Pisandi tahallusidagi, asl ismi Avazmuhammad Yormuhammad oʻgʻli, oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan oʻzbek shoiri va yozuvchisidir.

oʻzbekcha: Pisandiy / Писандий / پسندی
forscha: پسندی
Asl ismi Avazmuhammad Yormuhammad oʻgʻli
Tavalludi 1816-yil
Vafoti 1918-yil
Qoʻqon, Fargʻona viloyati, Turkiston
Taxallusi Pisandiy
Ijod qilgan tillari Fors va Oʻzbek tillari
Fuqaroligi Qoʻqon xonligi va Rossiya Imperiyasi
Yoʻnalish Yozuvchi

Biografiya

tahrir

1816-yilda Qoʻqon xonligining Qoʻqon shahrida, Mulla Boshman mahallasida, hunarmand atlas toʻquvchi oilasida tavallud topgan. Avazmuammad yoshligidan oilaviy hunarni o‘rgangan. Boshlangʻich taʼlimni mahalla masjidi imomidan, soʻngra qolgan taʼlimini Qoʻqondagi madrasada Oxun devonida olgan. U yoshligidanoq nazmga, sheʼriyatga qiziqa boshlagan. Fors va turkiy tilidagi sheʼriyat tarixini o‘rgangan. Oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar yozgan. U tarixga ham juda qiziqdi, tarixiy mavzularda bir qator qoralamalar yozdi.

Pisandi 1918-yili, 102 yoshida, ehtimol, Qo‘qon shahrida vafot etgani haqida maʼlumotlar bor. U o‘zbek satirik sheʼriyatining yorqin namoyandalaridan biridir. U koʻplab oʻzbek va tojik shoir va yozuvchilari bilan tanish boʻlgan, Oʻrta Osiyoning koʻplab shaharlarida boʻlgan.

Havolalar

tahrir