Oydin Yusupova (15-noyabr 1984-yil, Jizzax viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek aktrisasi va xonandasi.

Oydin Yusupova
Tavalludi 15-noyabr 1984-yil (1984-11-15) (39 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa, xonanda
Otasi Sharif Yusupov

Hayoti

tahrir

Oydin Yusupova 1984-yil 15-noyabrda Jizzax viloyatida tavallud topgan[1][2]. Ularning oilasida jami sakkiz farzand (toʻrt qiz, ikki oʻgʻil) boʻlib, Oydin Yusupova ikkinchi farzand hisoblanadi. Singlisi Shahnoza Yusupova[3]. Oydin Yusupova Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili filologiyasi yoʻnalishida tahsil olgan, lekin bu yoʻnalishda faoliyatini davom ettirmasdan sanʼat sohasiga kirib kelgan. U dastlab „Koʻzlaring mayus“ filmida oilasidan yashrincha roʻl oʻynagan[1] va shu roʻli sababli koʻpchillika tanilgan[4]. 2007-yilda „Vijdon“ filmidagi roʻlidan keyingina otasi Sharif Yusupov aktrisa boʻlishiga ruxsat bergan[3]. 2010-yilda tovlamachilikda ayblanib, sud qarori boʻyicha besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan[5]. Keyinchalik hukm bir yillik shartli jazoga almashtirilgan[1]. 2012-yildan boshlab “Fayruz” guruhi bilan “Afsus” nomli duet aytib, xonandalik faoliyatini ham boshlagan. Undan soʻng „Kel“ nomli qoʻshiq aytgan va unga klip olib, muxlislariga taqdim etgan[6]. Otasi Sharif Yusupovning vafotidan soʻng 2016–2022-yillar oraligʻida filmlarda suratga tushmay qoʻygan[7].

Oydin Yusupova turmushga chiqmagan[8], lekin sevgan insoni borligini maʼlum qilgan[9].

Filmografiyasi

tahrir
Yil Nomi Obraz Izoh
Koʻzlaring mayus
2007 Vijdon
2008 Shabnam Hosiyat roʻlida Bosh rol
2009 Oshiqlar
Ada emas, dada Epizod
2010 Jiyda guli Laylo, Azim Joʻrayevichning qizi roʻlida
2011 Devona farishta Odina Bosh rol
2012 Oqpadar
Afsus Anora Bosh rol
2014 Faryod 2: Merosxoʻr Bosh rol
2015 Toʻqlikka shoʻxlik Malika Aliyeva Bosh rol
Yetti olam [10]
2016 Seni sevdim
2022 Hayot kitobi Serial[11]
2024 День семьи Serial[12]

Diskografiyasi

tahrir
Yil Nomi Shoir(a) Bastakor Izoh
2012 Afsus “Fayruz” guruhi bilan duet[6]
Kel [6]

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Ойдин Юсупова ҳозир қаерда? У нега йўқолиб кетди (+Видео)“ (9-iyul 2018-yil). Qaraldi: 25-iyun 2024-yil.
  2. „АЙДИН ЮСУПОВА“ (ruscha). Qaraldi: 24-iyun 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 „Oydin Yusupova haqida, oilasi, instagram, rasmlari“. Qaraldi: 25-iyun 2024-yil.
  4. Daryo.uz. „Instagram: Saida Rametovaga Umraga yo‘llanma sovg‘a qilishdi, Salimboyvachcha bilan tanishgan Erali, ajrashganiga ishora qilgan Muqaddas Sa’dullayeva“ (21-sentyabr 2022-yil). Qaraldi: 25-iyun 2024-yil.
  5. „Узбекская актриса Ойдын Юсупова обвиняется в вымогательстве“ (ruscha) (6-oktyabr 2010-yil). Qaraldi: 25-iyun 2024-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 Daryo.uz. „Dilnoza Kubayevadan Zarina Nizomiddinovagacha. Mualliflik qo‘shiqlariga ega bo‘lgan mashhur o‘zbek aktrisalari (video)“ (7-iyun 2022-yil). Qaraldi: 25-iyun 2024-yil.
  7. Daryo.uz. „“O‘zimni bir necha marta poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘lganman”. O‘zbekistonlik san’atkorlar tushkun kayfiyat va depressiyani qanday yenggani haqida“ (13-fevral 2023-yil). Qaraldi: 25-iyun 2024-yil.
  8. „Sanʼatga qaytgan Oydin Yusupova turmushga chiqqanmi?“ (18-iyul 2022-yil). Qaraldi: 25-iyun 2024-yil.
  9. Daryo.uz. „Instagram: O‘zbekistonda film ishlayotgan Farhod Mahmudov, sevgan insonini ko‘rsatgan Oydin Yusupova, ichki ovoziga quloq tutayotgan Lola“ (17-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 25-iyun 2024-yil.
  10. Daryo.uz. „Ozod Shamsning “Yetti olam” filmi premyerasi 12-sentabrda bo‘ladi“ (27-avgust 2015-yil). Qaraldi: 25-iyun 2024-yil.
  11. Daryo.uz. „Instagram: Onasini Umra safaridan kutib olgan Ziyoda, Hosila Rahimova Yangi yilni Nyu-Yorkda qarshi oladi, Manzura hijobini yechgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi“ (30-dekabr 2022-yil). Qaraldi: 25-iyun 2024-yil.
  12. „Стартовали съемки сериала "День семьи" с Робаком и Спивак“ (ruscha) (7-iyun 2024-yil). Qaraldi: 25-iyun 2024-yil.