Oqbaytal dovoni
Oqbaytal dovoni - Sharqiy Pomirdagi dovon. Tojikiston Respublikasida. Balandligi 4665 m. Sarikoʻl va Muzkoʻl tizmalarini bir-biriga tutashtiradigan va Muzkoʻl (Krrakoʻl hav-zasi) daryosi bilan Janubiy Oqbaytal (Oqsuv-Murgʻob havzasi) daryosining yuqori qismlarini ajratib turadigan suvayirgʻichda joylashgan. O. orqali Oʻsh — Xorugʻ avtomobil trakti oʻtadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |