Ortiqov Isroil (1907, Qoʻqon -1938.5.10, Toshkent) — jamoat arbobi. Otasi dashnaksutyunlar tomonidan oʻldirilgan (1918). Yoshlar tashkiloti idoralarida faoliyat koʻrsatgan (1928-yildan). Oʻzbekiston komsomoli MK 1-kotibi (1931—37). O. tashabbusi bilan Toshkentda zarbdor yoshlar koʻrigi (1931-yil 12-may) boʻlib, unda yigit-qizlar Oʻzbekistondagi yirik sanoat korxonalarini qurishda faol ishtirok etishga chaqirildi. Quvasoy sement kombinati, Toshkent toʻqimachilik kombinati, Chirchiq elektrokimyo kombinati, Buxoro va Samarkand ip-yigiruv fabrikalari, Margʻilon shoyi toʻqish kombinati va boshqa inshootlar qurilishida yoshlar katta xizmat qilgan. O. maorif jabhasidagi yoshlar faoliyatini ham yoʻnaltirib turgan. 1937-yil 14-oktabrda xibsga olingan va unga Oʻzbekiston yoshlarini millatchilik ruhida tarbiyalaganlik aybi qoʻyilgan. SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining Toshkentdagi sayyor majlisi qarori bilan "xalq dushmani" sifatida otishga hukm qilingan. O. 1956-yil 12-iyunda SSSR Oliy sudining qarori bilan toʻla oqlangan.

Ad:. Mahmudov M., Barhayot siymolar, T., 1981; Usmonov I., Qatagʻon qurbonlari, T., 1992.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil