Yevklid yoki Iskandariya Yevklidi[1] (qadimgi yunoncha: Εὐκλείδης — Eukleídēs; mil. av. 3-asrda tugʻilgan) — yunon matematigi; matematika, optika, mexanika, musiqaga oid asarlar muallifi. Yevklid asli tir (Livan)lik boʻlib, Iskandariyada yashab, ijod etgan va u yerda oʻz ilmiy maktabini yaratgan. Asosiy matematik asari — „Negizlar“. Unda Yevklid oʻzigacha Yunonistonda toʻplangan boy matematik materialni mantiqiy tartibga tushirgan, matematikaning kelgusi taraqqiyotiga asos solgan. Bu asar matematika taraqqiyotida muhim oʻrin tutdi. „Shakllarni boʻlaklarga boʻlish toʻgʻrisida“ asarining arabcha tarjimasi saqlanib qolgan.[2]

Oksford universiteti muzeyidagi Yevklidning haykali

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Bruno, Leonard C.. Math and Mathematicians: The History of Math Discoveries Around the World, Baker, Lawrence W., Detroit, Mich.: U X L [1999], 2003 — 125 bet. ISBN 978-0-7876-3813-9. OCLC 41497065. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Qoʻshimcha adabiyotlar tahrir

Havolalar tahrir