Burqutsoy, Otchisoy — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Qoratogʻning jan. yon bagʻridan (800 m), Burqut qishlogʻi yaqinidan boshlanadi. Uzunligi 18 km, havzasining maydoni 84 km². Yogʻin juda kam yogʻadigan past togʻlardan boshlanganidan B. juda kamsuv. Soyda yogʻingarchilik paytidagina boshdanoyoq suv oqadi, boshqa vaqtlarda deyarli qurib qoladi. B. Zarafshon daryosiga yetmasdan Oʻrtaovul va Bahrin qishloqlari yaqinida tugaydi. B.ga oʻngdan birgina Xonaqasoy irmogʻi quyiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil