In (tarixiy davlat)
In, Shan — mil. av. XIV-XI asr lardagi qadimgi Xitoy davlati. Anyana yaqini (Xenan viloyati)dan arxeologlar soʻnggi In davriga oid toshbaqa kosasi va hayvon suyaklariga yozilgan fol ochish yozuvlari, jezdan yasalgan qurollar (qilich, kamon oʻqining uchi, bolgʻa, pichoq, nina, bigiz, belkurak) topilgan. Inda dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shugʻullanishgan. Davlat boshida xon — van turgan. In xonligi koʻp vaqt juda koʻp qabilalar (tufan, mafan, syan, chjou va b.) bilan urush olib borgan. Mil. av. XI asrda Chjou qabilasi Indagi ichki nizolardan foydalanib uni bosib olgan.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |