Piri Mehmed posho masjidi (turkcha: Piri Mehmet Paşa Cami) – Turkiyaning Istanbul viloyati, Silivri shahrida Usmonlilar davrining 1530–1531-yillarida vazir Piri Mehmed posho tomonidan bunyod etilgan masjid.

Masjid
Piri Mehmed posho masjidi
turkcha: Piri Mehmet Paşa Cami
Masjid narteksining koʻrinishi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Silivri
Koordinatalar 41°04′24″N 28°14′44″E / 41.07345°N 28.24565°E / 41.07345; 28.24565
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Usmonli meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1530—1531
Gumbazlar soni 1 ta (asosiy gumbaz)
5 ta (narteks gumbazlari)
2 ta (yon gumbazlar)
1 ta (mehrobning yarim gumbazi)
Gumbazlar soni 1 ta (asosiy gumbaz)
5 ta (narteks gumbazlari)
2 ta (yon gumbazlar)
1 ta (mehrobning yarim gumbazi)
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Holati amaldagi

Tarixi

tahrir

Masjid Turkiyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi Istanbul viloyati Silivri tumani markazida joylashgan boʻlib, Usmonlilar imperiyasi vaziri Piri Mehmed poshoning (1518–1523-yillarda xizmat qilgan) buyrugʻiga binoan qurilgan. Inshootning asosiy darvozasi[1][2] ustidagi devorga osib qoʻyilgan yozuvga koʻra, qurilish davri hijriy 937-yilga (1530–1531) toʻgʻri keladi. Majmua meʼmori haqida turli yozuvlar va mish-mishlar mavjud, lekin uning kimligi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Bosh meʼmor – Acem Ali (talaffuzi: Achem Ali).

Arxitekturasi

tahrir
 
Silivridagi Piri Mehmed posho masjidi (oʻrtada) va minbarning qavat rejasi, Istanbul (oʻngda).
 
Masjidning ichki qismi: mehrob (oʻrtada) va minbar (oʻngda).
 
Bezatilgan gumbazning ichki qismi, markaziy qismi arab yozuvida Qurʼon surasi „Oyat al-Kursiy“ („Taxt oyati“) bilan bezatilgan.

Masjid tashqi hovlining oʻrtasida, ayvonda joylashgan, diametri 11.90 m (39.0 ft) oʻlchamdagi qoʻrgʻoshin bilan qoplangan gumbazga ega. Asosiy namozxonaning ikki tomonida ikkita gumbazli hujra mavjud boʻlib, ularning har biri tashqi va ichki eshiklarga ega. Har ikkala hujraning janubida tashqi tomonga, shimolida esa narteksga (ichki vestibyul) ochiladigan derazasi bor. Gumbazlarning ichki qismi, arklar, devorlar va, ayniqsa, derazalar atrofi qoʻlda chizilgan bezaklar bilan bezatilgan. Asosiy gumbazning ichki qismiga „Oyatal kursi“ („Taxt oyati“) bitilgan. Binoning shimoli-gʻarbiy qismida balkonli minora boʻlib, unga masjidning ichkari qismidan kirish mumkin. Hovli oʻrtasida tomlari piramidasimon, rux bilan qoplangan sakkiz qirrali shodirvon (masjidlarda tahorat olinadigan, atrofidagi jo’mraklardan su oqadigan usti ochiq, kichik hovuz) joylashgan boʻlib, 1966—1971-yillarda olib borilgan restavratsiya ishlari davomida qurilgan.

Masjid majmuasi sayohatchilar uchun uch kungacha tunash mumkin boʻlgan turar-joy binosi, mehmonxona, imorat, oshxona, ovqatlanish xonasi, oʻtinxona, bolalar maktabi (4 yoshdan 7 yoshgacha), toʻqqiz xonali madrasa, Belgrad qal’asidan qaytgan askarlar uchun mehribonlik uyi va xizmat binosidan iborat boʻlgan. Mazkur inshootlar faoliyatini davom ettirish maqsadida masjid majmuasiga ekin maydonlari, tegirmon, quduq va fermer xoʻjaligidan tashqari oʻnga yaqin doʻkon vaqf qilingan.

Yozuvlardan koʻrinib turibdiki, 1765 va 1895-yillarda masjidda ikki marotaba katta restavratsiya ishlari amalga oshirilgan. Hijriy 1313-yildagi (1895–1896) restavratsiya davomida narteksning oʻrta gumbaziga yozuvlar ishlangan. Binoni qayta tiklash davomida olingan yozuvlarga koʻra, minora meʼmorchilikning barokko usulida yaratilgan namunalardan biri hisoblanadi.

Savdogarlar uchun turar-joy binosi sifatida xizmat qilgan mehmonxona masjid yaqinida XVIII asrda qurilgan. Mehmonxona oldidagi suv oqib o'tuvchi truba va favvora 1940-yillarda olib tashlangan.

Masjid hovlisida barokko va neoklassik uslubda yaratilgan favvora hoji Ismoil ogʻa nomi bilan atalgan. Hovlining janubiy qismidagi tayanch devorda joylashgan yana bir favvora 1990-yillarda masjidga bir koʻcha naridagi hududdan koʻchirib oʻtkazilgan.

 
Masjid qabristonida vazir Piri Mehmed poshoning sarkofagi

Masjid majmuasining qabristoni devor bilan oʻralgan boʻlib, qibla tomonga qaragan holda qurilgan. Dastlab qabriston hovlida keng maydonni egallagan, ammo keyinchalik uning hududi 12 m × 23 m (39 ft × 75 ft)ga qisqartirilgan. Piri Mehmed poshoning marmar sarkofagi qabristonning shimoli-sharqiy burchagida oʻgʻli Muhyiddin Mehmed Rashid afandining sarkofagi bilan yonma-yon joylashgan.

Bugungi kunda

tahrir

1961—1971-yillar orasida Vaqflar Bosh boshqarmasi Piri Mehmed posho masjidida restavratsiya ishlarini amalga oshirgan, shundan keyin masjid holati ancha yaxshilangan.

Bugungi kunga kelib nafaqat masjid, shuningdek, bolalar uyi va madrasaning bitta xonasi ham saqlanib qolgan.

Masjidning soʻnggi taʼmirlash ishlari 2013-yil aprel oyida boshlangan[3], 2016-yil 3-iyunda esa tashrif buyuruvchilar uchun ochib qoʻyilgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. „Silivri Piri Mehmet Paşa Külliyesi“ (tr) (2018-yil 23-iyul). Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.
  2. „Pîrî Mehmed Paşa Külliyesi“ (tr). İslam Ansiklopedisi. Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.
  3. „Piri Mehmet Paşa Camii tekrar ibadete açıldı“ (tr) (2016-yil 3-iyun). Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  4. „Piri Mehmet Paşa ibadete açıldı“ (tr) (2016-yil 6-iyun). Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.