Oqqoʻrgʻon — Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1980-yildan). Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kuchlik (16 km). O.dan Toshkent shahrigacha 59 km. Aholisi 10,8 ming kishi (2000), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tojik, koreys, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. O.da tuman hokimiyati binosi, paxta tozalash zavodi, MTP, non kombinati, avto-korxona, qurilish tashkilotlari bor.

Oqqoʻrgʻon
shahar
40°52′35″N 69°02′43″E / 40.87639°N 69.04528°E / 40.87639; 69.04528 G OKoordinatalari: 40°52′35″N 69°02′43″E / 40.87639°N 69.04528°E / 40.87639; 69.04528 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Oqqoʻrgʻon tumani
Aholisi
10 900
Vaqt mintaqasi UTC+5
Oqqoʻrgʻon xaritada
Oqqoʻrgʻon xaritada

Umumiy taʼlim maktablari, kasbhunar kolleji, maxsus internat maktabi, markaziy kutubxona, klublar, oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi. Suzish havzasi, stadion, tennis korti, kasalxona, dorixonalar mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil