Qirgʻiylar
(Qirg'iylardan yoʻnaltirildi)
Qirgʻiylar — qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub yirtqich qush. Yevropa, Osiyo, Shim. Amerikaning oʻrmon, Afrikaning shim.gʻarbiy qismidagi togʻ zonalarida tarqalgan. Tanasining uz. 52—70 sm, ogʻirligi 0,55—1,8 kg. Modasi naridan yirik. Qanoti qisqa va keng , dumi uzun. Usti koʻkimtir-kulrang , qorni koʻndalang yoʻlli oq yoki sargʻish. Uyasini daraxtlarga yasaydi. 3— 4 ta tuxum qoʻyib, 35 kuncha bosadi. qirgʻovul, kaklik, oʻrdak, qur, quyon, ol-maxon va boshqa bilan oziqlanadi. Ovchilik xoʻjaliklariga bir oz zarar yetkazadi.[2]
Biologik klassifikatsiya | |
---|---|
| |
Falco nisus[1] Carl Linnaeus, 1758 | |
Hieraspiza Kaup, 1844 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Accipitridae“. aviansystematics.org. The Trust for Avian Systematics. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
- ↑ "Qirgʻiylar" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil