Pocitos

Montevideodagi hozir mavjud boʻlmagan futbol stadioni

"Pocitos" stadioni (ispancha: Estadio Pocitos) — Urugvay poytaxti Montevideodagi hozirda buzib tashlangan koʻp funksiyali stadion. 1921-yildan 1933-yilgacha arena koʻproq „Penyarol“ klubining futbol oʻyinlari uchun ishlatilgan[1].

Pocitos
Toʻliq nomi Estadio Pocitos
Joyi Montevideo,  Urugvay
Qachon qurilgan 1921-yil
Qachon ochilgan 1921-yil
Qachon yopilgan 1940-yil
Yuzasi tabiiy maysa
Hajmi 1 000
Maydon oʻlchami 109 × 75 m
Maydon egalari
„Penyarol“ (1921—1933)

Aynan shu arenada 1930-yilda futbol boʻyicha Jahon chempionatining ilk oʻyini oʻtkazilgan edi. Shu joyda tomoshabinlar turnir tarixidagi ilk golni ko‘rishdi — 19-daqiqada Fransiya — Meksika uchrashuvida fransiyalik futbolchi Lyusen Loran gol urdi[2]. Birinchi goldan so‘ng fransuzlar o‘z ustunligini oshirishdi va uchrashuv 4:1 hisobida o‘z foydasiga hal bo‘ldi. Keyinchalik, stadionda yana bir chempionat oʻyini boʻlib oʻtdi, unda ruminiyaliklar peruliklarni ishonchli tarzda 3:1 hisobida magʻlub etishdi.

1930-yillardagi chempionatdan soʻng, Peñarol Centenarioda oʻynay boshlaganligi sababli arena keraksiz boʻlib qoldi va shuning uchun Pocitos stadioni buzib tashlandi. Bugungi kunda uning oʻrnida faqat yodgorlik belgisi qolgan.

Ushbu stadion qadimgi Yunoniston teatri modelidan olingan elliptik tribunalarni oʻz ichiga olgan birinchi futbol stadionlaridan biri edi. Maʼlumotlarga koʻra, Centenario ushbu stadionning „gigant versiyasi“ boʻlishi rejalashtirilgan edi. Pocitos stadioni tarixdagi 40 ta eng nufuzli stadionlar kitobiga kiritilgan.

1930-yilgi Jahon chempionati tahrir

1930 yilgi Jahon chempionati doirasida ushbu stadionda ikkita oʻyin boʻlib oʻtdi:

A guruhi


13-iyul, 1930-yil(1930-07-13)
15:00 (UTC −3)
  Fransiya 4:1   Meksika Pocitos, Montevideo
Tomoshabinlar: 3 000
Hakam:   Domingo Lombardi
Loran   19'
Langiller   40'
Maschinot   43'87'
Carreno   70'

C guruhi


14-iyul, 1930-yil(1930-07-14)
14:50 (UTC −3)
  Ruminiya 3:1   Peru Pocitos, Montevideo
Tomoshabinlar: 2 000
Hakam:   Alberto Warnken
Deşu   1'
Stanciu   79'
Kovacs   89'
Luis de Souza Ferreyra   75'

Boshqa muhim oʻyinlar tahrir

Stadion 1920-yillarda Britaniya futbol klublarining Janubiy Amerikaga safari chog‘ida bir necha o‘rtoqlik o‘yinlariga mezbonlik qilgan. Pocitosda quyidagi oʻyinlar oʻtkazilgan:

Sana Maqomi Jamoa Hisob Jamoa
1923-yil 19-iyun Oʻrtoqlik   Urugvay
1–1
  Third Lanark
1923-yil 4-iyul Oʻrtoqlik   Penyarol
2–0
  Third Lanark
1924-yil 31-avgust Urugvay faxriy kubogi   Urugvay
2–3
  Argentina
1928-yil 14-iyun Oʻrtoqlik   Penyarol
1–2
  Motherwell
1929-yil 9-iyun Oʻrtoqlik   Penyarol
1–2
  Chelsea

Manbalar tahrir