Uspen (tuman, Pavlodar viloyati)
Uspen tumani — Pavlodar viloyati tarkibidagi tuman. Tumanning maʼmuriy markazi — Uspenka qishlogʻi. Maydoni — 5,5 ming km².
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Pavlodar viloyati |
Maʼmuriy markazi | Uspenka |
Asos solingan sanasi | 1935-yil |
Akim | Hokim |
Rasmiy tili | qozoq, rusQozoq tili |
Aholi (2012) | 14 439[1] |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 34,24% Ruslar - 28,17% Ukrainlar - 21,93% Olmonlar - 9,58% Tatarlar - 0,88% Beloruslar - 0,82% [1] |
Dinlar tarkibi | Xristianlar, musulmonlar |
Maydoni | 5,5 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Pochta indeksi | 141000-141015[2] |
Avtomobil raqami kodi | S, 14 |
Xaritada | |
52°45′0″N 77°21′0″E / 52.75000°N 77.35000°E |
Geografiyasi
tahrirShimoliy va shimoliy — gʻarbidan Qashir tumani bilan, gʻarbiy va janubiy-gʻarbidan Pavlodar tumani bilan, janubiy-sharqidan — Sherbaqti tumani bilan, shimoliy-sharqidan — Oltoy oʻlkasi bilan chegaradosh.
Iqlimi
tahrirIqlimi keskin kontinental, yanvar oyining oʻrtacha harorati −18º -19 °C., iyulniki — +20º +21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250–300 mm-ni tashkil qiladi.
Aholisi
tahrir1999-yili tuman aholisi — 21,4 ming kishini, 2012-yili esa — 14,4 ming kishinin tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)
Tarixi
tahrirRSFSR UMIQ Prezidiumining 1935-yilgi 31-yanvardagi Farmoni bilan Lozovskiy tumani tashkil topdi, Qozoq KSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1963-yilgi 2-yanvardagi Farmoniga binoan Lozovskiy tumani tarqatilib, uning oʻrniga Uspen tumani tashkil topdi.
Hududiy boʻlinishi
tahrirTuman tarkibida 13 ta qishloqlar mavjud: Uspen, Bogatirskiy, Ilichyovskiy, Kovalyovskiy, Qaratay, Lozovskiy, Olginskiy, Pavlovskiy, Ravnopolskiy, Tauiljan, Temiryazevskiy.
Taʼlim
tahrirTumanda 20 ta umumiy oʻrta bilim beruvchi maktablar mavjud, uning 17 tasi oʻrta, 2 tasi asosiy va 1 boshlangʻich maktab. Tuman qozoq tilida dars beruvchi atigi bitta maktab bor.
Tibbiyot
tahrirTumanda 40 kishilik Uspen tuman markaziy kasalxonasi, 25 kishilik Konstantinovka qishlogʻining uchaskalik kasalxonasi, 15 kishilik silga qarshi kasalxona, 4 ta shifokorlik ambulatoriya, 14 ta tibbiyot punktlar, tuman sanitar-epidemiologik stansiya va 7 ta xususiy dorixonalar mavjud.