Poyanda Muhammad Shoh Axsaviy — (?—1601) — alloma va avliyo. Hazrat Poyanda Muhammad Shoh Axsaviy (Axsikati) Namangoniy naqshbandiya tariqatining rivojiga muhim hissa qo‘shgan shayx, o‘z zamonasining murshidi, sohibkaromat avliyo, ulug‘ tarbiyachi, shoir bo‘lgan. U Axsikat shahrida tug‘ilgan. Axsikat XV asrgacha Farg‘ona viloyatining markazi bo‘lib, bu shaharda ilm maʼrifat va maʼnaviyat rivoj topgan. Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan bu shahar keyin xarobaga aylandi. Ayni shu kunlarda qadimiy Axsikat Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani hududidadir. „Tuhfat az-zoirin“da yozilishicha, Hazrat Shoh Axsaviyning piri murshidi Hazrat Mavlono Xurdi Azizon bo‘lgan. Maʼlumki Hazrat Mavlono Xurdi Azizon Hazrati Maxdumi Aʼzam Dahbediyning muridlari edi. Bu zoti sharifning qabrlari Balxda mashhurdir[1]. Naql etilishicha, Hazrat Poyanda Muhammad yigirma yil uzluksiz har chorshanba xufton namozidan so‘ng Hazrat Bahouddin Naqshband qabrlari yonida muroqabada bo‘lib, yarim tundan so‘ng tahajjud namozini o‘qirdilar. Bir kun Hazrat Bahouddin Naqshband ovozlarini g‘aybdan keldi: „Mullo Poyanda, siz bizning maqbulimiz va do‘stlaringiz ham maqbulimiz va Haqning maqbulidirlar!“. Poyanda Muhammad Shoh Axsaviy Muhammad saidlardan bo‘lib, nasabi Hazrat Imom Husayn raziyaollohu anhuga borib taqaladi. Poyanda Muhammad Shoh Axsi Hazrat Maxdumi Aʼzamning ko‘rsatmasiga muvofiq Buxoroga keladi va shu yerda Naqshbandiya tariqatidan saboq berib, qoladi. Buxoro amirlari, ulamoyu kosiblari Hazrat Shoh Axsining muridlari bo‘lib, u kishining maslahatlariga amal qilgan. Poyanda Muhammad Shoh Axsi Buxoroning Fayzobod mavzesida ulkan xonaqoh qurdirgan. Xonaqoh milodiy 1596-yil qad ko‘targan. Shuningdek, Buxoro shahri Samarqand ko‘chasida Hazrat Poyanda Muhammad katta jomeʼ masjidi, ikki qavatli maktab, gumbazli tahoratxona ham qurdirgan. Bu obidaning nomi Shoh Axsi jomesidir. „Tuhfat az-zoirin“ asarida Poyanda Muhammad Shoh Ahsining qabrlari Fayzobod mavzesida ekanligi yozilgan. Buxoro shahri ichidagi Shoh Axsi masjidi atrofidagi guzarning nomi ham Shoh Axsi deb ataladi. Fayzobod mavzesidagi u qurdirgan xonaqoh Shoh Axsi xonaqohi deyilgan, lekin hozir Fayzobod jome masjidi deb atalmoqda, Mazkur honaqoning kunchiqar tomonida mozoriston bor. Ushbu mozorda Hazrat Poyanda Muhammad Shoh Axsi dafn qilingan[2].

Avliyo

Ism

Poyanda Muhammad Shoh Axsaviy

Tavalludi

Vafoti

1601-yil

Falsafa maktabi


Manbalar

tahrir
  1. Насир ад-Дин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин («Подарок паломникам») Автор перевода с таджикско-персидского, предисловия и комментариев: Халим Тураев. Toshkent: Splendid Idea, 2021 — 204-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet. 

.