Qin Sheng (talaffuzi: Sin Shen) (1986-yil 2-noyabrda Dalyan shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, Xitoy Superligasining „Shanghai Shenhua“ jamoasida oʻynaydi.

Qin Sheng
秦升
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Qin Sheng
Tavallud sanasi 2-noyabr 1986-yil (1986-11-02) (37 yosh)
Tavallud joyi Dalian, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.86 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shanghai Shenhua
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2004 Shandong Luneng
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2008 Qingdao Jonoon 45 (0)
2008—2010 Jiangsu Sainty 58 (2)
2011 Liaoning Whowin 28 (0)
2012—2014 Guangzhou Evergrande 35 (1)
2014 Meizhou Kejia 13 (5)
2015 Liaoning Whowin 24 (1)
2016—2018 Shanghai Shenhua 41 (0)
2018Dalian Yifang (Ijara) 13 (0)
2019 Dalian Yifang 21 (1)
2020 Shanghai Shenhua 12 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2013 Xitoy 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Qingdao Jonoon tahrir

Qin Sheng Dalyan shahrida tugʻilib oʻsgan boʻlsa-da, u 1999-yilda Shandongga koʻchib oʻtgan va Shandong Luneng yoshlar jamoalarida oʻynagan. Qin kattalar jamoasiga kira olmagan. 2005-yilgi mavsum boshida yuqori divizion vakili Qingdao Jonoong jamoasiga qoʻshilgan. Qingdaoda unga kattalar jamoasiga kirish imkoniyati berilgan va 2005-yilning 2-aprelida "Shanghai Shenhua "ga qarshi 2-0 oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazgan[1]. Qingdaoda u 2007-yil 7-aprelda Changchun Yataiga qarshi 2:1 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng murabbiy Yin Tiesheng bilan janjallashib qolgan va jamoada oʻz oʻrnini yoʻqotgan[2]. Keyingi mavsumda, Shandong yoshlar boʻyicha sobiq murabbiyi Guo Kanfeng jamoani boshqarishga kelganida, Qinga jamoada yana bir imkoniyat berilgan, ammo Qin bu imkoniyatdan foydalana olmagan va ligada bor-yoʻgʻi sakkizta oʻyinida maydonga tushgan.

Jiangsu Sainty tahrir

2008-yil sentabrida Qin 1 million yevro evaziga ikkinchi divizion vakli „Jiangsu Sainty“ klubiga oʻtgan va 2008-yil 27-sentyabrda „Chongqing Lifan“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan[3]. Liga davomida Qin oʻzining birinchi golini 2008-yil 31-oktyabrda Shanghai East Asia jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan[4]. Mavsum oxiriga kelib, Qin ligada yettita oʻyinda qatnashib, bitta gol urgan, Jiangsu divizion chempionligini qoʻlga kiritgan holda yuqori divizionga koʻtarilgan[5].

Liaoning Whowin tahrir

Qin 2011-yilning yanvarida erkin agent sifatida Liaoning Whowinga koʻchib oʻtgan[6]. Qin klubda bir mavsum oʻynagan va 2011-yilgi mavsumni munosib oʻtkazgan, 28 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Guangzhou Evergrand tahrir

Qin 2012-yilning 10-yanvarida „Guangzhou Evergrand“ga oʻtgan. 2012-yilning 3-fevralida u 2012-yil Marbella kubogi doirasidagi CSKA Moskvaga qarshi oʻyinda (1:0) „Guangzhou“ safidagi ilk golini kiritgan. 2012-yilning 25-fevralida u Xitoy Superkubogi uchun „Tianjin Teda“ga qarshi oʻyinda (2:1) „Guangzhou“ safida rasman debyut qilgan va 59-daqiqada Zhao Xurining oʻrniga maydonga tushgan. Qin ligadagi debyutini mavsumning uchinchi turida 2012-yil 25-mart kuni „Henan Construction“ga qarshi yettinchi liga oʻyinida „Guangzhou“ uchun birinchi ligadagi golini urgan.

Qin 2014-yilgi mavsum boshida jamoa bosh murabbiyi Marselo Lippi bilan janjallashgan soʻngra murabbiylar shtabi aʼzosi bilan janjallashib qolgan va Lippi buni noprofessionallik deb hisoblab uni zahira futbolchisiga aylantirgan[7][8]. U Guangzhou tomonidan isteʼfoga chiqarilgan va 2014-yilning iyul oyida Xitoyning ikkinchi ligasi vakili Meizhou Kejia bilan yarim yillik shartnoma imzolagan[9].

Liaoningga qaytish tahrir

Shanhai Shenhua bilan muvaffaqiyatsiz mavsumdan soʻng, Qin 2015-yil 27-fevralda Liaoning Whowinga qaytgan[10]. U 2015-yil 7-mart kuni „Guizhou Renhe“ ga qarshi oʻyinda maydinga tushib, 4-daqiqada Chukaning gʻalaba goliga assistentlik qilgan[11]. U Liaoning uchun birinchi golini 2015-yilning 21-martida Shijiazhuang Ever Brightga qarshi oʻyinda kiritgan[12]. 2015-yilning 24-may kuni „Chongqing Lifan“ga qarshi oʻyinda Qin tezda jarima zarbasini amalga oshiribgolga assistentlik qilgan[13]. 2015-yilgi mavsumda u 24 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Shanghai Shenhua tahrir

2016-yilning 15-yanvarida Qin Xitoy Superligasi vakili „Shanghai Shenhua“ga oʻtgan[14]. U 2016-yilning 5-mart kuni „Shanhai“ safida „Yanbian Funde“ga qarshi oʻz uyida 1:1 hisobida durang oʻynagan[15]. U 2016-yilgi mavsumda 13 ta sariq kartochka olgan, shulardan 11 tasi ligada va ikkitasi FA kubogida, bu ligadagi eng yuqori koʻrsatkich hisoblangan. 2017-yilning 11-martida Qin „Tianjin Quanjian“ga qarshi liga oʻyinida Axel Vitselni ataylab qoʻpollik ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan[16]. Qin 300 000 ¥ miqdorida jarimaga tortilgan va ertasi kuni klub tomonidan zaxira jamoasiga tushirilgan[17].

Dalian Yifang tahrir

2018-yilning 21-iyunida Qin mavsumning qolgan qismi uchun oʻz shahrining „Dalian Yifang“ klubiga ijaraga berilgan[18]. 2018-yilning 7-iyulida u Xitoy FA kubogi chorak finalining birinchi oʻyinida „Sichuan Jiuniu“ga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan[19]. U 2018-yilning 18-iyulida „Hebei China Fortune“ga qarshi oʻyinda 0:0 hisobida durang oʻynagan va 75-daqiqada Zhou Ting oʻrniga maydonga tushgan[20]. 2018-yilning 24-iyulida u Xitoy FA kubogi chorak finalining javob uchrashuvida „Sichuan Jiuniu“ga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi golini — penaltidan kiritgan[21].

Qin 2019-yil 13-fevralda Dalian Yifangga transfer qilingan[22].

Xalqaro faoliyati tahrir

Qin 2012-yil 22-fevral kuni Xitoy terma jamoasi safida Quvaytga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. 2013-yilning 11-iyunida u Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Jonathan de Guzmanga qoʻpollik qilgani uchun qizil kartochka olgan[23]. Qin oʻzining soʻnggi xalqaro oʻyinini 2013-yil 15-iyun kuni Tailandga qarshi oʻtkazgan[24].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Qingdao Jonoon 2005 Xitoy Super Ligasi 16 0 0 0 1 0 - - 17 0
2006 16 0 1 0 - - - 17 0
2007 5 0 - - - - 5 0
2008 8 0 - - - - 8 0
Jami 45 0 1 0 1 0 0 0 0 0 47 0
Jiangsu Sainty 2008 Xitoy Birinchi Ligasi 7 1 - - - - 7 1
2009 Xitoy Super Ligasi 23 0 - - - - 23 0
2010 28 1 - - - - 28 1
Jami 58 2 0 0 0 0 0 0 0 0 58 2
Liaoning Whowin 2011 Xitoy Super Ligasi 28 0 1 0 - - - 29 0
Guangzhou Evergrande 2012 21 1 4 0 - 5 0 1 0 31 1
2013 14 0 3 0 - 7 0 0 0 24 0
2014 0 0 0 0 - 0 0 1 0 1 0
Jami 35 1 7 0 0 0 12 0 2 0 56 1
Meizhou Kejia 2014 Xitoy Ikkinchi Ligasi 13 5 1 0 - - - 14 5
Liaoning Whowin 2015 Xitoy Super Ligasi 24 1 1 0 - - - 25 1
Shanghai Shenhua 2016 27 0 3 0 - - - 30 0
2017 5 0 4 0 - 1 0 - 10 0
2018 9 0 1 0 - 4 0 1 0 15 0
Jami 41 0 8 0 0 0 5 0 1 0 55 0
Dalian Yifang (Ijara) 2018 Xitoy Super Ligasi 13 0 4 1 - - - 17 1
Dalian Yifang 2019 21 1 3 0 - - - 24 1
Shanghai Shenhua 2020 12 0 1 0 - 4 0 - 17 0
Karyerada jami 290 10 27 1 1 0 21 0 3 0 342 11

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Jiangsu Sainty

  • Xitoy Birinchi ligasi : 2008[25]

Guangzhou Evergrand

Shanghai Shenhua

  • Xitoy FA kubogi : 2017[27]

Manbalar tahrir

  1. „谢晖头顶脚踢献回归大礼 申花2比0中能获开门红“. sports.sohu.com (2-aprel 2005-yil). Qaraldi: 9-avgust 2012-yil.
  2. „"叛将"埃尔维斯两度破门 青岛1–2长春“. sports.sohu.com (7-aprel 2007-yil). Qaraldi: 9-avgust 2012-yil.
  3. „江苏2–1重庆提前7轮升超 14年后返顶级联赛 贺“. sports.sohu.com (27-sentabr 2008-yil). Qaraldi: 9-avgust 2012-yil.
  4. „外援双马建功东亚失点球 上海1–4江苏遭遇3连败“. sports.sohu.com (31-oktabr 2008-yil). Qaraldi: 9-avgust 2012-yil.
  5. „China 2008“. rsssf.com (3-aprel 2009-yil). 2010-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2012-yil.
  6. „辽足新赛季第一签! 江苏悍将自由身返乡加盟球队“. sports.sina.com.cn (5-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 9-avgust 2012-yil.
  7. „教父里皮这2年:与米卢聊中国姑娘 秦升怎被废“. sports.sohu.com (17-may 2014-yil). Qaraldi: 10-fevral 2015-yil.
  8. „专访秦升:请假陪产被里皮批不职业 总说我不争气“. sports.163.com (12-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 10-fevral 2015-yil.
  9. „秦升与恒大解约零转会费加盟中乙队 合同只签半年“. sports.sina.com (7-iyul 2014-yil). Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  10. „辽宁官宣签六将 秦升杨超声携挪超铜靴加盟“. sports.sina.com (27-fevral 2015-yil). Qaraldi: 28-fevral 2015-yil.
  11. „中超-秦升助攻邱卡头槌闪击 辽足客场1-0胜贵州“. sports.163.com (7-mart 2015-yil). Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  12. „3场1球1助!秦升变"利器" 进球+吼裁判他无所不能“. sports.163.com (21-mart 2015-yil). Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  13. „中超-秦升快发偷袭造奇葩任意球 宏运1-1力帆“. sports.sina.com (24-may 2015-yil). Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  14. „申花官宣三内援:秦升携国脚中卫加盟“. sports.sohu.com (2016-yil 15-yanvar). Qaraldi: 16-yanvar 2016-yil.
  15. „河太均建功登巴巴点射救主 申花1-1富德“. sports.sohu.com (5-mart 2016-yil). Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  16. „Witsel stamped on, spared a red and scores in draw with Tevez's Shenhua“. Yahoo (11-mart 2016-yil). Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  17. „Shenhua’s Qin pays price for Witsel stamp“. Shanghai Daily (13-mart 2016-yil). Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  18. „申花官方宣布秦升租借至大连效力 重返家乡踢球“. sports.sina.com (21-iyun 2018-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  19. „秦升:年轻队员有些紧张 希望主帅带队完成目标“ (xitoycha). Sina (7-iyul 2018-yil). Qaraldi: 8-iyul 2018-yil.
  20. „中超-先知补时失点盖坦破门被吹 一方0-0华夏“ (xitoycha). Sina (18-iyul 2018-yil). Qaraldi: 26-iyul 2018-yil.
  21. „足协杯-秦升点射崔明安世界波 一方总分5-0进4强“ (xitoycha). Sina (24-iyul 2018-yil). Qaraldi: 26-iyul 2018-yil.
  22. „一方官宣5悍将加盟:二赵归乡李建滨来投 买断秦杨“ (xitoycha). sports.sina.com (13-fevral 2019-yil). Qaraldi: 14-fevral 2019-yil.
  23. „范佩西点杀斯内德脚后跟 秦升染红国足0比2荷兰“. sports.sina.com (11-iyun 2013-yil). Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  24. „耻辱!国足1-5泰国遭热身4连败 史上最惨输球“. China Daily (15-iyun 2013-yil). Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  25. „积分-重庆冲超成功 毅腾负江苏不幸降级(11.15)“. sports.sohu.com (15-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 6-avgust 2019-yil.
  26. „足协杯-张琳芃传射8024两球 恒大总分5-3贵州夺冠“. Sports.sina.com.cn (18-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.
  27. „足协杯-马丁斯轰世界波 申花总分3-3上港夺冠“. sports.sina.com.cn (26-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 16-avgust 2019-yil.