Tillarning morfologik tasnifi
Tillarning morfologik (tipologik) tasnifi — tillarni grammatik shakl hosil qilish usullarida farq qilishiga koʻra guruhlarga ajratish; tillarni tipologik tasniflashning bir turi. Bu tasnifga koʻra, tillarning quyidagi turlari ajratiladi: amorf (oʻzak) tillar, maye xitoy, bamana, annam, Jan.Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalklarining talay tillari. Bu tillarning lugʻat tarkibi, asosan, bir boʻgʻinli soʻzoʻzaklardan iborat boʻlib, ularda turlanish, tuslanish xususiyatlari yoʻq. Shu bois ushbu tillarda soʻz yasovchi affikslar, yordamchi soʻzlar vazifasini bajaruvchi yuklamalargina mavjud. Oʻzak tillarda soʻz tartibi muhim ahamiyat kasb etadi.
Morfologik tipologiya | |
---|---|
Soʻz tartibi |
Tillarning morfologik tasnifit. dunyo tillarini muayyan morfologik xususiyatlariga koʻra guruhlash, ularning umumiy chizmasini yaratish jihatlaridan muhim, shu bois u hozir ham oʻz eʼtiborini yoʻqotmagan.
Agglyutinativ tillar
tahrirAgglyutinativ tillar (turkiy, bantu, moʻgʻul, finugor tillari)da soʻzlar oʻzak va unga birikib keladigan affikslardan iborat boʻladi hamda soʻzning morfologik tuzilishi (oʻzak va affiks) aniq ajralib turadi. Bunda har bir affiks bir maʼno, vazifa bilan qatnashadi. Masalan, turkiy tillarda, jumladan, oʻzbek tilida yasama soʻzlar va soʻz shakllari asosga muayyan izchillik bilan affikslar qoʻshish orqali hosil qilinadi va bunda affikslarning har biri uz maʼnosi bilan qatnashadi: terimchilarimizga.
Flektiv tillar
tahrirFlektiv tillar affikslarning oʻzak bilan birikib, unga singib ketishi bilan tavsiflanadi. Bunday tillarda grammatik maʼnolar fleksiya yoʻli bilan ifodalanadi: masalan, arab tilida kitob (birlik) — kutub (koʻplik) yoki rus tilida друг - drug (birlik) — друзья - druzya (koʻplik), ularga hindevropa va som tillari oilalari kiradi. Flektiv tillar sintetik va analitik tillarga ham ajratiladi.
- Sintetik tillarda grammatik maʼnolar (gapda suzlarning uzaro munosabati) shakl yasovchi affikslar vositasida ifodalanadi (mas., rus, nemis tillari).
- Analitik tillarda esa grammatik maʼnolar soʻz shakllari (shakl yasovchi qoʻshimchalar) vositasida emas, balki yordamchi soʻzlar, suz tartibi, ohang yordamida ifodalanadi (mas., ingliz, fransuz, ispan tillari).
Polisintetik tillar
tahrirPolisintetik tillar (masalan, shim. Amerika indeyslari tillari)da asosiy nutq birligi suzgapdir. Tasnif etilgan tillar orasiga qatʼiy chegara koʻyib boʻlmaydi, chunki bir tilda uchraydigan ayrim til hodisalari boshqalarida ham uchrab qolishi mumkin. Mas., Okeaniya tillarini ham amorf tillar, ham agglyutinativ tillar sifatida tavsiflash mumkin.
Adabiyot
tahrir- Kuznetsov P. S, Morfologicheskaya klassifikatsiya yazikov, M., 1954; Teoreticheskiye osnovoʻ klassifikatsii yazikov mira, ch. 12, M., 198082.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |