr). 2017-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.
  5. „Ванкувер Уайткэпс VS. Лос-Анджелес 0:2“. soccerway.com (2018-yil 14-aprel). 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-may.
  6. Charles Boehm. „LAFC take up Omar Gaber's option, transfer him to Egyptian side Pyramids FC“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 12-iyul). 2018-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
  7. „Бразилия (до 20) VS. Египет (до 20) 1:1“. soccerway.com (2011-yil 30-iyul). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.
  8. „Египет (до 20) VS. Панама (до 20) 1:0“ (ru). soccerway.com (2011-yil 2-avgust). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.
  9. „Аргентина (до 20) VS. Египет (до 20) 2:1“. soccerway.com (2011-yil 10-avgust). 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.
  10. „Япония (до 23) VS. Египет (до 23) 3:0“. soccerway.com (2012-yil 4-avgust). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.
  11. „Египет (до 23) VS. Белоруссия (до 23) 3:1“. soccerway.com (2012-yil 1-avgust). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.
  12. „Буркина-Фасо VS. Египет 1:1“. soccerway.com (2017-yil 1-fevral). 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-fevral.