Pripyat
Pripyat (belaruscha: Прыпяць, ukraincha: Прип’ять) — Belarus va Ukrainadagi daryo. Dneprning oʻng irmogʻi (Kiyev suv omboriga quyiladi). Uzunligi 775 km, havzasining maydoni 114,3 ming km². Daryoning koʻp qismi Polesye pasttekisligidan oqib oʻtadi. Dekabrda muzlab, martda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — Stoxod, Stir, Gorin, Ubort, Uj, chapdan — Yaselda, Lan, Sluch, Ptich. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 460 m³/sek. Quyilish jo-yidan 500 km da kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi. Baliq ovlanadi. Pripyat boʻyida Pinsk, Petrikov, Mozir, Narovlya, Chernobil shaharlari joylashgan. Pripyat Dnepr—Bug kanali orqali Bug daryosi bilan va Dnepr — Neman kanali orqali esa (Shchara daryosi orqali) Neman daryosi bilan bogʻlangan.[1]
Tavsif | |
---|---|
Uzunligi | |
Suv sarfi | m³/s |
Davlat | Belarus va Ukraina |
Pripyat |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |