Qoʻshtepa tumani (1943-yilgacha Margʻilon tumani) — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yilda tashkil etilgan. Keyinchalik tuman hududidan Toshloq, Yozyovon kabi yangi tumanlar ajralib chiqqan. Gʻarbdan Oltiariq, janubdan Fargʻona, shimoldan Yozyovon, sharqdan Toshloq tumanlari va Margʻilon shahri bilan chegaradosh. Maydoni 0,39 ming km². Aholisi 195,3 ming kishi (2020). Qoʻshtepa tumanida 18 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Boltalikoʻl, Doʻrmon, Yoʻldoshobod, Langar, Loyson, Nurafshon, Paxtakor, Sarimozor, Solijonobod, Surxtepa, Xalqobod, Shahartepa, Oʻqchi, Koraqushchi, Qumtepa, Gʻishtmon,Qayragʻoch,Nurafshon bor). Markazi Langar- shaharchasi

Qoʻshtepa tumani
Куштепинский район
tuman
Tarkibida Fargʻona viloyati
Maʼmuriy markazi Langar (qishloq)
Hokim

Ilyosbek Novikov

[1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Qoʻshtepa tumani xaritada
40°16′11.3″N 71°54′25.6″E / 40.269806°N 71.907111°E / 40.269806; 71.907111

Qo'shtepa atamasi

tahrir

“Qo‘shtepa”- geografik atama bo‘lib, tepalik bilan bog‘liq. Qo‘sh, ya’ni juft tepalik, shuningdek tepalikning ko‘plik ma’nosini anglatadi. Tumanimiz nomining “Qo‘shtepa” deb atalishi bu hududda tepaliklarning ko‘pligi bilan izohlanadi. Tumanimizda Shahartepa, Shohmirzatepa, Oqtepa, Qo‘shtepa, Qumtepa, Qamishtepa, Qoratepa, Langartepa, Qo‘rg‘ontepa, Sopollitepa kabi joy nomlari mavjudligi inobatga olingan. 

           Tumanimizda Qo‘shtepa nomli qishloq bo‘lganligi haqida yozma manbalarda ma’lumotlar bor. Masalan  “Tarixi Aziziy” kitobida ushbu qishloq nomi tilga olingan. Bu qishloqdagi qabristonga qo‘zg‘alonchilar rahbari, Po‘latxon dafn etilgan va bir necha kundan so‘ng uning jasadi Eshonguzar qishlog‘iga qayta dafn etilgan.

( Muhammad Aziz Marg‘iloniy. “Tarixi Aziziy” Toshkent, “Ma’naviyat” 1999 yil. Nashrga tayyorlovchilar, Shodmon Vohidov, Dilorom Sangirova.)

           Viloyatimizning Qo‘qon hududidagi Kenagas MFYda ham  Qo‘shtepa atamasi bilan nomlangan qishloq mavjud.

Ushbu ma'lumotlar Tohirjon Usmonov va Nabijon Soliyevlarning "Qo'shtepa tumani tarixi" kitobidan olindi.[2]

Tabiati

tahrir

Tuman Fargʻona vodiysining markazida, Yozyovon choʻlida joylashgan. Relyefi keng tekislikdan iborat, shim. tomon pasayib boradi; dare yoyilmalari va ularning oraligʻidagi pastliklar hamda Sirdaryoning qayir usti terrasasi, suvi qurib qolgan koʻl botiklari bilan birga kad. soylarning oʻzanlari, qum barxanlari va tepalari uchraydi. Iklimi keskin kontinental. Yozi issiqroq, qishi sovuqroq. Bahorda gʻarbdan shamol esib turadi. Yillik oʻrtacha temperatura 13,6°. Iyulda oʻrtacha temperatura 27°, eng yuqori temperatura 43°, yanvarda oʻrtacha temperatura —2,2°, eng past temperatura —23°. Vegetatsiya davri 220 kun. Yillik yogʻin 110-130 mm. Tuman hududi orqali Katta Fargʻona kanali (27 km), Margʻilonsoy, Janabiy Fargʻona kanali oqib oʻtadi.

Tuman hududi murakkab gidrogeologik oʻrinda joylashgan. Tevarak atrofdagi balandliklardan kelgan sizot suvlari va sugʻorishdan chiqqan oqova suvlar yer osti suvini koʻpaytiradi. Sizot suvi yuza (1—1,5 m). Yer ostidagi suvli qatlamlardan suv artezian qudugʻi orqali chiqarib olinmoqda.

Tuman hududining katta qismini qisman shoʻrlashgan oʻtloqi va oʻtloqibotqoq tuprokdar, baʼzan shoʻrxok tuproqlar ishgʻol qiladi. Oʻtloqi tuproqlarda butun vegetatsiya davrida namlik yetarli boʻladi. Janub qismida och boʻz, sugʻoriladigan boʻz-oʻtloqi, botqoq oʻtloqi tuproqlar (chirindisi 2—4%) bor. Yovvoyi oʻsimliklardan cherkez, qandim, selin, yulgʻun, qum tepalari oraligʻidagi tekisliklarda shoʻra, lyossli-gilli yerlarda shuvoq, zovurlar ichida qamish oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, kemiruvchilar va sudraluvchilar bor.

Aholisi

tahrir

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (92,5%) shuningdek, qirgʻiz (6,5%), tatar, tojik, rus va boshqa (1%) yashaydi. 1 km²ga 352 kishi toʻgʻri keladi. Qishloq aholisi 137,3 ming kishi (2003).

Xoʻjaligi

tahrir

Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Shirkat xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, polizchilik, ipakchilik, chorvachilik bilan shu-gʻullanadi. Qoʻshtepa tumanida 1000 dan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatga olingan. Shulardan 74 tasi yirik korxonalar, 942 tasi kichik va oʻrta biznes korxonalari, bundan tashqari, 649 ta fermer xoʻjaliklari, 379 ta dehqon, 218 ta bogʻdorchilik, 31 ta chorvachilikka yoʻnaltirilgan fermer xoʻjaliklari bor.

Tumanda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan „DEU tekstam kompani“ korxonasi, „Fargʻona naslli parranda“, „Matlubotnon“, MTP, Qoraqushchi mexanika taʼmirlash, suvni qayta tozalash korxonalari, „Raskar-200“, „Yogʻdu“ singari kichik korxonalar faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Tumanda jami 24,6 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 11 ming ga yer maydo-niga don, 11,02 ming ga yer maydoniga paxta ekiladi, 2,6 ming ga dan ortiq maydon poliz, ozuka ekinlari, sabzavot, bogʻ va tokzorlar bilan band. 15 shirkat xoʻjaligi, yirik boʻrdoqichilik korxonasi mavjud. Oʻrmon xoʻjaligi bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 25,8 ming krramol (shundan 11 mingga yaqini sigir), 25,5 mingga yakin qoʻy, 311 ot, 176,7 mingga yaqin parranda boqiladi (2003).

Avtotransport yoʻllarining uz. 266 km. 2002/2003 oʻquv yilida 49 umumiy taʼlim maktabi, 2 litsey-internatda 36,9 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi, shuningdek, 2 kollej (570 talaba) faoliyat koʻrsatadi.

Markaziy madaniyat uyi, qishloklarda ularning 6 ta filiali, 25 kutubxo-na, 2 madaniyat saroyi, 2 stadion mavjud. 3 kasalxona (500 oʻrin), sanitariya nazorati, „Salomatlik“ markazlari, 3 poliklinika, 15 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 10 dorixona, 4 xusu-siy kasalxona ishlab turibdi. Tumandagi barcha tibbiy muassasalarda 192 vrach (har 10 ming aholiga 15 vrach) ishlaydi.

„Istiqbol yoʻli“ tuman gaz. 1943-yildan chiqadi (adadi 5 ming).[3]

Manbalar

tahrir
  1. Қўштепа тумани ҳокими ва ўринбосарлари ҳақида маълумот
  2. (Tohirjon Usmonov, Nabijon Soliyev, Qo'shtepa tumani tarixi). 
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil