Obidov Qobiljon Gʻafurovich 1951-yil 20-aprelda Qoʻrgʻontepa tumani, Xonobod qishlogʻida tavallud topgan.

Qobiljon Obidov
Andijon viloyati hokimi
Mansab davri
1997-yil – 2004-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Masharif Yusupov
Vorisi Saʼdulla Begaliyev
Mansab davri
1993-yil – 1996-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulhoshim Mutalov
Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Qayum Xolmirzayev
Vorisi Masharif Yusupov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-aprel 1951-yil (1951-04-20) (72 yosh)
Andijon
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoniMehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi tahrir

Taʼlim tahrir

1972-yilda Andijon mashinasozlik institutining gidromelioratsiya fakultetini tugatgan.

Mehnat faoliyati tahrir

1972—1975-yillarda Andijon suv inshootlari qurilish tresti 3-qurilish-montaj boshqarmasida usta, prorab, yordamchi korxonalar boshqarmasi boshligʻi, 1975—1986-yillarda trest ishlab chiqarish va texnologik jamlashtirish boshkarmasining bosh muhandisi, boshligʻi, 1987—1988-yillarda Andijon suv qurilish trestining boshqaruvchisi, Andijon suv qurilishmontaj ishlab chiqarish birlashmasi boshligʻi, 1988—1992-yillarda Marhamat tumani ijroiya qoʻmitasi raisi, tuman partiya qoʻmitasi 1-kotibi, tuman hokimi, 1992—1993-yillarda Andijon shahar hokimi, 1993—1996-yillarda Andijon viloyati hokimi, 1996—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 1-oʻrinbosari, 1997—2004-yillarda Andijon viloyati hokimi vazifalarida faoliyat yuritgan.
2018-yildan — Andijon viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelmoqda[1]. Obidov rahbarligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim yutuqlarga erishildi, gʻoʻza va bugʻdoy yetishtirishda yangi texnologiyalar (jumladan, gʻoʻzani plyonka ostiga ekish) joriy qilindi va ularning hosildorligi keskin oshdi, yangi sanoat korxonalari, sport inshootlari barpo etildi, aholining turmush darajasini koʻtarish va farovonligini oshirishda muhim ishlar olib borildi. Andijon viloyatida toʻplangan ilgʻor ishlab chiqarish tajribalari mamlakat miqyosida ommalashtirildi.
Qobiljon Odilov 1990—1994-yillarda Oʻzbekiston Oliy Kengashi, 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati etib saylangan.

Mukofotlari tahrir

Qobiljon Obidov 1995-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan, 1998-yilda Oʻzbekiston Qahramoni faxriy unvoni bilan mukofotlangan[2].

Manbalar tahrir

  1. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, 2019-09-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-09-19
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil