Pablo Chavarría (talaffuzi: Pablo Chavarria) 1988-yil 2-yanvarda Argentinaning Las Persides shahrida tugʻilgan. Argentinalik futbolchi „Mallorca“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Pablo Chavarría Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Pablo Chavarría
Tugʻilgan 2-yanvar 1988-yil(1988-01-02)[1][2][3] (34 yosh)

Las Perdices, Argentina

Fuqaroligi Flag Argentini Argentina
Boʻyi 182 cm
Vazni 75 kg
Pozitsiyasi hujumchi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Ispanii Mallorca
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Pablo Chavarría „Belgrano“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008-yil 9-sentabrda „Chacarita Juniors“ga qarshi oʻyinda Argentina Primera B ligasida debyut qildi[4]. 12-oktabr kuni „Aldosivi“ga qarshi kechgan bahsda Pablo Chavarría „Belgrano“ safida ilk golini urdi[5]. Debyut mavsumida Chavarria klubga Argentina Primer ligasiga chiqishga yordam berdi.

2010-yilning yozida Chavarria Belgiyaning „Anderlext“ jamoasiga oʻtdi. 21-avgust kuni „Lokeren“ga qarshi oʻyinda u Yupil ligada debyut qildi[6]. 26-dekabr kuni „Liers“ga qarshi kechgan bahsda Pablo Chavarría „Anderlext“ safidagi ilk golini urdi[7].

2011-yil boshida Pablo Chavarría „Eupen“ga ijaraga berildi. 12-fevral kuni „Sint-Truidense“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[8]. 6-mart kuni „Liers“ga qarshi bahsda Pablo Chavarría „Eupen“ uchun birinchi golini urdi[9]. Oʻsha yilning yozida Chavarria „Kortrijk“ga ijaraga oʻtdi. 7-avgust kuni „Westerlo“ga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi[10]. 23-oktabr kuni „Bryugge“ ga qarshi bahsda Pablo Chavarría oʻzining birinchi golini „Kortrijk“ darvozasiga kiritdi[11]. Ijara muddati tugagach, klub uni yana bir mavsumga uzaytirishga qaror qildi.

2013-yilning yozida Chavarria Fransiyaning „Lans“ klubiga oʻtdi. 4-avgust kuni „Cercle Athletic“ga qarshi oʻyinda u Liga 2 da debyut qildi[12]. 10-avgust kuni „Dijon“ga qarshi bahsda Pablo „Lens“ uchun birinchi golini urdi[13]. Mavsum oxirida Chavarria klubning elit ligaga chiqishiga yordam berdi. 9-avgust kuni „Nant“ga qarshi oʻyinda u Liga 1da debyut qildi[14]. Mavsum oxirida jamoa yana tuchib ketdi, ammo Pablo klubda qolishni oʻziga maʼqul koʻrgan.

2016-yilning yozida Chavarria „Reims“ga oʻtdi. 1-avgust kuni „Amiens“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[15]. 26-oktabr kuni „Gavr“ga qarshi kechgan bahsda Pablo „Reims“ safidagi ilk golini urdi [16] . Chavarria 2018-yilda 14 ta gol urdi va klubning yuqoriga ligaga chiqishiga yordam berdi. 11-avgust kuni „Nice“ga qarshi oʻyinda u yuqori saviyadagi jamoada debyut qildi[17].

Jamoalari tahrir

Nomi Mamlakat Mavsum
C. A. Belgrano   Argentina 2008-2010
R. S. C. Anderlecht   Belgiya 2010-2013
K. A. S. Eupen (ijara)   Belgiya 2011
K. V. Cortrique (ijara)   Belgiya 2011-2013
R. C. Lens   Fransiya 2013-2016
Stade de Reims   Fransiya 2016-2019
R. C. D. Mallorca   Ispaniya 2019-2020
Málaga C. F.   Ispaniya 2020

Manbalar tahrir

  1. Pablo Chavarría // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Pablo Chavarría // FBref.com (mn.)
  3. Pablo Chavarría // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
  4. „Бельграно VS. Чакарита Хуниорс 0:1“ (en). soccerway.com (2008-yil 9-sentyabr).
  5. „Альдосиви VS. Бельграно 1:1“ (en). soccerway.com (2008-yil 12-oktyabr).
  6. „Локерен VS. Андрерлехт 0:3“ (en). soccerway.com (2010-yil 21-avgust).
  7. „Андрерлехт VS. Льерс 6:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 26-dekabr).
  8. „Сент-Трюйден VS. Эйпен 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 12-fevral).
  9. „Льерс VS. Эйпен 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 6-mart).
  10. „Вестерло VS. Кортрейк 0:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 7-avgust).
  11. „Кортрейк VS. Брюгге 2:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 23-oktyabr).
  12. „Ланс VS. Бастия 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 4-avgust).
  13. „Дижон VS. Ланс 1:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 10-avgust).
  14. „Нант VS. Ланс 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 9-avgust).
  15. „Амьен VS. Реймс 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 1-avgust).
  16. „Реймс VS. Гавр 1:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 26-oktyabr).
  17. „Ницца VS. Реймс 0:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 11-avgust).