Qiziltepa (shahar xarobasi)
Qiziltepa — miloddan avvalgi 9—4-asrlarga oid shahar xarobasi. Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani hududida, Qizilsuv daryosining oʻng sohilida. G. A. Pugachenkova rahbarligidagi Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan oʻrganilgan (1971-yil). Q. rejasi toʻrtburchak shaklida (420×360 m) boʻlib, maydoni 16 ga. Q. jan.sharq va jan.gʻarb tomondan poydevori 10 m qalinlikda, (paxsa va xom gʻishtdan) asosi doira shaklida boʻlgan tekis minoralari bor qalin devor bilan oʻralgan. Devor va minoralarda oʻq otish shinaklari bor. Devor atrofiga xandak qazilgan. Q. uch qismdan iborat: 1) Q.ning jan.gʻarbiy qismidagi bal. 10 m ga yaqin tepalikka quqilgan ark va hukmdorlar saroyi; 2) shaharning oʻz hududi; 3) shaharning jan.sharqiy devoridan tashqarida joylashgan, umumiy maydoni 4—5 gektar boʻlgan hudud. Tadqiqotlar Q.da hayot 3 asosiy davrga boʻlinganini koʻrsatadi. Q.1 (miloddan avvalgi 9—7-asrlar); Q.2 (miloddan avvalgi 7—5-asrlar); Q.Z (miloddan avvalgi 5—4-asrlar). Q.2 davrida hayot birmuncha rivojlangan. Bu davrda Q.ga kishilar koʻplab koʻchib kela boshlagan. Qalʼa qoʻrgʻonida paxsa va xom gʻishtdan qator hashamatli imoratlar qurilgan.
Q.dan har xil qurollar (yorgʻuchoq hovoncha, oʻgʻir dasta, oʻroq), toʻq qizil rang angob bilan sirlangan silindrsimon tirgakli idish, uy hayvonlari suyaklarining koʻplab topilishi dehqonchilik, kulolchilik va chorvachilikning jadal yuksalganidan darak beradi.
Miloddan avvalgi 4-asrda Q. Aleksandr (Iskandar Maqsuniy) qoʻshinlarining yurishi vaqtida butunlay vayron qilingan.
Ad.\ Arshavskaya 3. A., Rtveladze E. V., Xakimov 3. A., Srednevekovne pamyatniki Surxandari, T., 1982.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |