Pippa —2023-yil hind tilida su’ratga olingan boʻlib 1971-yilgi Hindiston-Pokiston urushiga aka-ukalari bilan birgalikda sharqiy frontda jang qilgan Hindistonning 45-otliq qoʻshin kapitani Balram Singh Mehta hayotiga bagʻishlangan biografik jangovor film. Suvda boʻsh ‘pippaʼ dek harakatlanuvchi va quruqlikda ham, suvda ham birdek suzuvchi, urush uchun moʻljallangan PT-76 nomi bilan atalgan rus tanki bilan Mehta Bangladesh ozodlik urushida mardonavor jang qilgani tasvirlangan film..1971-yilda Garibpur jangi paytida boʻlib oʻtgan voqealarga asoslangan hayotiy filmdir. Bu filmga Raja Krishna Menon prodyuserlik qilgan. Film RSVP Movies va Roy Kapur Films tomonidan ishlab chiqarilgan, prodyuserlari Ronni Screvvala va Siddharth Roy Kapur[2]. Filmda bosh rollarni Ishaan Xatter, Mrunal Thakur va Priyanshu Painyuli oʻynagan[3]. Film Balram Singh Mehtaning "Yonayotgan tank " nomli urushda mardonavor qatnashgani sababli olingan[4].

Pippa
Rejissyor(lar) Raja Krishna Menon
Prodyuser(lar) Ronnie Screwvala
Siddharth Roy Kapur
Ssenariynavis(lar) Ravinder Randhawa
Tanmay Mohan
Raja Krishna Menon
Rollarda Ishaan Khatter
Mrunal Thakur
Priyanshu Painyuli
Bastakor(lar) A. R. Rahman
Kinematografiya Priya Seth
Muharrir(lar) Hemanti Sarkar
Studiya(lar) RSVP Movies
Roy Kapur Filmi
Distribyutor Amazon Prime Video
Chiqarilgan sanasi
  • 10-noyabr, 2023-yil(2023-11-10)[1]
Davomiyligi 139 daqiqa
Mamlakat Hindiston bayrogʻi Hindiston
Til hindcha

Film 2023-yil 10-noyabr kuni Amazon Prime video da taqdim etildi[1].

Voqealar rivoji tahrir

1971-yil 25-martda Pokiston armiyasi askarlari Dhaka universitetiga bostirib kiradilar va talabalar va xodimlarga toʻsatdan oʻq uzadilar. Pokiston prezidenti Yahyo Xon Bengaliya ommaviy harakatini yoʻq qilish uchun Searchlight operatsiyasini uyushtirdi. Minglab odamlar oʻldirildi va minglab bengal ayollari Pokiston armiyasi tomonidan choʻri sifatida asirlikka olindi. Millionlab odamlar esa chegaradan Hindistonga qochib ketishgan.

45-otliq qoʻshin kapitani Balram Singh Mehta „Pippa“ nomli PT-76 tanki bilan qurollangan yosh ofitseri. Uning xulqida baʼzi kamchiliklar boʻlib, mansabdor kishilar bilan koʻpincha kelisha olmaydi. Uning katta akasi Ram Mehta, ukasini shu sifatlar bilan tarbiyalagan. Radha Mehta, singlisi va onasi Maati bilan Dehlida yashaydi.

Bir kuni Ram yaqinlashayotgan urushga tayyorgarlik koʻrish uchun chaqiriladi. Kapitan Balram intizomsizlik bilan frontga borishdan voz kechadi, ishxonada ishlash uchun qoladi, qolganlar esa frontga olib ketiladi. Shu bilan birga, Radha cryptography yaxshi ekanligini isbotlab, dushman xabarlarini tarqatib beradigan va maxfiy maʼlumotlarni yigʻuvchi tashkilotga ishga kiradi.

Mayor Ram soxta nom bilan Sharqiy Pokistonga (Bangladesh) kirib, Mukti Bahini oʻqitish va unga operatsiyani oʻzi boshqarishlarini maslahat beradi. Kapitan Balramga esa muvoffaqiyatli PT-76 tankini boshqarish buyurildi. Nazorat davomida Harbiy qoʻmondon Sam Manekshaw uning kiritayotgan yangiliklaridan xursand boʻlib, uni oʻz harbiy boʻlinmasiga qabul qiladi.

Mayor Ram Pokiston armiyasiga qarshi bir qator muvaffaqiyatli operatsiyalarda Mukti Bahini qoʻshinini boshqaradi. Biroq, operatsiyalarning birida uning xiylasi oshkor boʻladi. Keyin uni bir lagerga olib ketishadi va undan maʼlumot olish uchun qiynashadi. Ammo, u azob-uqubatlarga chidaydi va shaxsiy yoki boshqa maʼlumotlarni ham oshkor qilmaydi.

Kapitan Balramning askarlari 14-Punjab batalion bilan birga chegara oʻtadi va Garibpur jangida Pokiston qoʻshinlariga qarshi jang qiladi. Urushda kapitan Balramning katta ofitseri va eskadron komandiri mayor Daljit „Chiefy“ Singh Narang jangida oʻldirilgan. Kapitan Balram oʻz qoʻshinini muvoffaqiyatli gʻalaba sari undaydi.

Biroz oʻtgach, Radha tomonidan xabar keladi, maʼlumotlarga koʻra, mayor Ram tovsatdan gʻoyib boʻladi. Bir Bengal ofitseri Pokiston armiyasiga qarshi isyon koʻtargani uchun qamoqqa olinganligi va muayyan xujrada asirlikda saqlanayotganini aytadi.

Radha, shuningdek, AQShning yettinchi flotida Pokistonni qoʻllab-quvvatlash uchun bir guruh askarlar Sharqiy Pokiston tomon harakatlanayotganini koʻrsatilgan xabarni ham tarjima qiladi. AQSh kemalarining hujumga yetib kelishi , Pokistonning taslim boʻlishiga va Hindistonni shubxasiz gʻalaba qozonishini taʼminladi.

Kapitan Balram qoʻshini Mukti Bahini bilan aloqada boʻladilar. Mayor Ramni hech qanday maʼlumotni oshkor qilmasligiga ishonishgan, ammo Mukti Bahini isyonchilari uni oʻldirishga harakat qiladilar. Ammo kapitan Balramning tanklari kelib, Pokiston qoʻshini bilan jang qiladilar va qoʻlga oladilar va choʻri sifatida olib ketilgan Bengaliyalik koʻplab ayollarni ozod qiladilar. Mayor Ram ham ozod qilindi va kapitan Balram bilan birlashdi.

Koʻp oʻtmay, Pokiston armiyasi taslim boʻldi va Bangladesh mustaqil boʻldi. Mayor Ram, kapitan Balram va Radha ona Vataniga qaytishdi.

Film aktyorlari tahrir

  • Ishaan Khatter kapitan Balram Singh Mehta rolida
  • Mrunal Thakur Radha Mehta rolida
  • Priyanshu Painyuli major Ram Mehta rolida
  • Soni Razdan Maati rolida
  • Inaamulhaq Shibli rolida
  • Bishal Rungta LD Harish rolida
  • Suryansh Patel Ramphal rolida
  • Anuj Singh Duhan „Spyedi“ Tejinder Singh Sidhu rolida
  • Kamal Sadanah — qoʻmondon Sam Manekshaw rolida
  • Chandrachoor Rai mayor Daljit Singh Narag „Chiefy“ rolida
  • Soham Majumdar Anirban Mukherjee rolida
  • Leysan Karimova- Zena rus tilida tarjimoni rolida
  • Neeraj Purohit — mayor Pratap Singh rolida oʻynashgan.

Ishlab chiqarilgan tahrir

Su’ratga olish jarayoni 2021-yil sentyabr oyida boshlandi[5]. 2021-yil oktyabr oyida yakunlandi filmni su’ratga olish yakunlanadi[6].

Soundtrek tahrir

Pippa
A. R. Rahman Soundtrek
Chiqarilgan sanasi 7 Noyabr 2023[7]
Yozib olingan sanasi 2021-2022
Studiya Panchathan Record Inn and AM Studios
Janr film soundtregi belgilari
Davomiyligi 24:29
Leybl Zee Music Company
A. R. Rahman xronologiyasi
Mili
(2022)
Pippa
(2023)
Maidaan
(2024)
Official audio
Pippa - Full Album YouTubeda
Singllari

Film musiqasini A. R. Rahman ijro etgan. „Rampage“ nomi bilan birinchi marotaba 2023-yil 6-noyabr kuni chiqarilgan.

Qoʻshiqlar roʻyhati
NomiMuallif(lar)QoʻshiqchilarDavomiyligi
1.„Rampage“MC HeamMC Heam, Krystal Garib2:46
2.„Main Parwaana“ShelleeArijit Singh5:23
3.„Jazbaat“ShelleeJubin Nautiyal, Shilpa Rao4:17
4.„Karar Oi Louho Kapat“Kazi Nazrul IslamRahul Dutta,Tirtha Bhattacharjee, Pijush Das, Shrayee Paul, Shalini Mukherjee, Dilasa Chowdhury3:28
5.„Mohabbatein Shukriya“ShelleeVishal Mishra, Suzanne D'Mello3:35
6.„Balram's Anagnorisis“MusiqasiA. R. Rahman2:13
7.„The Mines“MusiqasiSarthak Kalyani2:49
Jami davomiyligi:24:29

Qabul qilish tahrir

Veb saytlarni koʻrib chiquvchi Rotten Tomatoes internet kompaniyasi filmni 10 ballik tanqidiy baholashda 50% ijobiy baholab 10 baldan 5.3 bal qoʻyadi.

Manbalar tahrir

  1. „Ishaan Khatter to play an army officer in Ronnie Screwvala & Siddharth Roy Kapur's new film Pippa“. Bollywood Hungama (2020-yil 14-avgust). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  2. „Ishaan Khatter, Mrunal Thakur and Priyanshu Painyuli together in new film Pippa“. India Today (2020-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  3. Mitra, Shilajit. „Ishaan Khatter and team on 'Pippa': Patriotism is not about hating somebody else“ (2023-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 18-noyabr.
  4. „Ishaan Khatter, Mrunal Thakur starrer Pippa to release directly on Prime Video on November 10, watch trailer“. Bollywood Hungama (2023-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.

  1. „Ishaan Khatter, Mrunal Thakur, Priyanshu Painyuli's war-drama Pippa to begin shoot in September“. Bollywood Hungama (2021-yil 26-iyul). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.

  1. „Pippa First Look: Ishaan Khatter all set for liberation, the war film goes on floors“. Bollywood Hungama (2021-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.

  1. „Mrunal Thakur wraps up Pippa shoot, says I have grown as an actor“. Hindiston (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.

  1. „Pippa: Ishaan Khatter, Mrunal Thakur Twin in Black at Film's Wrap Up Party“. Yangiliklar 18 (2022-yil 16-aprel). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.

  1. „Pippa - Rotten Tomatoes“. www.rottentomatoes.com (2023-yil 10-noyabr).


Havolalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Ishaan Khatter, Mrunal Thakur starrer Pippa to release directly on Prime Video on November 10, watch trailer“. Bollywood Hungama (2023-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  2. „Ishaan Khatter to play an army officer in Ronnie Screwvala & Siddharth Roy Kapur's new film Pippa“. Bollywood Hungama (2020-yil 14-avgust). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  3. „Ishaan Khatter, Mrunal Thakur and Priyanshu Painyuli together in new film Pippa“. India Today (2020-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  4. Mitra, Shilajit. „Ishaan Khatter and team on 'Pippa': Patriotism is not about hating somebody else“. The Hindu (2023-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 18-noyabr.
  5. „Ishaan Khatter, Mrunal Thakur, Priyanshu Painyuli's war-drama Pippa to begin shoot in September“. Bollywood Hungama (2021-yil 26-iyul). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  6. „Pippa: Ishaan Khatter, Mrunal Thakur Twin in Black at Film's Wrap Up Party“. News18 (2022-yil 16-aprel). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  7. „Pippa – Original Motion Picture Soundtrack“. Jiosaavn (7 noyabr 2023).