Tillarning genealogik tasnifi
Tillarning genealogik tasnifi — tillarning kelib chiqishi va qarindoshligini aniklashga asoslangan tasnif. Dastlabki, ilk asos tildan kelib chiqqan tillar oʻzaro qarindosh tillar hisoblanadi (masalan, hozirgi 20 dan ortiq turkiy tillar dastlabki qadimgi turkiy tilning, hozirgi slavyan tillari esa dastlabki umumslavyan tilining makon va zamondagi variantlaridir). Tillarning genetik qarindoshligi tillar oʻrtasidagi fonetik, grammatik va leksik uxshashliklar tizimini aniklash orqali belgilanadi. T.g.t.ning ilk manbalari, asoslari sifatida M. Qoshgʻariyning turkiy lahja(til)lar boʻyicha, bir qancha arab olimlarining som tillari boʻyicha izlanishlarini koʻrsatish mumkin. T.g.t.ning maydonga kelishi qiyosiytarixiy tilshunoslikning paydo boʻlishi (19-asr) bilan bogʻliq. Bu tasnifda qarindosh tillar kichik guruhchalarga, guruhlarga, oilalarga, baʼzan esa undan kattaroq birliklarga — makrooilalarga yoki til formatsiyalariga (mas., uraloltoy tillari) birlashtiriladi (mas., T.g.t.ga koʻra, oʻzbek tili turkiy tillar oilasining sharqiy guruhiga, rus tili esa hindevropa tillari oilasining slavyan guruhidagi sharqiy slavyan guruhchasiga mansub). Aksariyat tillarni genealogik jihatdan tasnif qilish va ularni u yoki bu oilaga kiritish koʻpincha munozarali boʻladi. Masalan, Kavkaz tillari oilasining mavjudligini hamma olimlar ham tan olgan emas.
Yana qarang
tahrirAdabiyot
tahrir- Benvenist E., Klassifikatsiya yazikov [V kn.: Novoye v lingvistike, voʻp. 3], M., 1963; Teoreticheskiye osnovi klassifikatsii yazikov mira, ch. 1—2, M., 1980—82; Reformatskiy A.A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998.
Abduvahob Madvaliyev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |