Paysyao ― qadimiy puflama cholgʻu asbobi, xitoycha pan nayining (pan-fleyta) analogi.

Xususiyatlari

tahrir

Ushbu asbobning oʻziga xos xususiyati 12 ta bambuk naylari mavjudligi boʻlib, u keng ovoz diapazonini taʼminlaydi. Shu bilan birga naylar soni boshqacha boʻlishi ham mumkin[1].

Fleytaning bu oʻxshashi qadimgi Xitoyning anʼanaviy orkestriga kiritilgan boʻlib, yumshoq va mayin tovush chiqaradi.

Tarixi

tahrir

Arxeologlar tomonidan topilgan eng qadimgi paysyao namunasi, taxminan, miloddan avvalgi 1046-yilda, yaʼni Shang sulolasining oxirida yoki Chjou sulolasining boshida yasalgandir. Ushbu paysyao puflama asbobi Xitoy xalq cholgʻulari muzeyida koʻrgazmaga qoʻyilgan.

Zeng qirolligidagi Markiz Yi qabrida bambukdan yasalgan, taxminan, 2400-yillik, yana ikkita qadimiy paysyao topilgan. Ularning ikkalasi ham uzunligi kamayish tartibida joylashtirilgan 13 ta bambuk naychadan iborat edi.

Vaqt oʻtishi bilan cholgʻu musiqiy taomildan chiqib ketdi, ammo XX-asrda uning qayta tuʼgʻilishi boshlandi.

Yangi cholgʻular uchun namuna

tahrir

Paysyao ushbu turdagi asboblarning keyingi avlodlarini ishlab chiqish uchun prototip boʻlib xizmat qildi. Misol uchun, Koreyada hangul deb nomlangan cholgʻu paysyaodan olingan va marosimlarda chalingan[2].

Svireldan farqi

tahrir

Xitoycha paysyao hamda Yevropa va Janubiy Amerika anʼanalarida uchrovchi svirel naylari oʻrtasidagi asosiy farq shundaki, qadimgi Xitoy puflama cholgʻu asbobining tepasidagi teshiklari burchakli yoki kamgakli boʻladi.

Bu Xitoy paysyao nayi ovoz balandligi oʻzgarishi va hatto, karnaylar diatonik tarzda sozlangan boʻlsa ham tembrni yoʻqotmasdan toʻliq xromatik boʻlishiga imkon beradi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir