Qizil ariq
Qizil ariq — Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.
Qizil ariq | |
---|---|
Shaharcha | |
40°27′22″N 71°39′9″E / 40.45611°N 71.65250°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Fargʻona viloyati |
tuman | Qoʻshtepa tumani |
Hukumat | |
Iqlim turi | Moʻtadil |
Milliy tarkib | oʻzbeklar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Tarixi
tahrirMargʻilon tarixi bilan chambarchas bogʻliq. Tarixi taxminan XVIasrlarga borib taqaladi. Bunga sabab Buyuk Sohibqiron Amir Temur davrida shaharlar yiriklashgan va qalʼalarda aholi soni ortgan. Buning natijasida esa qalʼa aholisini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash muammosini keltirib chiqargan.Shu sababli aholini maʼlum bir qismi shu hududga koʻchgan.Shuning uchun u yerdagi hozirgi yashayotgan aholining kelib chiqishi asosan Margʻilonlik aholi qatlami hisoblanadi.Qadimda aholi asosan hunarmandchilik, aravasozlik, dexqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullangan. Eng yaxshi taraqqiy etgan soha bogʻdorchilik va dexqonchilikdir. Bunga sabab suv bilan yaxshi taʼminlanganligidir. Oʻsha paytdagi boshqa hududlar suv bilan yaxshi taʼminlanmagan edi faqatgina Fargʻona katta kanali qurilgandan soʻng aniqrogʻi 1939-yilning avgust oyidan keyin boshqa hududlar suv bilan taʼminlangan. Qizil ariq hududga suv hozirgi Eshonguzar hududidan boshlanuvchi yerosti sizot suvlari orqali taʼminlaydi. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |