Oxund Abulhay madrasasi
Oxund Abulhay madrasasi Mozor boshiga qurilgan hujralardan tashkil topgan. Ushbu o‘quv dargohi faoliyatiga oid 2 hujjat saqlanib qolgan. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida oxund Abulhay xoja go‘rxonasi hujralari mudarrisi mulla Yusuf vafot etgani sababli uning o‘rniga Miyonkoliyon guzari masjidi imomi mulla Muhiddin o‘tkazilayotgani maʼlum qilinadi. Maoshi 5 tilla edi. Ikkinchi hujjatda oxund Abulhay go‘rxonasi mudarrisi mulla Muhiddin Buxoriy Oliy cho‘bin madrasasiga o‘tishi munosabati bilan uning bo‘sh qolgan o‘rniga qori mulla Tursun tayinlanishi bildiriladi. Maoshi 60 tanga edi.[1]
Oxund Abulhay madrasasi | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | madrasa |
Xarita |
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 393.