Qandli diabetning asoratlari tez (o'tkir) yoki vaqt o'tishi bilan (surunkali) rivojlanadigan va ko'plab organ tizimlariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan muammolarni o'z ichiga oladi. Qandli diabetning asoratlari hayot sifatini sezilarli darajada yomonlashishi va uzoq davom etadigan nogironlikka olib kelishi mumkin. Umuman olganda, qondagi qand miqdori yaxshi nazoratda ushlab turiladigan bemorlarda asoratlar juda kam uchraydi va unchalik jiddiy emas. Qandli diabetning boshlanish yoshi, diabet turi, jinsi va genetikasi kabi ba'zi xavf omillari xavfga ta'sir qilishi mumkin. Boshqa sog'liq muammolari chekish, semizlik, yuqori qon bosimi, yuqori xolesterin darajasi va muntazam jismoniy mashqlar etishmasligi kabi diabetning surunkali asoratlarini kuchaytiradi. Qandli diabetning asoratlari COVID-19 kasalligi uchun kuchli xavf omili ekanligi aniqlandi.

Mikroangiopatiya

tahrir

Kapilyar tomirlarining shikastlanishi mikroangiopatiyaga olib keladi va bu quyidagiasoratlardan birini yoki bir nechtasini keltirib chiqarishi mumkin:

  • Diabetik nefropatiya , surunkali buyrak kasalligiga olib kelishi mumkin bo'lgan buyrak shikastlanishi bo'lib, ohir oqibat buyrak diyalizini talab qilishi mumkin. Qandli diabet kattalardagi buyrak etishmovchiligining eng keng tarqalgan sababidir.
  • Diabetik neyropatiya, g'ayritabiiy va zaif sezuvchanlik, odatda oyoqlardan boshlanadigan "qo'lqop va paypoq" taqsimotida, lekin potentsial boshqa nervlarda, keyinchalik ko'pincha barmoqlar va qo'llarda. Neyropatiya diabetik oyoqqa olib kelishi mumkin. Diabetik neyropatiyaning boshqa shakllari mononevrit yoki otonomik neyropatiya sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Diabetik amyotrofiya - neyropatiya tufayli mushaklarning kuchsizligidir.
  • Diabetik retinopatiya, ko'z retinasida mo'rt va sifatsiz yangi qon tomirlarining o'sishi, shuningdek, makula shishi ( makulaning shishishi), bu ko'rishning jiddiy yo'qolishiga yoki ko'rlikka olib kelishi mumkin bo'lgan kasallik. Rivojlangan dunyoda keksa bo'lmagan kattalar orasida ko'rlikning eng keng tarqalgan sababi retinopatiyadir.
  • Diabetik ensefalopatiya - kognitiv funksiyaning pasayishi va demensiya xavfining ortishi, shu jumladan diabetda kuzatiladigan Altsgeymer kasalligi.
  • Diabetik kardiyomiyopatiya, yurak mushagining shikastlanishi, yurakning bo'shashishi va diastolik disfunktsiya va natijada yurak etishmovchiligiga olib keladi; bu holat qon glyukozasining yuqori darajasidan vaqt o'tishi bilan qon tomirlariga etkazilgan zarardan mustaqil ravishda yuzaga kelishi mumkin.
  • Erektil disfunktsiya : Qandli diabet bilan og'rigan erkaklarda erektil disfunktsiyaning tarqalishining jinsiy aloqa uchun etarli darajada erektsiya mustahkamligiga ega bo'la olmaslik erkaklar orasida 20 dan 85% gachaligi aniqlangan. Erektil disfunktsiyasi bo'lgan erkaklar orasida diabetga chalinganlar diabetga chalinmagan erkaklarga qaraganda 10-15 yil oldin ushbu muammoga duch kelishadi.
  • Periodontal kasallik (milk kasalligi) diabet bilan bog'liq , bu diabetni davolashni qiyinlashtirishi mumkin. Bir qator sinovlar tasdiqladiki, 2-guruh qandli diabetli bemorlarning milk kasalligi ham borligi aniqlangan.

Ko'riladigan choralar

tahrir

Qon bosimini nazorat qilish

tahrir

Qandli diabetning asoratlarini kamaytirish va yaxshilash diabet bilan og'rigan bemorlarning umumiy hayot sifatini yaxshilashi mumkin. Masalan; ko'tarilgan qon bosimi qat'iy nazorat qilinganida, diabet bilan bog'liq o'limlar kamroq nazorat ostida bo'lgan bemorlarga nisbatan 32% ga kamaydi.

Vitaminlar

tahrir

Vitaminlarning diabetik asoratlardagi rolini o'rganish uchun ko'plab tekshiruv va klinik tadqiqotlar o'tkazilgan.

Birinchi Milliy Salomatlik va Oziqlantirish Tekshiruvi (NHANES I) Epidemiologik Kuzatuv Tadqiqotida vitamin qo'shimchalari diabet xavfini 24% ga kamaytirish bilan bog'liqligni aniqladi,bu tadqiqot 20 yillik davomida amalga oshirilgan.

Ko'pgina kuzatuv tadqiqotlari va klinik tadqiqotlar bir nechta vitaminlarni diabetning patologik asoratlarida yordam berishini aniqladi; bu vitaminlarga folat, tiamin, b-karotin va E vitamini, C, B12 va D. kiradi.