Pavlodar (tuman)
Pavlodar tumani 1928-yili avvalgi Pavlodar uezdining boʻluslaridan tashkil topdi. 1930-yilgacha tuman Pavlodar okrugining tarkibida boʻldi.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Pavlodar viloyati |
Maʼmuriy markazi | Pavlodar |
Asos solingan sanasi | 1928-yil |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2012) | 29 222[1] |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 49,09% Ruslar - 33,11% Ukrainlar - 7,05% Olmonlar - 5,68% Tatarlar - 1,31% Beloruslar - 0,74% [1] |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Maydoni | 6,1 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Pochta indeksi | 140900-140920[2] |
Avtomobil raqami kodi | S, 14 |
Xaritada | |
![]() | |
Koordinatalari: 52°25′0.01″N 77°30′0.00″E / 52.4166694°N 77.5000000°E G O |
GeografiyasiTahrirlash
Tuman hududi 6,1 ming km². Tuman viloyatning beshta tumani bilan chegaradosh: shimoliy-gʻarbida — Aqtoʻgʻay, shimolida — Qashir, shimoliy-sharqida — Uspen, janubida — Lebyaji, gʻarbida — Aqsu shahrining qishloq hududlari bilan chegaradosh. Tuman erining asosiy qismini tekisliklar tashkil qiladi, dengiz sathidan balandligi 130 metr. Tumanda gips, alebastr, ohak, v.h foydali qazilmalar mavjud.
IqlimiTahrirlash
Iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −18º-19 °C, iyulniki — +21º+23 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 272 mm.
AholisiTahrirlash
1999-yili tuman aholisi — 32,3 ming kishni, 2012-yili esa — 29,2 ming kishini tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)
Hududiy boʻlinishiTahrirlash
Tuman tarkibida 16 ta qishloq mavjud:
|
|
|
|
IqtisodiTahrirlash
Qishloq xoʻjaligiTahrirlash
Tuman qishloq xoʻjaligida: goʻsht va sutli mol chorvachiligi, qush xoʻjaligi, shuningdek: bugʻdoy, tariq, kungaboqar, qant qizilchasi etishtiriladi.
Ijtimoiy sohaTahrirlash
TaʼlimTahrirlash
Tumanda 28 ta oʻrta umumiy bilim beruvchi maktablari va 7 ta maktabgacha boʻlgan mahkamalar roʻyxatdan oʻtgan.
TibbiyotTahrirlash
Tumanga Pavlodar tumanining kasalxonasi xizmat koʻrsatadi.
MadaniyatTahrirlash
Tuman „Niva“ gazetasi 1930-yildan boshlab nashr etiladi. Monumental madaniy yodgorlik sifatida 1964-y. oʻrnatilgan UVU halok boʻlganlarga atalgan haykal boʻlib hisoblanadi, Shaqat qishlogʻi.