Postulat
Postulat (lotincha: „postulatum“ — talab) — biror ilmiy nazariyada isbotsiz qabul qilinadigan, lekin biron asosi boʻlgan prinsip yoki qoida. Postulat, odatda, biror mulohazaga koʻra asoslanadi, ana shu asoslash uning qabul qilinishiga sabab boʻladi. Postulat tushunchasi aksioma tushunchasining sinonimi sifatida ham qoʻllanadi.
Postulat tushunchasi qanday hollarda qoʻllanilishiga qarab turlicha maʼnoni bildiradi. Masalan, birinchi marta geometriyaning izchil aksiomatik bayonini yaratgan Yevklid aksiomalar deb isbotsiz qabul qilingan sof mantiqiy (nogeometrik) qoidalarni (masalan, kiyem butundan kichik), postulat deb esa baʼzi geometrik yasashlarning mumkinligini tasdiqlovchi daʼvolarni tushungan. Gilbert aksiomatikasida esa Yevklidning mashhur V (parallel chiziqlar haqidagi) postulati "parallellik aksiomasi" deb nomlangan[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |