PetroChina
PetroChina Company Limited (Xitoycha: 中国石油天然气股份有限公司) Xitoy neft va gaz kompaniyasi va China National Petroleum Corporation (CNPC)ning bir qismi hisoblandi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Pekin shahridagi Dongcheng okrugida joylashgan[3]. Kompaniya hozirgi kunda Osiyoning eng katta neft va gaz ishlab chiqaruvchisi[4][5]. Hong Kong va Nyu York fond birjalarida aksiya savdolarini amalga oshirgan ushbu kompaniya 2007-yilning noyabr oyida aksiyalarini Shanxaydagi fond birjasiga joylashtirishini eʼlon qildi va keyinchalik SSE 50 indeksining kirdi. 2020-yilgi Forbesning Global 2000 roʻyxatida PetroChina dunyodagi 32-eng yirik aksiyadorlik jamiyati sifatida qayd etilgan[6].
Turi | State owned enterprise |
---|---|
Tarmogʻi | Neft va gaz |
Egasi | China National Petroleum Corporation |
Qachon asos solingan | 5-noyabr, 1999-yil |
Hududiy xizmati | Dunyo boylab, asosiy bozori Xitoy |
Rahbariyat |
Zhou Jiping (Boshqaruv raisi) Wang Dongjin (CEO)[1] |
Mahsulot(lar)i | Yoqilg'i, lubricants, tabiiy gaz, neft-kimyo mahsulotlaris |
Aylanma daromadi | $297 milliard (2020) |
Operatsion foydasi | ¥67,722 million RMB (2017) |
Boyligi | ¥2,404,612 million RMB (2017) |
Sof foydasi | 42 098 000 000[2] |
Ishchilar soni | 506,000 (2019) |
Shoʻba korxonalari | Singapore Petroleum Company |
Vebsayti | petrochina.com.cn |
Tarixi
tahrirPetroChina 1999-yil 5-noyabrda CNPCni qayta qurish doirasida Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) Kompaniyalar toʻgʻrisidagi qonuniga binoan masʼuliyati cheklangan aksiyadorlik jamiyati sifatida tashkil etilgan. Qayta qurish jarayonida CNPC PetroChinaga CNPCning qidiruv va qazib olish, qayta ishlash va marketing, kimyo va tabiiy gaz biznesiga oid koʻp aktivlari kiritdi va majburiyatlarini yukladi. Sinopecning Xitoy neft-kimyo korporatsiyasining bosh kompaniyasi orqali Sudan bilan aloqasi Garvard va Yale kabi bir qancha institutsional investorlarni 2005-yilda Sinopec bilan aloqalarni uzishiga sabab boʻldi[7].
2007-yil may oyining boshida kompaniya Xitoyning shimoli-sharqiy qirgʻogʻida soʻnggi oʻn yildagi eng yirik neft manbasini topganini bildirdi. Ushbu manbani kompaniya Bohai koʻrfazidagi Jidong Nanpu neft konidan topgan[8]. Ammo 2008-yil may oyida manba kutilmalar pasaytilirdi[9].
2007-yil 7-noyabrda Hang Seng Indexes Company PetroChina 2007-yil 10-dekabrdan kuchga kirgan Hang Seng Index taʼsis aksiyasi boʻlishini eʼlon qildi[10]. PetroChina Darfurdagi urushni boshlagani uchun Sudan hukumati bilan savdo qilgani uchun xalqaro tashkilotlarning nazoratiga tushgan.
2009-yil 19-avgustda PetroChina ExxonMobil bilan Gʻarbiy Avstraliyadagi Gorgon konidan suyultirilgan gaz sotib olish boʻyicha 50 milliard Avstraliya dollari miqdoridagi shartnomani imzoladi[11][12]. Bu Xitoy va Avstraliya oʻrtasida imzolangan eng yirik shartnoma hisoblanib, Xitoyni 20 yil davomida tabiiy gaz bilan taʻminlaydi va Xitoyning nisbatan "toza energiya"sining eng katta yetkazib beruvchisidir[13][14]. Rio Tintoning josuslik ishi va Rebiya Qodirga Avstraliyaning viza berishi ortidan, Avstraliya va Xitoy oʻrtasidagi munosabatlar soʻnggi yillardagi eng past darajaga tushgan, ammo bunga qaramay kelishuv rasmiylashtirildi[15].
2009-yil 24-sentyabrda PetroChina kompaniyasining Dushanzi okrugidagi neftni qayta ishlash zavodi toʻliq ishga tushdi. Zavod Xitoyning eng yirik neftni qayta ishlash zavodi boʻlib, yillik quvvati 10 million tonna neft va 1 million tonna etilen ishlab chiqarishga yetadi. Neftni qayta ishlash zavodi Xitoyning Qozogʻistondan neft import qilish ambitsiyalarining ajralmas qismidir[16].
2011-yil fevral oyida PetroChina Kanadaning Encana kompaniyasiga tegishli Duvernay slanets aktivlarining 49% ulushi uchun 5,4 milliard dollarlik shartnoma imzolandi. Bu Xitoyning hozirgi kunga qadar slanetsga kiritgan eng katta sarmoyasi hisoblanadi[17]. PetroChinaning Kanadada PetroChina Canada nomli shoʻba korxonasi boʻlib. Uning shtab-kvartirasi Kalgarida joylashgan. Unga Li Chjimin rahbarlik qiladi[18].
Xitoy 2016-yilda Nepal neft korporatsiyasi bilan Nepalning umumiy neft isteʼmolining 30 foizini sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi. Xitoy Nepalning Panchxal shahriga quvur liniyasi hamda neft omborxonasini qurishni rejalashtirgan[19].
2017-yilda bozordagi tabiiy gaz narxlarining koʻtarilishi PetroChina aksiyalari qiymatini oshishiga olib keldi[20].
2019-yil fevral oyida PetroChina Royal Dutch Shell bilan Arrow Energy qoʻshma korxonasi doirasida Avstraliyaning Queensland shahridagi Surat loyihasi uchun 10 milliard dollarga (AUS) teng qarz olishga muvaffaq boʻldi[21]. Liaoyang Petrochemical Corp, PetroChinaning bir qismi, 2019-yilning may oyida birinchi marta Yevropaga neft eksport qildi[22]. PetroChina 2019-yilda 4 milliard AQSH dollari foyda keltirdi[23].
PetroChina Pipelines kompaniyasi
tahrirPetroChina Pipelines - loyihaning dastlabki uchta quvurini boshqargan PetroChinaning shoʻba korxonasi (72,26%).[24]
Gʻarb-Sharq Gaz Quvuri I
tahrirTarixi
tahrirG‘arb-Sharq Gaz Quvuri qurilishi 2002-yilda boshlangan. Quvur 2004-yil 1-oktabrda sinovdan o‘tkazilgan va 2005-yil 1-yanvarda bozorni tabiiy gaz bilan taʼminlashni boshlagan. Quvur PetroChina West-East kompaniyasiga tegishli va ushbu kompaniya tomonidan boshqariladi. Dastlab PetroChinaning shoʻba korxonasi boʻlgan Gas Pipeline Company PetroChina quvur liniyasining 50%iga, Royal Dutch Shell, Gazprom va ExxonMobil esa har biri 15%dan va Sinopec 5% ulushga ega boʻlishi kelishilgandi. Ammo, 2004-yil avgust oyida PetroChina direktorlar kengashi qoʻshma korxona tuzish toʻgʻrisidagi shartnomaning barcha tomonlari bilan muhokamalardan soʻng tomonlar kelishuvga erisha olmagani va qoʻshma korxona tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinganligini eʼlon qildi[25].
Taʼminot manbai
tahrirQuvur Shinjon viloyatidagi Tarim havzasidagi neft va gaz konlaridan yetkazib beriladi. Shensi provinsiyasidagi Changqing gaz hududi ikkilamchi gaz manbai hisoblanadi. Kelajakda rejalashtirilgan Qozog‘iston-Xitoy gaz quvuri G‘arb-Sharq Gaz Quvuriga ulanadi.
2009-yil 15-sentabrdan boshlab quvur liniyasi Shansidagi Qinshuy havzasidan ko‘mir qatlamini metan bilan taʼminlanadi[26].
Ziddiyatlar
tahrirKimyoviy moddalarning sizib chiqishi
tahrir2014-yilda Petrochinaning Lanzhou Petrochemical sho‘ba korxonasi etilen va ammiak sizib chiqishi, suv manbalarining benzol bilan ifloslanishi va Lanchjoudagi havo ifloslanishi uchun javobgar hisoblanadi. Shahar rasmiylari kompaniyani tanqid qilib, kechirim soʻrashni talab qilgan[27].
Inson huquqlari
tahrir2011-yilda Earthrights International PetroChinani Birmada inson huquqlarini poymol qilishda odamlarni harbiy kuch orqali majburlab ishlatish bilan tanilgan[28][29] Birma hukumati bilan hamkorlikda ayblangan[30][31].
Korrupsiya
tahrir2017-yilning yanvar oyida sobiq rais o‘rinbosari Liao Yongyuan o‘z vakolatini suisteʼmol qilgani va qariyb 2 million dollar pora olgani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan[32][33].
2021-yilning oktyabr oyida Intizomni tekshirish bo‘yicha markaziy komissiya sobiq vitse-prezidenti Ling Syaoni “jiddiy intizomiy qoidabuzarliklar” uchun tergov qilayotganini maʼlum qilgan[34].
Soliq masalalari
tahrir2014-yilning yanvar oyida International Consortium of Investigative Journalists Britaniya Virjiniya orollaridagi sizdirilgan moliyaviy maʼlumotlarga asoslangan tadqiqotni e’lon qildi. Unda CNPC, PetroChina, Sinopec va CNOOC kompaniyalari offshorda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlayotgani aytiladi[35][36].
Reyting
tahrirPetroChina 2018-yilgi Forbes Global 2000 reytingida 30-oʻrinni egalladi[37]. 2019-yilga kelib PetroChina Forbes Global 2000 reytingida 22-oʻrinni egalladi[38].
Korporativ obligatsiyalar
tahrir2008-yil 24-oktyabrda PetroChina 80 milliard yuan (11,7 milliard dollar) qiymatidagi oʻrta muddatli korporativ obligatsiyalarni sotuvga chiqardi.
Logo
tahrirPetroChina hozirgi kompaniya logotipini 2004-yildan beri ishlatib keladi. Logotipning asosiy, abecedarian dizayni koʻtarilayotgan quyoshdan ifodalasa, gul barglari ustida aks ettirilgan. Grafikda ishlatilgan ranglar qizil va sariq ranglar Xitoy madaniyatida hosiyatli deb ishoniladi. Dizaynning ingliz tilidagi versiyasi ostiga "PetroChina" (xitoycha: chōngguó shíyóu; pinyin: Zhōngguó shíyóu) yozuvi qora rangda tushirilgan,
PetroChina kompaniyasining hozirgi logotipi 2004-yil 26 dekabrda qabul qilingan. Logotipning konturi "qizil va sariq ranglarda 10ta gulbargli grafik"dir. Tavsifga koʻra, "logotipdagi ranglar xalq bayrogʻining asosiy ranglari hisoblanadi. Xitoy hamda neft va gaz sanoatining xususiyatlarini oʻzida mujassam etadi. Logotipning mohiyatan sharsimon dizayni PetroChinaning global rivojlanish strategiyasini ifodalaydi. Oʻnta teng gulbarglar PetroChinaning oʻnta asosiy biznesini anglatadi[39].
Manbalar
tahrir- ↑ „Executive Profiles“. Petrochina.com.cn. 2016-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-yanvar.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Contact Us“. PetroChina. — „Manzil: 9 Dongzhimen North Street, Dongcheng Okrugi, Pekin, Xitoy Xalq Respublikasi“. 2011-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 8-iyul.
- ↑ „PetroChina first-half profit rises 3.6% on higher oil, gas sales“ (en). Reuters (2019-yil 29-avgust). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Analysts express optimism about Chinese shares“. Xinhuanet.com. 2012-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Forbes Global 2000“. Forbes. Qaraldi: 2020-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Darfur activists claim Fidelity success“. Financial Times (2007-yil 17-may). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „China claims major oil field find“ (en-GB) (2007-yil 4-may). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „China: PetroChina's Jidong Nanpu oil field smaller than originally thought“. Energy-pedia.com.
- ↑ "Hang Seng Indexes"
- ↑ Stephen McDonell. „Record gas deal between China and Australia – A“. Australian Broadcasting Corporation (2009-yil 19-avgust).
- ↑ Babs McHugh. „Massive sale from Gorgon Gas Project“. Australian Broadcasting Corporation (2009-yil 19-avgust).
- ↑ David McLennan. „Australia to be 'global supplier of clean energy'“. The Canberra Times (2009-yil 20-avgust). 2009-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
- ↑ „CNPC to import 2.25m tons of LNG annually from Australia“. ChinaDaily (2009-yil 20-avgust).
- ↑ Peter Ryan. „Deal means 2.2 million tonnes exported per year – AM“. Australian Broadcasting Corporation (2009-yil 19-avgust).
- ↑ "Executive Team – Brion Energy"
- ↑ Simon, Bernard; Hook, Leslie. „PetroChina in $5.4bn Canada gas buy“. Financial Times (2011-yil 11-fevral).
- ↑ „Executive Team – Brion Energy“. Brionenergy.com. 2017-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ "PetroChina to increase investment in oil, gas business despite financial crisis_English_Xinhua"
- ↑ „PetroChina's shares fuelled by increase in natural gas prices“. South China Morning Post.
- ↑ „Shell, PetroChina JV Arrow wins leases for big Australian gas project“. Reuters (2019-yil 28-fevral). 2019-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
- ↑ „PetroChina exports diesel to Europe for first time -CNPC“ (en). Reuters (2019-yil 29-may). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ Ng, Eric (2019-yil 30-avgust)PetroChina to broaden LNG import sources amid US-China trade war, posts US$4 billion profitSouth China Morning Post
- ↑ "DISCLOSEABLE TRANSACTION, CONNECTED TRANSACTION". PetroChina
- ↑ "PetroChina: Announcement". Petrochina (2004-yil 4-avgust)
- ↑ Jim Bai, Tom Miles. "PetroChina pumps coal seam gas in West-East pipeline" (Wayback Machine saytida 2020-11-29 sanasida arxivlangan). Reuters
- ↑ He Huifeng. „Chinese city lashes PetroChina unit over chemical leaks“. South China Morning Post (2015-yil 11-yanvar).
- ↑ „Burmese villagers 'forced to work on Total pipeline'“. The Independent (2009-yil 13-avgust).
- ↑ „Reports of Slave Labor on Pipeline Rouse Critics of Military in Burma“. Christian Science Monitor (1995-yil 12-oktyabr).
- ↑ „Chinese pipelines in Myanmar cause rights abuses, graft -report“ (en). Reuters (2011-yil 29-mart). Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Chinese Oil Company Linked to Human Rights Abuses in Burma (Myanmar)“. EarthRights International.
- ↑ „China: Former Oil Executive Jailed For Taking US$ 2 Million in Bribes“. www.occrp.org.
- ↑ Spegele, Brian. „PetroChina Vice Chairman Under Investigation“ (en-US). Wall Street Journal (2015-yil 16-mart). Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Former PetroChina executive under probe for suspected graft“. euronews (2021-yil 4-oktyabr).
- ↑ Ball, James. „Chinese oil giants make use of offshore shell companies in Caribbean“ (en-GB). The Guardian (2014-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
- ↑ „China's Scandal-Torn Oil Industry Embraces Tax Havens - ICIJ“ (2014-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 16-mart.
- ↑ „The World's Largest Public Companies List“. Forbes (2018-yil iyun).
- ↑ „PetroChina“. Forbes.
- ↑ „PetroChina launches new logo“. PetroChina (2013-yil 29-iyul). 2012-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.