Orzu (Joʻrabek qoʻshigʻi)

oʻzbek xonandasi Joʻrabek ijro etgan qoʻshiq

Orzu“ — oʻzbek xonandasi Joʻrabek[izoh 1] ijro etgan qoʻshiq. 2004-yil eʼlon qilingan. Xonanda reperturidagi eng taniqli taronalarning biri. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham Joʻrabek yozgan[manba kerak]. Qoʻshiq si minor tonalligida ijro etilgan[1].

„Orzu“
Joʻrabek qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2004
Janr pop
Davomiyligi 3:41
Matn muallif(lar)i Joʻrabek
Bastakor(lar) Joʻrabek
Klipi
„Orzu?“ YouTubeda

„Orzu“ qoʻshigʻi rejissyor Ayub Shahobiddinov suratga olgan „Sevinch“ (2004) filmi saundrekiga kiritilganidan keyin yanada ommalashgan. 2018-yil „Nevo Music“ portali qoʻshiqni 18 trekdan iborat „Orzu“ albomi tarkibida eʼlon qilgan[2]. Oʻsha yili „Nevo Music“ shirkatining YouTube kanaliga „Orzu“ qoʻshigʻining 2004-yil suratga olingan klipi yuklangan.

Izohlar tahrir

  1. Koʻp manbalarda xonandaning ismi Jurabek yoki JuraBEK oʻlaroq yozilgan, ammo aslida bu notoʻgʻri, chunki oʻzbek tilida „Jura“ ismi yoki soʻzi yoʻq.

Manbalar tahrir

  1. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 8-noyabr 2022-yil.
  2. „JuraBEK - Orzu“. Nevo Music. Qaraldi: 8-noyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir