Orhan Gencebay
Orhan Gencebay (1944-yil 4-avgustda tugʻilgan) – turk musiqachisi, bastakor, qoʻshiqchi, aranjirovkachi, prodyuser, koʻplab musiqalar mualifi va aktyor. Gencebay 1944-yil 4-avgustda Samsun shahrida tugʻilgan. Asli kelib chiqishi Qrim-tatarlik[1]. 1998-yilda Turkiyaning Xalq artisti nomli unvonini olgan[2].
Orhan Gencebay | |
---|---|
Tavalludi |
Orhan Kencebay 4-avgust 1944-yil |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Xonanda, bastakor, prodyuser, rejissyor, aranjirovkachi, aktyor |
Faoliyat yillari | 1963-hozirgacha |
Faoliyati
tahrirGencebay 20-22 yoshlarida Turk Radio Television Corporation (TRT) teleradio kanalining sinov bosqichlaridan o'tib, bir necha oy davomida shu yerda musiqa ijrochisi boʻlib ishlagan. 1966-yilda Turk musiqasining ikki zamonaviy ustasi Arif Sağ va Cinuçen Tanrıkorur bilan milliy Bağlama tanlovida asosiy ishtirokchilardan biri bo'lib ishtirok etgan. Oltmishinchi yillarning oxirlarida u spektakllar va kino musiqalarida shuhrat qozongan musiqachilar bilan hamkorlik qila boshladi. 1966-1968-yillar orasida Muzaffer Akgün, Yıldız Tezcan, Gülden Karaböcek, Ahmet Sezgin, Şükran Ay, Sabahat Akkiraz, Nuri Sesigüzel kabi qo'shiqchilar bilan ko'plab shaharlarda qoʻshiq ijro etgan. Gencebay, Ana, Kuyu, Qizilirmak-Qoraqoyun kabi ko'plab turk filmlarida musiqa rejissyori sifatida ham faoliyat olib borgan. Shuningdek, u turli janrdagi ko‘plab musiqachilar bilan hamkorlik qilgan, masalan, Erkin Koray[3], Omar Faruk Tekbilek[4], Ismet Siral, Burhan Tonguc, Ozer Senay, Vedat Yildirimbora, Neşet Ertaş, Abdullah Nail Bayşu kabilar shular jumlasidandir. U turk xalq musiqasi anʼanaviy janrida bir qancha qoʻshiqlarni yaratgan. Shu bilan birga sahnada qoʻshiqchi va taniqli bastakor sifatida namoyon boʻlgan. 1968-yilda o'zining birinchi "erkin uslub" yoʻnalishidagi qoʻshigʻi "Sensiz Bahar Gecmiyor/Basa Gelen Cekilirmis"ni chiqargan va bu qoʻshiq orqali koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritgan. 1970-yillarda u anʼanaviy turk xalq musiqasi, turk klassik musiqasi, gʻarb klassik musiqasi, jazz, rok, kantri, progressiv, psixodelik, hind, arab, ispan va yunon musiqa uslublari uygʻunlashgan yangi janrlarda koʻplab qoʻshiqlarni yaratgan.
Diskografiyasi
tahrirStudio albomlari
tahrir- 1969: Musalla Taşı
- 1970: Kaderimin Oyunu
- 1972: Bir Teselli Ver
- 1973: Batsın Bu Dünya
- 1974: Hatasız Kul Olmaz
- 1976: Sarhoşun Biri]]
- 1978: Benim Dertlerim
- 1979: Yarabbim
- 1980: Aşkı Ben Yaratmadım
- 1980: Ben Topraktan Bir Canım
- 1981: Leyla ile Mecnun
- 1982: Bir Damla Mutluluk
- 1983: Kördüğüm
- 1984: Dil Yarası
- 1985: Beni Biraz Anlasaydın
- 1986: Cennet Gözlüm
- 1987: Akma Gözlerimden
- 1988: Emrin Olur
- 1989: Ya Evde Yoksan
- 1990: Utan - Dokunma
- 1991: Hasret Rüzgarı
- 1992: Sen de Haklısın
- 1993: Hayat Devam Ediyor
- 1994: Yalnız Değilsin
- 1995: Gönül Dostu
- 1996: Kiralık Dünya
- 1998: Cevap Ver
- 2004: Yürekten Olsun
- 2006: Yargısız İnfaz
- 2010: Berhudar Ol
- 2012: Orhan Gencebay ile Bir Ömür
- 2013: Bedensiz Aşk
Manbalar
tahrir- ↑ „Kirim Tatar“. — „Orhan Gencebay Kırım Tatarı olduğunu açıkladı“. 2015-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-noyabr.
- ↑ Evin Doğu.. „Sanatçılar unvansız kaldı“. NTV-MSNBC (2000-yil 19-iyul). Qaraldi: 2013-yil 7-dekabr.
- ↑ „Erkin Koray“ (2008-yil 18-yanvar). — „Erkin Koray met Gencebay in the early seventies.“. Qaraldi: 2008-yil 13-may.
- ↑ „Omar Faruk Tekbilek Biography“. — „Omar Faruk's skills blossomed in Istanbul playing with some of the leading Turkish musicians including Orhan Gencebay“. Qaraldi: 2008-yil 13-may.