Ozarbayjon — Germaniya munosabatlari

Ozarbayjon va Germaniya oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yilda Germaniya Ozarbayjon mustaqilligini tan olganidan keyin oʻrnatilgan.

Ozarbayjon — Germaniya munosabatlari

Ozarbayjon

Germaniya

Tarixi tahrir

Ozarbayjondagi nemislar tahrir

Oʻzaro munosabatlarning boshlanishi XIX asrga toʻgʻri keladi. Germaniyaning „Siemens Brothers“ kompaniyasi Gʻadaboyda mis eritish, Dashkesanda kobalt zavodlarini qurdi. Bu zavodlarning qurilishi natijasida Ozarbayjonda nemis sanoatchilarining faolligi kuchayib, uning atrofidagi hududlarda, xususan, Goygol (Helenendorf) va Shamkir (Annenfeld)da nemis koloniyalari vujudga kelgan[1]. Ozarbayjonning nemis aholisi 1939-yilgacha 23133 kishiga yetib, 8 ta hududda yashagan. 1941-yilda Sovet hukumati Ozarbayjonning nemis aholisini Qozogʻiston va Sibirga surgun qilgan[2][3].

 
Ozarbayjonning Germaniyadagi elchixonasi

Diplomatik munosabatlar tahrir

Germaniya Ozarbayjon mustaqilligini 1992-yil 12-yanvarda tan oldi. Ozarbayjon va Germaniya oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 20-fevralda oʻrnatilgan. Ozarbayjon G‘arbiy Yevropadagi birinchi elchixonasini 1992-yil 2-sentyabrda Germaniyada ochdi[1] va Germaniyaning Ozarbayjondagi elchixonasi 1992-yil 22-sentyabrda ochildi[4]. Ramin Hasanov 2016-yil sentyabr oyida Ozarbayjonning Germaniyadagi elchisi sifatida akkreditatsiya qilingan[5]. Maykl Kindsgrab 2016-yilning avgustidan beri Germaniyaning Ozarbayjondagi elchisi lavozimini egallab kelmoqda[6].

Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy bazasi tahrir

Ikki davlat oʻrtasida bir qancha hujjatlar imzolangan: Moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1995-yil aprel); Havo transporti toʻgʻrisidagi bitim (1995-yil iyul); Madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1995-yil dekabr); Daromad va mol-mulk soligʻiga nisbatan ikki tomonlama soliqqa tortishni bekor qilish toʻgʻrisidagi bitim (2004-yil avgust); Ozarbayjon Mudofaa vazirligi va Germaniya Federal Mudofaa vazirligi oʻrtasida harbiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim; Ozarbayjon Adliya vazirligi va Germaniya Federal Adliya vazirligi o‘rtasida huquqiy hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya; Ozarbayjon Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va Germaniya Federal Iqtisodiyot va texnologiyalar vazirligi o‘rtasida Savdo va investisiyalar bo‘yicha yuqori darajadagi Ishchi guruhni tashkil etish to‘g‘risidagi almashuv memorandumi (2011-yil may); Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida Boku shahrida Germaniya-Ozarbayjon tashqi savdo palatasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim (2012-yil mart)[7].

Yuqori darajadagi tashriflar tahrir

 
Haydar Aliyev Helmut Kol bilan uchrashuvi
 
Germaniya kansleri Angela Merkel Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Bokuda uchrashdi. 2018-yil 10-avgust

Ozarbayjondan Germaniyaga tashriflar

  • Prezident Haydar Aliyev (1996)
  • Prezident Ilhom Aliyev (2004, 2006, 2007, 2009, 2010, 2012, 2015, 2016[8])
  • Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammadyarov (2006, 2008, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014 va 2016-yillar)
  • Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Araz Azimov (2016-yil 22-23-fevral)

Germaniyadan Ozarbayjonga tashriflar

  • Prezident Frank-Valter Shtaynmayer (2007, 2014 va 2016)
  • Kansler Angela Merkel (2018)
  • Tashqi ishlar vaziri Gido Vestervelle (2012)
  • Tashqi ishlar vaziri Klaus Kinkel (1995)
  • Tashqi ishlar vaziri Jozef Fisher (2001, 2004)

Parlamentlararo aloqalar tahrir

Ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni Ozarbayjondan Ozarbayjon — Germaniya parlamentlararo aloqalar boʻyicha ishchi guruhi, Germaniyadan Germaniya -Janubiy Kavkaz parlamentlar guruhi amalga oshirmoqda. Milliy Majlis 1997-yil 7-martda Ozarbayjon-Germaniya parlamentlararo aloqalari boʻyicha Ishchi guruhini tuzgan[9]. Milliy Majlisning 2016-yil 4-martdagi qaroriga ko‘ra, Ozarbayjon-Germaniya parlamentlararo aloqalar bo‘yicha ishchi guruhi rahbari Rovshan Rzayev etib tayinlangan[10].

Konsullik munosabatlari tahrir

Ozarbayjonning Germaniyadagi elchixonasi konsullik boʻlimi Ozarbayjonning Germaniyadagi konsullik xizmatini amalga oshiradi[11].

Ozarbayjon Respublikasining Germaniyadagi Faxriy konsulligi Shtutgartda joylashgan va Ozarbayjonning faxriy konsuli Otto Hauzer hisoblanadi[12].

Madaniy munosabatlar tahrir

2007-yilda Berlinda Bokudagi Qiz qal’asi galereyasi hamkori sifatida Berlin — Boku galereyasi ochildi. 2008-yilda Germaniyada „Ozarbayjon yili“, 2009-yilda Ozarbayjonda nemis madaniyati haftaliklari tashkil etildi. Sobiq Helenendorf hududida joylashgan nemis cherkovi 2008-yilda Federal hukumat koʻmagida qayta tiklangan.

2011-yil sentabr oyida Berlin tarix muzeyida Ozarbayjon Respublikasi mustaqilligining 20-yilligi munosabati bilan madaniy kecha tashkil etildi, bundan tashqari 2013-yilda Myunxen, Shtutgart, Kyoln, Gamburg, 2014-yilda Gannover, Dyusseldorf, Drezden shaharlarida madaniy kechalar oʻtkazilgan. 2015-yilda Frankfurtdagi madaniy tadbirlar Ozarbayjonning Germaniyadagi elchixonasi koʻmagida Haydar Aliyev jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan.

Germaniyaning Ozarbayjondagi elchixonasi 2017-yilning mart oyida Ozarbayjonda, Shaki shahrida birinchi nemis oʻqituvchilari kunini tashkil qildi[13]. 2017-yil 1-dekabrda Berlinda Ozarbayjon va Germaniya oʻrtasidagi diplomatik munosabatlarning 25 yilligiga bagʻishlangan konsert tashkil etildi[14].

Iqtisodiy munosabatlar tahrir

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 2015-yilda Ozarbayjon va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,914 million dollarni tashkil qilgan. 2015-yilda Ozarbayjon importi 690,08 million dollarni, eksporti esa 1,224 million dollarni tashkil etdi. 2015-yilda Ozarbayjon tashqi savdo aylanmasida Germaniyaning ulushi 9,27 foizni, jumladan importda 7,48 foiz va eksportda 10,71 foizni egallagan[15].

Germaniya-Ozarbayjon Savdo va sarmoya bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruhi 2011-yil 5-mayda tuzilgan. Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Samir Valiyev va Germaniya Iqtisodiyot va texnologiyalar vazirligining tashqi iqtisodiy siyosat bo‘yicha bosh direktori Ekxard Frans guruh hamraislari hisoblanadi. Guruh 2011- va 2015-yillarda Berlinda, 2013- va 2014-yillarda Bokuda uchrashuvlar tashkil qilgan. 7-yig‘ilish 2017-yil 22-noyabrda Berlinda bo‘lib o‘tgan[16].

2012-yil 12-noyabrda Boku shahrida Germaniya-Ozarbayjon tashqi savdo palatasi ochildi. Palataga ikki davlatdan 13 dan ortiq aʼzo tashkilotlar kiradi. Germaniyada SOCAR Germaniya va AZAL Frankfurt va Berlinda, IBA Frankfurtda baʼzi Ozarbayjon kompaniyalarining vakolatxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Ozarbayjon va Germaniya oʻrtasidagi savdo aylanmasi

(ming AQSh dollarida)

Yil Import Eksport Savdo aylanmasi
2012-yil 779 971 964 767 1.744.738
2013-yil 823 024 356 735 2.179.759
2014-yil 703 636 1.925.563 2.629.200
2015-yil 689 996 1.223.961 1.913.958
2016-yil 399 192 610 831 1.010.023
mfa.gov.az saytidan olindi. 2016-03-10 (Wayback Machine saytida 2016-03-10 sanasida arxivlangan) da arxivlangan

Diplomatiya tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Germany-Azerbaijan relations“. lib.aliyev-heritage.org. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  2. „German footprints in the Caucasus“ (en). euronews (2015-yil 27-aprel). Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  3. Зейналова, Сyдаба. НЕМЕЦКИЕ КОЛОНИИ В АЗЕРБАЙДЖАНЕ (1819-1941гг.), 2002 — 144–149 bet. 
  4. „Information on history of bilateral relations“. berlin.mfa.gov.az. 2017-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  5. „Səfirin tərcümeyi-halı“. berlin.mfa.gov.az. 2016-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  6. „Deutsche Botschaft Baku - Startseite“ (de). www.baku.diplo.de. 2016-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  7. „İkitərəfli münasibətlərin müqavilə-hüquq bazası“. berlin.mfa.gov.az. 2017-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  8. „Germany calls Azerbaijan ‘an increasingly important partner’“ (en-GB). EURACTIV.com. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  9. „Law on the establishment of working groups on inter-parliamentary relations of Milli Majlis of the Republic of Azerbaijan“. e-qanun.az. 2017-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  10. „Law on the appointment of heads of working groups on inter-parliamentary relations of Milli Majlis of the Republic of Azerbaijan“. e-qanun.az. 2017-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  11. „Konsularangelegenheiten“ (de). berlin.mfa.gov.az. 2017-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  12. „Honorarkonsul - Honorary Consul“ (de-de). www.stuttgart-aserbaidschan.de. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  13. „Deutsche Botschaft Baku - Erster Deutschlehrertag in Sheki“ (de). www.baku.diplo.de. 2017-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  14. „Azərbaycan-Almaniya diplomatik münasibətlərinin 25 illiyi Berlində etno-caz konsert proqramı ilə qeyd edilib“. berlin.mfa.gov.az. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  15. „Trade relations of the Republic of Azerbaijan with the Federative Republic of Germany for 2015“ (az-az). İqtisadiyyat Nazirliyi. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  16. „7th meeting of German-Azerbaijani High-Level Working Group on Trade and Investments held in Berlin“. berlin.mfa.gov.az. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.