O‘mer Naji (1878-yil Bursa, 1916-yil Kirkuk ), turk askari, Ittifoq va Taraqqiyot va Teshkilat-i Mahsusa a'zosi.

Omer Naji

Hayoti

tahrir

O‘mer Naji Bey Kavkazlik turk muhojirlar oilasiga mansub. U 1878-yilda Bursada tug'ilgan. U urush paytida oilasidan ayrilgan. Uni Daftardorbo'lgan Jamol Bey va uning rafiqasi asrab tarbiyalagan. [1] Jamol Bey Bag'dod xazinachisi bo'lganida, O'mer Naji Bey xususiy o'qituvchilaridan arab, fors va fransuz tillaridan saboq olgan. [1] U bolaligidanoq xususiy taʼlim olgan va Jamol Bey uning tinch hayot kechirishini xohlagan boʻlsa-da Naji harbiy xizmatni tanlagan. Bursadagi Ishiklar harbiy litseyida o‘qib yurgan kezlarida o‘qituvchilari va deyarli barcha do‘stlari uni kelajakning muvaffaqiyatli askari emas, balki kuchli shoir va otashin notiq sifatida ko‘rdilar. U koʻp oʻqigan, oʻqiganlarining aksariyati Nomiq Kamol, Tevfiq Fikret sheʼrlari va “Yosh turklar” ning maxfiy nashrlarini o'qigan edi. Shuning uchun u tez-tez muammoga duch kelgan. Natijada, u Bursada o'qiyotgan ko'p vaqtini maktab qamoqxonasida o'tkazgan[2]. O'mer Naji Bursa harbiy litseyida olgan juda ko'p jazolarining ko'pligi tufayli maktabdan haydalgan va keyinchalik uni Monastir harbiy litseyiga ko'chirishgan. 1896-yilda u shu maktabda kursdoshi boʻlgan saloniklik Mustafo Kamol bilan yaqin doʻstlikni bo'lgan Salonikalik Mustafo Kamol va O‘mer Naji maktabda o‘qib yurganlarida bir qancha jurnallarni nashr ettirgizdiladilar va ular Harbiy Akademiya talabalariga o‘z fikrlarini aks ettirishga harakat qilganlar. 1902-yil 10-fevralda harbiy maktabini tugatib, ikkinchi leytenant unvoniga ega bo'lgach, 1902-yilda Pireshovadagi harbiy otryadga tayinlangan. 1903-yilda u o'sha yerning qo'mondoni bo'lgan Edirnelik mayor Mehmed Ali Beyning qizi Emine honimga uylangan. 1905-yilda Jandarmeriyani tashkil qilish uchun kelgan italyan generali Georgi Poshoning tarjimoni va yordamchisi etib tayinlangan. [1] Keyinroq Salonikiga joylashib olib, haftalik “Bolalar bog‘i” nomli jurnalda maqolalar chop eta boshlagan va u keyinchalik u sulton Abdulhamidga II qarshi siyosiy faoliyatni yurita boshlagan. 1895-yilda oʻrta maktabni bir yilda tugatgan va Monastirda harbiy tayyorgarlik maktabiga birga borgan Mustafo Kamol bilan Usmonli Ozodlik Jamiyatida qatnashib, mustabid boshqaruvni yoʻq qilish yoʻlida noqonuniy faoliyat olib borishgan. Qo‘lga tushishini bilgach u Yevropaga qochib ketgan. [1] 1908-yilgi Yosh turklar inqilobidan keyin Istanbulga kelgan va Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasiga aʼzo boʻlgan; Bu yerda u direktorlar kengashi a'zoligigacha ko'tarildi; Bob-i Ali bosqinidan oldin xalqni qo'zg'atgan notiqlardan biri bo'lgan O'mer Naji, xalqni Komil Posho hukumatiga qarshi qo'zg'atib, to'ntarish paytida xalqning Ittifoq va taraqqiyot qo'mitasi tarafida bo'lishini ta'minlagan. [3] Bosqin paytida uning yaqin do‘sti Mustafo Nejip o‘ldirilgan. Tripoli urushi paytlarida ko'ngilli bo'lib xizmat qilgan va 1912-yil aprel-avgust oylari orasida parlamentga Qirklareli tumani deputati etib saylangan. [1] U Kavkaz frontida, Eronda ofitser sifatida xizmat qilgan edi. Bu yerda esa u maxsus tashkilot xodimi sifatida reydlar o'tkazgan va to'da urushlarini olib borgan. [2] U Tifdan vafot etgan va 1916-yilda Kirkukda dafn etilgan. [4] [1]

Otaturk bilan do'stlik

tahrir

Monastir harbiy tayyorgarlik maktabida (o'rta maktab) Mustafo Kamolga eng ko'p ta'sir qila olgan do'stlardan biri O'mer Naji edi. O‘mer Naji Mustafo Kamolda adabiyot va she’riyatga bo'lgan qiziqishini uyg‘otgan.

Keyingi yillarda Ittifoq va Taraqqiyot qoʻmitasi notiqligiga aylangan va yoshligi cho'gidayoq vafot etgan O’mer Naji Bursa litseyidan haydalib, Monastir litseyiga yuborilagan.

Mustafo Kamol o‘z xotiralarida shunday izoh beradi:

Shu paytgacha adabiyot bilan unchalik aloqam yo‘q edi. Marhum O‘mer Naji Bursa o‘rta maktabidan haydalib, sinfimizga keldi. O‘shanda ham u shoir edi. U mendan o'qish uchun kitob so'radi. Unga barcha kitoblarimni ko‘rsatdim, u hech qaysisini yoqtirmasdi. Do‘stimga kitoblarim yoqmaganidan xafa bo‘ldim. O‘shanda men she’riyat va adabiyot bilan tanishdim. Men ishlay boshladim she’riyat menga jozibador bo‘lib tuyuldi. Lekin she’riyat bilan shug‘ullanishimga Kitobet Xo‘ja degan yangi odam xalal bergan. “Bunday izlanishlar sizni harbiy xizmatdan chalg'itadi”, dedi u. Vaholanki, yaxshi yozish istagi menda doim saqlanib qolgan.”

O zamana kadar edebiyatla çok temasım olmamıştı. Merhum Ömer Naci, Bursa İdadi'sinden kovulmuş, bizim sınıfa gelmişti. Daha o zaman şairdi. Benden okuyacak kitap istedi. Bütün kitaplarımı gösterdim, hiçbirini beğenmedi. Bir arkadaşın kitaplarımdan hiçbirini beğenmemesi gücüme gitmişti. Şiir ve edebiyatla o zaman tanıştım. Çalışmaya başladım. Şiir bana cazip göründü. Fakat Kitabet Hocası diye yeni gelen bir zat beni şiirle uğraşmaktan men etti. 'Bu tarz uğraşlar seni askerlikten uzaklaştırır,' dedi. Ne var ki, güzel yazmak hevesi ben de hep baki kaldı.

Bu ogohlantirishni bergan ustozim Mehmet Asim Afandi edi. Mustafo Kamol posho keyinchalik uni o‘z do‘sti Ali Fuat poshoga xuddi shu voqeani shundayicha aytgan:

“Agar o‘qituvchimiz yordamga kelmaganida, men ham shoir bo‘lardim, chunki menda xohish bor edi. Osim afandi bir kuni menga qo‘ng‘iroq qilib: “Qarang, o‘g‘lim Mustafo, she’r yozishni to'htating. Bu ish sizga yaxshi askar va qo'mondon bo'lishingizga xalaqit beradi. Boshqa o‘qituvchilaringiz bilan ham gaplashganman. Ular ham men kabi o'ylashmoqdalar. Najiga qaramang, u xayolparastroq bola. Kelajakda yaxshi shoir va notiq bo‘lib yetishishi mumkin, lekin harbiy kasbda hech qachon ko‘tarila olmaydi”. Voqealar ustozimning naqadar haq ekanini isbotlagan. Garchi u xohlasa ham, Naji harbiy shtab xodimigacha bora olmagan."

Bu ogohlantirish va yo'l-yo'riqlar orqali Mustafo Kamolning hayoti va taqdiriga bevosita ta'sir qilganiga shubha yo'q edi. Biroq Mustafo Kamolning intellektual infratuzilmasining shakllanishiga va boshqa omillar qatori O‘mer Najining ham muhim rol o‘ynaganligi shubhasiz bo'lgan. [5]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Türkiye Büyük Millet Meclîsi Vakfı Yayınları No : 15 Türk Parlamento Tarihi Meşrutiyete Geçiş Süreci I. ve II. Meşrutiyet II. Cilt Ayan Ve Mebûsân Meclisleri Üyelerinin Özgeçmişleri Prof. Dr. İhsan Güneş Türk Parlamento Tarihi Araştırma Grubu sayfa 354
  2. 2,0 2,1 „Çalışma Arkadaşları: Ömer Naci“. Atatürk ve Türkiye Cumhuriyeti (12 mayıs 2020). 11 aralık 2000da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 mayıs 2020.
  3. Kuyaş, Ahmet (2013). „Bâb-ı Âli Baskını: 100. Yıl“. NTV Tarih. № 48. 26–35-bet. ISSN 1308-7878.
  4. Ömer Naci, Türk Büyükleri Dizisi:45, Ankara: Kültür ve Turizm Bakanlığı Yayınları, 1987 — 9-bet. ISBN 975-17-0008-6. 
  5. „Mustafa Kemal ve Ömer Naci“ (12 mayıs 2020). 26 şubat 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 mayıs 2020.