Qayum Xolmirzayev
Qayum Xolmirzaevich Xolmirzaev (1943-yil 19-iyul, Jalaquduq tumani,Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va oʻzbek davlat va partiya arbobi. 1992-1993 yillarda Andijon viloyati hokimi[1].
Qayum Xolmirzaev | |
---|---|
Andijon viloyati hokimi | |
Mansab davri 21-fevral 1992-yildan – 4-fevral 1993-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Qobiljon Obidov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1943-yil 19-iyul Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Mukofotlari | Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi |
Hayoti
tahrirQayum Xolmirzayev 1943-yil 19-iyulda Andijon viloyati, Jalolquduq tumani, Soʻfi-Qishloq shahrida tugʻilgan. 1975-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini oʻzi tahsil olgan institutning komsomol qoʻmitasi kotibligidan boshlagan. Turli yillarda Toshkent viloyatining Orjonikidze tumanida tuman komsomol qoʻmitasi kotibi boʻlib ishlagan. Toshkent viloyati tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiga rahbarlik qilgan, „Qibray“ sovxozi direktori, partiya ishlarida ham faol boʻlgan. Oʻzbekiston xalq deputati etib saylangan. 1988-yildan 1990-yil 5-martgacha O‘zbekiston KP Andijon viloyat qo‘mitasi kotibi, 1990-yil 5-mart — 1991-yil 14-sentyabr qadar Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida ishlagan[2]. 1990 yil martdan 1992 yil fevralgacha xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi raisi. 1992-yil 21-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni [3] bilan Andijon viloyati hokimi etib tayinlangan hamda 1993-yilning 6-fevraliga qadar ushbu viloyatni boshqargan[4].
Mukofotlari
tahrir1992-yilning 30-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qayum Xolmirzayevni koʻp yillik samarali mehnati, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga qoʻshgan hissasi, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki uchun bilan Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi bilan taqdirlagan [5].
Manbalar
tahrir- ↑ „ХОЛМИРЗАЕВ, Каюм Холмирзаевич | TsentrAziya“. centrasia.org. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-avgust.
- ↑ „"Sovet O‘zbekistoni" gazetasi 1990-yil 6-mart soni "Oblast partiya komitetining plenumi" Qaralgan sana=13.08.2024“ (press.natlib.uz).
- ↑ „"O‘zbekiston ovozi" gazetasi 1992-yil 22-fevral soni "Viloyat hokimi tayinlandi" Qaralgan sana=13.08.2024“ (press.natlib.uz).
- ↑ „"Qishloq haqiqati" gazetasi 1993-yil 9-fevral soni "Q.Xolmirzayevni Andijon viloyati hokimi lavozidan ozod etish to‘g‘risida" Qaralgan sana=13.08.2024“ (press.natlib.uz).
- ↑ „"O‘zbekiston ovozi" gazetasi 1992-yil 31-dekabr soni "Q.Xolmirzayevni O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida" Qaralgan sana=13.08.2024“ (press.natlib.uz).