Pianinochi (film)
Pianinochi (inglizcha: The Pianist) – Roman Polanski tomonidan suratga olingan film. 2002-yilda Cannes film festivalida Oltin palma shoxi mukofotiga sailor boʻldi. Bundan tashqari, film Oscar mukofotining 3 ta nominatsiyasida Italiya gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
The Pianist | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Roman Polanski |
Prodyuser(lar) |
Roman Polanski Robert Benmussa Alain Sarde |
Rollarda |
Adrien Brody Thomas Kretschmann Frank Finlay Maureen Lipman Emilia Fox Michał Żebrowski |
Bastakor(lar) | Wojciech Kilar |
Kinematografiya | Paweł Edelman |
Muharrir(lar) | Hervé de Luze |
Studiya(lar) |
Studio Canal+ Canal+ Studio Babelsberg |
Distribyutor |
Focus Features Universal Studios |
Chiqarilgan sanasi | 2002 |
Davomiyligi | 150 daqiqa |
Mamlakatlar |
Fransiya Olmoniya Birlashgan Qirollik Polsha |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $35 million |
Daromadi | $120,072,577 |
Tavsif
tahrirFilmning bosh qahramoni Vladislav (Vladek) Shpilman. Oʻtgan asrning 30 yillarida Polsha davlatidagi eng iqtidorli pianinochilardan biri boʻlgan. Vladek isteʼdodli ijodi yordamida ikkinchi jahon urushi arafasida turgan dunyoga tanilgan.
1939-yilning sentabr oyida, olmon qurolli kuchlar majmuasi vakillari Polshani egallab oladilar. Varshavada istiqomat qiluvchi barcha yahudiylarning hayoti butunlay oʻzgarib ketadi. Shu jumladan Vladek ham ishlash huquqidan mahrum boʻlib, iudaistlar uchun moʻljallangan Maxsus gettoga koʻchib borishga majbur boʻladi.
1942-yil 16-avgust kuni Shpilman va uning oilasi „Treblinka“ nomli konsentratsion lagerga surgʻun qilinadilar. Vladekni oxirgi lahzada Itzak ismli doʻsti qutqarib qoladi.
Bundan soʻng Vladek natsistlar nazorati ostida, qurilishda ishlashga majbur boʻladi. Lekin koʻp vaqt oʻtmay u bir tanish ayolni uchratib qoladi. Ayol urushdan avval Shpilman ijodining katta muhlisi boʻlgan edi. Shu bois u Vladekka yordam koʻrsatishga qaror qiladi. Ayol va uning eri yordamida Shpilman qurilishdan qochib ketadi.
1943-yil aprel oyida Vladek Varshava gettosining qarshisida joylashgan uyda pana topadi. U xonadon derazasidan, gettoda koʻtarilgan qoʻzgʻalon natijalarini bir necha kun davomida kuzatib boradi. Ammo oz vaqtdan soʻng Vladek va qoʻshni ayol orasida vujudga kelgan kelishmovchiliklar sababli, u xonadonni tark etishga majbur boʻladi.
Bundan soʻng u olmon shifoxonasi va komendaturasining qarshisida joylashgan uyga koʻchib keladi. Urush davrida ham Vladekning koʻp muhlislari undan yordamlarini ayamaydilar. Ammo mashhurlik uni xoinlikdan asrab qolmaydi. Vladekni ovqat bilan taʼminlaydigan odam, u uchun yegʻilgan barcha pullarni olib bedarak yoʻqolib qoladi. Bundan tashqari Shpilman sariq kasalga duch kelib, yordam va dori-darmonlarsiz qolib ketadi. Xodisalarning bunday kechishi, Vladekning oʻlimiga olib kelishi turgan gap edi. Ammo unga bir paytlar qurilishdan qochib ketishga yordam koʻrsatgan ayol, yana bir bor uning hayotini asrab qoladi.
1944-yil avgust oyida partizanlar komendaturaga hujum qiladilar. Qoʻzgʻalon koʻtariladi. Uni bostirish maqsadida, olmon qurolli kuchlar majmuasi ommaviy magʻlubiyat qurollarini yoʻlga tushuradilar. Tank aslaha-anjomlarining biri Shpilmanning xonadoniga tushadi. U qiyinchilik bilan qutilib qoladi. Soʻng boʻshab qolgan shifoxonada pana topib, keyinchalik gettoga yoʻl oladi.
Gettoning omon qolgan binolarining birida, Shpilman oz miqdorda yegulik topadi. Shu binoning oʻzidayoq u olmon zobitiga duch keladi. Zobit Vladekning pianinachiligini aniqlab, royalda oʻynab berishini iltimos qiladi. Tong otganda, olmon qurolli kuchlar majmuasi binoda yangi shtab qarorgohini tashkil qiladilar. Shpilman qochib qutilishga ulgurmay, chordoqda berkinib olishga majbur boʻladi. Zobit unga muntazam ravishda yegulik olib keladi. Koʻp vaqt oʻtmay olmoniyaliklar binoni tark etadilar.
1945-yil yanvar oyida sovet qoʻshinlari Varshavani egallab oladilar. Bu hodisa urushning yakunlanishiga olib keladi. Barcha Olmoniya qurolli kuchlar majmuasi vakillari hibsga olinadi. Shu jumladan Shpilmanga yordam koʻrsatgan zobit ham harbiy asirga tushadi. Koʻp vaqt oʻtmay u polshalik skripkachi yordamida, Vladek bilan bogʻlanishga urinadi. Ammo Shpilman uning ism sharifini bilmaganligi sababli, unga yordam koʻrsatish imkoniyatidan mahrum boʻladi.
Olmoniyalik zobitning ismi Vilgelm Hozenfeld edi. U 1952-yil sovet harbiy asirga olinganlar lagerlarining birida vafot etadi. Shpilman esa qolgan xayotini Varshavada oʻtkazib, 2000-yil 6-iyul kuni, 88 yoshga kirib olamdan koʻz yumadi.
Omillar
tahrir- Film slogani: „Music was his passion. Survival was his masterpiece.“
- Film haqiqatda sodir boʻlgan hodisalarga asoslangan
- Adrien Brody barcha musiqiy sahnalarni mustaqil ravishda ijro etgan.
- Film Krakov shahrida suratga olinayotgan payt, Roman Polanski ikkinchi jahon urushi davrida uning oilasiga yordam koʻrsatgan insonni uchratgan.
- Ikkinchi jahon urushi davrida bosh qaxramon oʻzini qanday his etganini anglash uchun, Brody xonadonidan koʻchib ketib, mashinasini sotib yuborgan.
Rollarda
tahrirAktyor (aktrisa) | Rol |
---|---|
Adrien Brody | Vladislav Shpilman |
Thomas Kretschmann | Vilgelm Hozenfeld |
Frank Finlay | Shpilmanning otasi |
Zbigniew Zamachowski | mijoz |
Katarjina Figura | qoʻshni ayol |
Michał Żebrowski | Yurek |
Ed Stoppard | Genrik |
Suratga olish guruhi
tahrir- Ssenariy muallifi: Ronald Harwood (ssenariy Vladislav Shpilmanning kitobiga asoslangan)
- Rejisser: Roman Polanski
- Operator: Paweł Edelman
- Rassom: Allen Starskiy
- Bastakor: Wojciech Kilar
- Produser: Roman Polanski
Mukofotlar
tahrir2002-yil Kann kinofestivali:
2003-yil Oscar mukofoti:
- Eng yaxshi erkak roli (Adrien Brody)
- Eng yaxshi rejissura (Roman Polanski)
- Eng yaxshi ssenariy muallifi (Ronald Harwood)
2003-yil BAFTA mukofoti:
- Eng yaxshi film
- Rejisserlarga atalgan Devid Linning mukofoti (Roman Polanski)
2003-yil César mukofoti:
- Eng yaxshi erkak roli (Adrien Brody)
- Eng yaxshi operatorlik ishi (Paweł Edelman)
- Eng yaxshi rejissura (Roman Polanski)
- Eng yaxshi film
- Film uchun eng yaxshi musiqa
- Eng yaxshi rassom ishi
- Eng yaxshi ovoz
Nominatsiyalar
tahrir2003-yil Oscar nominatsiyasi:
- Yilning eng yaxshi filmi
- Eng yaxshi operatorlik ishi (Paweł Edelman)
- Eng yaxshi muharrir (Hervé de Luze)
- Eng yaxshi liboslar dizayni (Anna. B.Sheppard)