Parfenopa (qadimgi yunoncha: Παρθενόπη) — qadimgi yunon mifologiyasidagi sirenalardan biri. Uning ismi „qizning ovozi“ deb tarjima qilinadi[1].

Julio Chezare Kapachchoning „Delle imprese trattato“ asaridagi Parfenopaning tasviri

Afsonasi

tahrir

Qadimgi yunon afsonasiga ko‘ra, Parfenopa Aheloy xudosi va Terpsihora muzasining qizi bo‘lgan[1][2]. Uning qo‘shiqlari Odisseyni[3][4] o‘ziga rom eta olmagach, o‘zini dengizga tashladi va cho‘kib ketadi. Afsonaga ko‘ra, uning jasadi Neapolda, Megaride orolida, hozir Castel-dell-Ovo qal’asi joylashgan[5] qirg‘oqqa chiqqan. Kuma shahri aholisi bu hududga joylashar ekan, uning sharafiga oʻzlari asos solgan shaharni Partenopa deb atashgan[6].

Rim afsonasida boshqa bir taxmin, yaʼni Vezuviy ismli kentavr Parfenopani sevib qolgani aytiladi. G‘azablangan Yupiter kentavrni vulqonga, Parfenopani esa Neapol shahriga aylantirdi. Shunday qilib, afsonaga ko‘ra, vulqonga aylangan kentavr endi o‘z his-tuyg‘ularini tiya olmaydi va bu tez-tez shiddatli vulqon otilishlarda namoyon bo‘ladi[7].

Adabiyot va sanʼatda

tahrir

Parfenopa turli adabiyot va sanʼat asarlarida, shu jumladan, qadimiy tangalardagi siymosidan tortib[2], o‘z koʻksigidagi suv bilan Vezuviy olovini oʻchirayotgani ifodalangan Spinakorona favvorasigacha tasvirlangan[8]. Virgil o‘zining „Georgiklar“ asarida Parfenopa tomonidan tarbiyalanganligini daʼvo qilgan:

Bundan tashqari, Parfenopa meksikalik bastakor Manuel de Sumayaning „Parfenopa“ operasi va qadimgi yunon romani „Metioh va Parfenopa“[9] kabi bir qator boshqa asarlarga ilhom berdi. Bundan tashqari, XVIII asrda Parfenopa afsonasi asosida Sarro (1722), Vinchi (1725), Gendel (1730), Vivaldi (1738) va Xasse (1767) operalari yozilgan.

Manbalar

tahrir