Perixon Sofiyeva
Perixon Sofiyeva (ozarbayjoncha: Pərixan Sofiyeva, gruzincha: ფერიხან სოფიევა; 1884 — 1953) siyosiy lavozimga saylangan birinchi musulmon ayol[1].
Perixon Sofiyeva | |
---|---|
Pərixan Sofiyeva | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1884-yil Karajala, Tiflis gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1953 Karajala, Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR |
Millati | azarbayjon |
Hayoti
tahrirSofiyeva 1884-yilda oʻsha paytdagi Gruziya viloyatining Tiflis gubernatorligi tarkibiga kirgan Karajala shahrida Rossiya imperiyasida tugʻilgan. U sakkiz kishilik oilada yagona qiz farzand boʻlgan. Rossiya imperiyasi davrida Sofiyeva aka-ukalarining yetakchisi boʻlgan va shu bilan mashhurlikka erishgan. Bankdan olingan kredit evaziga qishloqda bolalar uyi ochgan[1].
Siyosiy martabasi
tahrirMustaqil Gruziya
tahrir1917-yil fevral inqilobidan keyin Janubiy Kavkazdan oʻtish maqsadida mahalliy hokimiyatlarni isloh qilish boshlangan. 1918-yil 26-mayda Gruziya oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan. Yil oxirida boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlarda Sofiyeva Karajala shahrida maslahatchi etib saylangan[1]. Sofiyeva faol shaxs boʻlsa-da, uning hayoti haqidagi maʼlumotlarning juda oz qismigina maʼlum[2][3].
Deputatlik yillari
tahrirGruziya Demokratik Respublikasi boʻyicha tadqiqot olib borayotgan tarixchi Irakliy Xvadagiani Tbilisi gubernatorligidan saylangan deputatlar roʻyxatini koʻzdan kechirar ekan, ular orasida musulmon ayoli ham borligini koʻrib qoladi. Avvaliga bunga ishonmagan tarixchi keyinchalik Gruziya sotsialistik federalistlarining rasmiy gazetasida xuddi shu nomga duch kelib, maʼlumotlarni tekshirib koʻradi[4]. Shunday qilib, Parixon Sofiyeva musulmon olamida birinchi saylangan ayol deputat sifatida zamonaviy tarixga kiritilgan[5]. 1917-yil fevral inqilobidan soʻng, muvaqqat hukumat sharoitida, mahalliy hokimiyat tizimini isloh qilish va Kavkazda saylovlarga tayyorgarlik koʻrish boshlangan. Bu jarayon ogʻir siyosiy kataklizmlar fonida davom etgan. 1918-yil 28-maydan keyin, yil oxirigacha Gruziya hududining asosiy tumanlarida erobalik (mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organi) saylovlari oʻtkazilgan va oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyat koʻrsata boshlagan[6]. 1919-1920-yillarga kelib qolgan barcha okruglarda markaziy hukumat nazorat qila olmagan qoʻshimcha saylovlar boʻlib oʻtgan. Tbilisi okrugida saylovlar kuz oxirigacha qoldirilgan, qishloq xoʻjaligi ishlari tufayli saylovchilarni jalb qilishning imkoni boʻlmagan. Saylov tizimi saylov okruglariga boʻlingan boʻlib, u yerda fuqarolar proporsional saylov tizimi orqali maʼlum miqdordagi deputatlarni saylashlari kerak edi. Tbilisi tumanidagi soʻnggi saylovlar Garayazi tumanida boʻlib oʻtgan, saylovchilarning asosiy qismini ozarbayjonlar tashkil etgan. Kutilmaganda yetakchi partiyalar — sotsial-demokratlar va federalistlar, „Hummat“ tashkiloti, milliy-demokratlar va eser nomzodlari oʻrtasidagi kurashda partiyasiz nomzod ozarbayjonlik — musulmon ayol Parixonim Sofiyeva boshqa nomzodlarni ortda qoldirib, Garayazi tumani Tbilisi saylov okrugidan beshinchi vakil boʻlgan[6]. Uning deputatlik faoliyati haqida maʼlumot deyarli yoʻq. Biroq u hukumatni qishloqlari yonidan oʻtuvchi temir yoʻl qurishga majbur qilgani haqida maʼlumotlar bor.
Sovet Ittifoqining bostirib kirishi
tahrirPerixon Sofiyevaning jiyaning rafiqasi Rashgan Sofiyevaning aytishicha, Sofiyeva bolsheviklar va sovet hukumatini yomon koʻrgan. Buyuk tozalash tufayli, sakkiz aka-ukasi oʻldirilgandan soʻng, u oʻzining eski Mauzer C96 toʻpponchasi bilan koʻchani aylanib yurgan va ular boy oiladan boʻlgan va xoin hisoblangani uchun umumiy qabrlardan biriga dafn qilingan[1].
Oʻlimi
tahrirSofiyeva 1953-yilda jiyanlaridan birining hibsga olinishini eshitib, yurak xurujidan[7] vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 The world’s first democratically elected Muslim woman was from Georgia
- ↑ Akakli Xvadagiani. Qarayazı anası — Pərixanım Sofiyeva (ozarbayjoncha)
- ↑ Məmmədoğlu. „Akakli Xvadagiani. Qarayazı anası – Pərixanım Sofiyeva“ (Azerbaijani). TurkInfo.org. Türk Dünyası İnfo (2017-yil 25-sentyabr). 2018-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-dekabr.
- ↑ „The World's First Democratically Elected Muslim Woman Was from Georgia“. 2018-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
- ↑ „The World's First Democratically Elected Muslim Woman was from Azerbaijani Village of Georgia“. 2019-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
- ↑ 6,0 6,1 „İrakli Xvadagiani. Qarayazı anası – Pərixanım Sofiyeva“. 2018-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
- ↑ WHAT WE SHOULD KNOW ABOUT AZERBAIJANI FELLOW CITIZENS