Xidayatulla Oppoq Xo‘ja ibn Xo‘ja Muxammad Yusuf — faqih, Sharqiy Turkistonning diniy va siyosiy arbobi. (milodiy 1626 — 1693/94)[1].

Oppoq Xo‘ja
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Tasavvuf

Oppoq Xo‘janing otasi Muhammad Yusuf Sharqiy Turkiston yoki „Olti shahr“ga O‘rta Osiyodan kelgan. Mashhur avliyo tasavvuf namoyondasi Maxdumi Aʼzam avlodidan bo‘lib,Sharqiy Turkiston mintaqasida naqshbandiylik ta’limotini yoygan.

Hokimiyat tepasiga kelishi

tahrir

XVI-asrning 60 yillarida Qoshgʻar zodagonlari hokimiyat tepasiga Oppokxoʻjani ko‘tarishadi, biroq qoratogʻli urugʻiga qarshi kurashda magʻlubiyatga uchragach, Sharqiy Turkistonni tark etishga majbur boʻladi. SHundan so‘ng Oppoq Xo‘ja otasining izidan borib, Xitoyning Sing shahriga (Gansu/Singhay) vaʼz qilish uchun boradi (taxminan 1671-1672).U yerlarda ko‘plab shogirdlar yetishtirgan Oppoq Xo‘ja XVIII-asrda koʻplab tasavvufiy maktablarining paydo boʻlishiga katta taʼsir koʻrsatgan, shuningdek, Kashmir va Tibetga ham safar qilgan. 1678 yilda Qashg‘arda hokimiyat tepasiga qaytadi[2].

Vafoti

tahrir

Oppoq Xo‘ja 1694 yilda vafot etgach, Qashg‘ar yaqinidagi Yogʻdu deb nomlangan joydagi ota-buvalari qabri yoniga dafn etilgan. Ushbu joy OppoqHo‘ja ziyoratgohi deb ataladi. Appakxoʻja maqbarasi Sharqiy Turkistonning meʼmoriy diqqatga sazovor joylaridan biridir. Uning avlodlari „Oqtog‘lilar Xo‘jasi“ nomi bilan, yuz ellik yildan ortiq vaqt mobaynida Qashg‘arda muhim rol o‘ynadi[3].


Manbalar

tahrir
  1. Apak Hodża
  2. China Academic Journal Electronic Publishing House. 2012-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  3. G. Grum-Grjimailo, Sharqiy Turkiston // Brockhaus va Efron entsiklopedik lugʻati: 86 jildda (82 jild va 4 ta qoʻshimcha). — Sankt-Peterburg, 1890-1907.