Qiyma
Qiyma, deb maydalangan goʻshtga aytiladi. Qiyma goʻsht qiymalagich yoki pichoq yordamida tayyorlanadi. Bunda goʻshtga piyoz yoki sarimsoq qoʻshish mumkin.
Qiymadan kotlet, pashtet pishirish mumkin; uni guruch bilan aralashtirib tok oshi, karam doʻlma masalligʻi sifatida ishlatish mumkin. Boshqa masalliqlar bilan qiyma dimlama[1], gamburger[2], chuchvara kabi taomlar pishirsa boʻladi.
Xavfsizlik
tahrirQiyma yaxlit goʻshtdan zararli bakteriyalarni koʻproq yigʻishi mumkinligi bilan farqlanadi. Sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitda goʻsht qiymalash bungacha toza boʻlgan goʻsht parchalarida mikroblar koʻpayishiga olib keladi; 1993-yili AQSh tamaddixonalaridan birida shunday qiymalangan goʻshtdan qilingan gamburgerlar tufayli yuzlab odamlar zaharlangan, ulardan toʻrt nafari halok boʻlgan[3].
Sanoat sharoitlarida tayyorlangan qiyma undagi bakteriyalarni oʻldirish uchun nurlantiriladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Qiyma dimlama[sayt ishlamaydi]
- ↑ Qiyma goʻshtdan gamburger
- ↑ Case Study: Jack in the Box E. coli crisis(ingl.)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |